Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd
Shovqin, zararli moddalarning ta`siri, issiqlik ajralishi, elektr
Download 4.05 Mb. Pdf ko'rish
|
hayotfaoliyatixavfsizligi
Shovqin, zararli moddalarning ta`siri, issiqlik ajralishi, elektr
tokidan jarohatlanish xavfi, yong’in chiqishi xavfi.Yuqorida sanab o’tilgan kompyuterda ishlash xususiyatlari xamda ko’rish, emission parametrlar bilan bog’liq zararli faktorlardan tashqari, XK dan foydalanganda uning o’zidan va o’rnatilgan uskunalardan shovqin, issiqlik va zaxarli moddalarni ishchi zonasida tarqalishi xam foydalanuvchiga yomon ta`sir o’tkazishi mumkin. Bundan tashqari, texnika xavfsizligiga so’zsiz rioya qilmaslik natijasida elektr energiyasidan ta`minlanayotgan asbob-uskunalardan doimo elektr toki bilan jaroxatlanishning potentsial xavfi mavjuddir. Elektr toki bilan ta`minlash manbaiga bir necha elektr asboblarini bir yo’la ulash xamda noto’g’ri foydalanish natijasida ortiqcha yuklanish sababli yong’in chiqish xavfi mavjuddir. Kompyuter bilan ishlash jarayonida ushbu zararli va xavfli ishlab chiqarish faktorlarini ko’rib chiqamiz. Hususiy kompyuter joylashgan honadagi akustik shovqin printerlarni, ko’paytirish texnikasini, xamda kompyuter ventilyatorini o’zining sovitish tizimini va transformatorini ishlashidan yuzaga keladi. Bundan tashqari XKni yuqori chastotali transformatori ultratovush tebranishlarni xam generatsiya qilishi mumkin. Bunday honalardagi shovqin darajasi 80 dB ga etishi mumkin, bu esa me`yoriy ko’rsatkichlardan ancha yuqoridir. Ma`lumki, shovqin asab tizimiga, yurak-tomir a`zolariga, xamda xazm qilish organlariga salbiy ta`sir ko’rsatadi. Hisoblash texnikasidan foydalanilganda kompyuter korpusi va uning qismlari tayyorlangan plastik massa chiqaradigan zararli maxsulotlardan ish zonasi ifloslanishi mumkin. Xususan, hisoblash texnikasi ishlatilayotgan honada ulchangan mizdorlari hayriyatki kichik bo’lgan. polixlorlangan bifinillar (PXB)mavjudligi qayd etilgan. Hozirgi paytda ish joylari tekshirilganda fenol, formal degid va stirol mavjudligini albatta tahlil qilinadi. Videoterminallar issiqlik ajratuvchi manba bo’lgani uchun ish joylarda xaroratni oshishiga va havoning namligini kamayishiga, buning oqibatida esa diskomfort yuzaga kelishi, ish samaradorligini pasayishi, toliqishni zo’rayishi, terini qichishi va yallig’lanishiga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, xavfsiz mexnat sharoitini yaratish uchun ish joylarida ishlatadigan xususiy kompyuterlar, boshqa uskunalar odatda 220 V va 50 Gs manbadan foydalaniladi, Ishlatish jarayonida tok o’tkazuvchi qismlarning muhofaza qobiqlari, simlari shikastlanishi mumkin, bu esa o’z navbatida foydalanuvchini tok o’tkazuvchi qismlarga yoki kuchlanish ostida bo’lgan metalli bo’laklarga |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling