Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd


Download 4.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet217/393
Sana03.12.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1799559
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   393
Bog'liq
hayotfaoliyatixavfsizligi

Suyak-muskul 
zo’riqishi.Ko’pgina operatsiyalarni bajargan 
operatorda (dasturchi va ta`mirchilar kam darajada) yelka, bo’yin, qo’l- 
oyoq muskullarini o’zgarmas holatda uzoq vaqt turishi, ularni toliqishiga 
va o’ziga xos shikoyatlarni yuzaga kelishga sababchi bo’ladi. 52,9 % 
tekshirilgan operatorlarda bo’yin va ko’rak muskullarining og’ringani, 
qotib qolgani va uyushgani qayd qilingan bo’lsa, 42,9 % ish tugashiga 
yaqin umurtqa pog’onasida og’riq paydo bo’lgan, 15,2 % qo’l va oyoq 
muskullarining qotib qolgani va uyushgani qayd qilingan. Turli guruh 
muskullarda og’riqni his etish shu bilan bog’liqki, ular doimo holatda 
turib,bo’shashmaydilar, uning natijasida aylanishi yomonlashadi. Qon 
orqali muskullarga ozuqa moddalar yetarli darajada tez kelmaydi, ikkinchi 
tarafdan muskullarda yemiruvchi moddalar to’planib qolishi sababli 
og’riqlar vujudga keladi.
Foydalanuvchining qo’l barmoqari va panjalari kasallanishining 
sababi klaviaturada bir xil xarakatni yuqori tezlikda uzoq vaqt davom 
ettirish. Klavishlarni har bir bosish muskullarni qisqarishi bilan bog’liq 
bo’lib,paylar suyak bo’ylab tinimsiz sirpanib, teriga tegadi va natijada 
shamollash jarayoni rivojlanadi. Shunga o’xshash kasalliklar "sichqoncha" 
bilan uzoq ishlaganda yelka va barmoq muskullarida rivojlanadi. 
AQSHdagi bir necha ming aloqa ishchilari tekshirilganda, ularning 
20% qo’lning surunkali kasb kasalliklaridan jafo chekayotgani aniqlandi. 
Takrorlanuvchan yuklama tufayli bu kasalliklar XK operatorlarining ilg’or 
kasb kasalliklaridan biriga aylanmoqda. O’zgarmas turg’un holatda bo’lish 


465 
va klaviaturadan foydalanish bilan bog’liq kasalliklar to’plamini 
ko’pincha uzoq turg’un yuklamali sindrom (UTYuS) deb ataydilar. 
AQSHda bu kasalliklarning foizi 1992 yili 52% tashkil qilgan bo’lsa, bu 
ko’rsatkichlar 1981 va 1984 yillar 18 va 28 % bo’lgan. Qiziqarligi shuki, 
bu 
kasalliklarning 
rivojlanish 
tempi 
AQSH 
muassasalarini 
kompyuterlashtirish tempi bilan hamohangdir. 
XK operatorlarining kasalliklaridan AQSH biznesidagi iqtisodiy 
yo’qotishlar nihoyat darajada yuqoridir: bir og’ir xodisa 100 ming dollarga 
tushishi 
mumkin. 
Bunga 
davolanishga 
ketadigan 
sarf-xarajatlar 
kompensatsiya to’lovlari kasallangan ishchining ish unumi pasayishi bilan 
bog’liq yo’qotishlar kiradi. AQSHning ko’pgina kompaniyalari 
jabrlanganlarga tibbiy yordam ko’rsatishga ketayotgan mablag’lardan bir 
necha o’n millionlab zarar ko’rmoqdalar. Bu kasalliklarning aksariyati 
bilak va barmoq paylarining shishishi va hech narsani sezmasligi bilan 
bog’liq tendova- ginit ( shamollashi va shishishi) kasalligi bo’lib, u 
nafaqat vaqtinchalik og’rishlar bo’lib, balki ish qobiliyatini butunlay 
yo’qotishga ham olib kelishi mumkin. Shuning uchun ham ko’pgina 
davlatlarda kompyuterda ishlash xavfli va zararli kasblar ro’yxatiga 
kiritilgan. Mashinistkalarning ishi ma`lumotlarni kiritish borasida operator 
ishiga o’xshash bo’lsada, boshqa qator harakatlanuvchan ishlar bo’lgani 
uchun, ya`ni qog’ozni karetkaga joylashtirib, uni harakatlantirishi evaziga 
unchalik xatarli emas. VDT bilan ishlovchining uzoq muhim holatda 
o’tirishidan kelib chiqadigan kasalliklarining sababini ko’pgina 
izlanuvchilar insonning antropometrik xarakteristikalariga mebelning mos 
kelmasligidan deb biladilar. Bunda stul va stolning ish yuzasi balandligi, 
noratsional joylashgani, bilak va yelka suyangichlari yo’qligi, boshni 
noqulay burchakda egilishi, qo’l va yelka muskullarini noqulay burchakda 
bukilishi, xujjatlarni, displey va klaviaturani, ekranni qoniqarsiz 
joylashgani, oyoq tagiga xech narsa qo’yilmasligi va x.k. sababchidir. 
Ko’rsatilgan ergonomik noqulayliklar majburiy ish holatida 
bo’lishga zarurat tug’diradi hamda suyak-muskul va peridtirik chekki asab 
tizimini buzulishiga olib kelishi mumkin. Yetarlicha fizik faollik va 
harakatchanlik bo’lmagan sharoitda uzoq vaqt noqulay o’tirish umumiy 
toliqishning rivojlanishiga, bo’yin, ko’rak, belda og’riqar paydo 
bo’lishiga, surunkali ishlash esa nevrit, radikulit, osteopatiya kabi tayanch-
xarakat va asab kasalliklariga olib keladi. 
80-yillarda amerikalik izlanuvchilar o’z davlatlarida yiliga XK 
operatorlarining 400 mingtasining suyak-muskul tizimi kasallanganini 
qayd 
qilganlar. 
Kasallik 
tufayli 
vaqtinchalik 
ish 
qobiliyatini 


466 
yo’qotganlarga kompensatsiya tariqasida to’lanadigan mablag’lar 10 yilda 
uch baravar oshdi. 
Qimirlamay o’tirishdan zo’riqish tufayli paydo bo’ladigan ko’pgina 
kasalliklarning sababchisi klaviatura to’zilishining "maqbul emasligidan 
deb hisoblanadi. Ishlayotgan paytda qo’llarning klaviaturaga parallel 
bo’lib turishi uchun paylarga va muskullarga zo’riqish keladi. 
Bundan shunday xulosaga kelish mumkinki, UTYuSning ko’pgina 
turini klaviaturani to’zilishini o’zgartirish bilan bartaraf etish mumkin. 

Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   393




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling