Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd


Download 4.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet227/393
Sana03.12.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1799559
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   393
Bog'liq
hayotfaoliyatixavfsizligi

Plenkali filtrlar shisha yoki sintetik material (masalan, akril)dan 
tayyorlangan yupqa shaffof qo’shimcha material asosida tayyorlanadi. 
Plenkali filtrlardan eng ko’p tarqalgani Polaroid firmasining CP-50 
markali filtrlari bo’lib, ular yaxshi optik xossalarga (shaklni kontrastligini 
va aniqligini oshiradi, ekranning yaltillashini va lipillashini bosadi), lekin 
ultrabinafsha nurlanishni butkun bosadi va roentgen nurlanishni darajasini 
pasaytirsa xam, elektromagnit elektrostatik maydondan ximoya qilmaydi. 


482 
Bundan tashqari, polyarlashgan filtrlarning qoplamalari poliefir qatronidan 
tayyorlangan bo’lib, ular yetarli darajada pishiq va chidamli emasligi 
tufayli ularni fizik eskirishiga va buzulishiga olib keladi. 
Shisha filtrlar (Defender, Megastar, Sepoms kabi osiyo davlatlari 
maxsulotlari) EMMdan muhofazalar funktsiyalariga ega emasdirlar. 
Ekranlashtirish sifatini yaxshilash maqsadida shisha material ustidan 
yushqa metall plyonka yuritiladi. Bunday filtrni yerga ulaganda tuliq; 
elektrostatik ekranlashtirish, xususan yuqori chastota diapazonlarda 
elektromagnit nurlanish keskin darajada pasayishi ta`minlanadi. Bundan 
tashqari, metall plyonkali shisha filtrlar yumshoq rentgen nurlanishini 
o’tkazmaydi, spektrning ultrabinafsha va infraqizil chegaralaridagi 
nurlanishni aytarli darajada pasaytiradi. Filtrlarning sifati qoplamaning 
qanday materialdan tayyorlanganligiga, uni qanday texnologiyada, necha 
qavat qoplanganligiga qarab, turli ishlab chiqaruvchi firmalarning 
filtrlarini xarakteristikalarida o’z aksini topadi. 
Keng tarqalgan muhofaza filtrlar guruxiga to’rsimon filtrlar kiradi
ular ko’pincha mis sim asosli xira rangli qoplamada tayyorlanadi. Bu 
filtrlarning samarasi to’rning chastotasiga bog’liqdir. Juda xam zich 
tayyorlangan tur, EMM muhofazani yaxshilasada, shaklni aniqligi va 
kontrastligi pasayib, ko’rish xususiyatini yomonlashtiradi shuning uchun, 
yorug’lik oqimini kamayishini o’rnini qoplash uchun, displeyning shakl 
yorug’ligini oshirishga to’g’ri keladi, bu esa elektron-nurli trubkani ish 
muddatini qisqaripshga olib keladi. Deyarli barcha modellari muar 
effektini, ya`ni shaklni ekran bo’ylab go’yoki suzib yurishini, yuzaga 
keltiradi. EMM ta`siridan va qulay optik xarakteristikalarni birgalikda 
muhofazalashning eng optimali aralash turli filtrlar hisoblanadi. Ular 
shishaning metallarning og’ir atomlari bilan legirovka qilingan maxsus 
sortidan tayyorlangan bo’ladi. Murakkab ko’pqavat tarkibli bu filtrlar 
monitorning deyarli barcha zararli ta`sirlaridan ximoya qiladi va Total 
Shield ("To’la ximoya") sinfiga kiradi. Ular eng past aks etish 
koeffitsientiga (1%dan kam) xarakterlanadi, shuning uchun deyarli 
yaltillashlar bo’lmaydi, tasvirning kontrastligi 1.5-2 marta ortadi 
elektrostatik (99,5 %) va elektromagnit (95-99 %) maydonlarning eng 
yuqori ekranlashtirish koeffitsientlariga ega bo’ladi, shu jumladan, past 
chastota maydonida ( 1000 Gs gacha), xamda ultrabinafsha (98-99 %) va 
yumsho!q rentgen nurlanishini (95 %) samarali yutadi. Xususan, 
avstriyalik Ergostar firmasining yuqori effektli filtrlari ikki taraflama aks 
beruvchi yemirilishga qarshi doplamali to’rt davat kristalli shishadan 
tayyorlangan. Ular monitor ekranining tarqaluvchan aks etishini, 


483 
yaltillashini, lipillashini qaytaradi, 99 %gacha monitor nurlanishini yutadi. 
Shu bilan birga quyidagi filtrlar xam ishlatiladi: Polaroid CD -
Workstation (AQSH), Xenjum (Italiya), Unus (Tayvan) va boshqalar. 
Lekin ularning narxlari juda baland bo’lganligi sababli kam foydalaniladi. 
Ko’pgina Total Shield sinfiga mansub filtrlarni solishtirish shuni 
ko’rsatadiki, ularning xammasi statik maydonning xam nurlanishidan 
ishonchli himoya bo’lib, katta darajadagi shaffoflikka ega bo’lganlarini 
(yorug’likni va nurlanish intensivligini oshirmaslik uchun ) va yaltillashni 
maksimal yo’qotadiganini tanlash kerak. 
Ekranda induktsiya qilingan axborotni "begona ko’zlardan 
berkitishga" mo’ljallangan yangi modeldagi muhofaza filtrlar qiziqish 
uyg’otmoqda. Amerikaning ZM firmasining kichik korhonasi 
hisoblanmish angliyalik ZM UKPIc firmasi axborotni faqatgina agar ekran 
qarshisida o’tirgan tazdiringizdagina o’qish imkoniyatiga ega muhofaza 
filtr modellarni ishlab chiqdi. Bu filtrlar - PF 50 turdagisi (massasi 450 g) 
kichik qo’l kompyuterlari uchun, va PF 450 turdagisi stolga qo’yiladigan 
uchundir. Ular 99 % gacha monitor nurlanishini yutishga qodir bo’lib, 
yaltillashni kamaytirishi mumkin. 
Aloxida changlatirilgan Ergostar TOP Secret maxsus modeli 
monitor ekranidagi axbortni faqat operator ko’ra oladigan qiladi. Bunday 
filtrlar odatda banklarning operatsion tizimlarida, turli muassasalarning sir 
tutuvchi bo’linmalarida va boshqa shunga ‘xshash strukturalarida 
foydalaniladi. 

Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   393




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling