Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd


Ko’rish ishlarini bajarishda xavfsiz sharoitlar ta`minlash


Download 4.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet229/393
Sana03.12.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1799559
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   393
Bog'liq
hayotfaoliyatixavfsizligi

Ko’rish ishlarini bajarishda xavfsiz sharoitlar ta`minlash. 
Foydalanuvchining kompyuterda ishlash chog’idagi ko’rish uchun ma`qul 
bo’lgan sharoit yaratish- eng bosh muammolardan biridir. Kompyuterdan 


485 
foydalanilganida ishning ma`qul bo’lmagan sharoitidan shikoyatlarda 
etakchi o’rinni ko’rishning u yoki bu muammolari, birinchi navbatda 1.5-2 
soat uzluksiz ishlash natijasida paydo bo’ladigan ko’z charchashi 
egallaydi. XK bilan sistematik tarzda ishlash natijasida ko’pincha bir- bir 
yarim yildan so’ng ko’rishning yomonlashuvi ko’zatiladi. Shuning uchun 
ilmiy maqolalarda, me`yoriy adabiyotlarda, ommaviy nashrlarda ko’z 
toliqishini oldini olish va yo’qotish muammolariga katta e`tibor 
berilmoqda. Ko’rish toliqishi profilaktikasi masalalari kompleks bo’lib, 
birinchi navbatda operatorni ko’rishining qay darajadaligiga, monitor 
sifatiga, ish joyini tashkil etishga va kompyuterni joylashuviga, ish 
joyidagi va honadagi yoritilganlik parametrlariga, mexnat qilish va dam 
olish tartibiga bog’liqdir. Sog’lom ko’rish sharoitini yaratish va ko’z 
kasalliklarini oldini olishning asosiy yo’nalishlarini ko’rib chiqishni 
insonning ko’rish apparatini xususiyatlari va va displeyda shakl tasvirini 
qanday qabul qilishi bilan tanishishdan boshlaymiz. 
Displey 
ekranidan 
tasvir 
aksini 
qabul 
qilish 
xususiyatlari.Insonning ko’rish tizimi, displey ekranidagi rasmlarni 
ko’rishga yomon moslashgan ekan. Million yillar mobaynida ular aks 
etgan yorug’likdagi predmetlarni ko’rishga moslashib kelgan. Va bu 
evolyutsiya natijasida primat-maymunlar va insonlar mukammal rangli 
ko’rish xususiyatiga ega bo’lganlar, sariq bananni va zarg’aldoq apelsinni 
yashil rangli daraxtlar fonida bemalol ajrata oldilar, lekin na banan, na 
apelsin va yashil burglar yaltillamaydi, ular quyosh nurining aksida 
ko’rinadilar xolos. Shuni xam eslatib o’tish kerakki, elektromagnit 
to’lqinlarning 380-760 nm diapazondagi, ya`ni ko’rinadigan spektridagi 
monoxromatik nurlanishni turli uzunlikdagi to’lqinlariga insonning ko’zi 
turli xildagi yorug’lik sezgilariga egadir. Infraqizil (> 760 nm) va 
ultrabinafsha. 
(< 380 nm) nurlarni inson ko’zi ko’rmaydi. Ko’zning eng yuqori 
sezgirligi kunduzi quyosh nurlanish xarakteristikasining maksimal spektri 
(550 nm -bu yashil rang) ga to’g’ri kelib, uzoq vaqt odamzot ko’zining 
tarqoq quyosh nuriga moslashuvi natijasidir. 
Elektron-nurli trubkaning paydo bo’lishi insoniyat uchun ulkan 
muammolar xam keltirib chiqardi, chunki tasvir ekranning yoritilganligi 
oqibatidir, ya`ni yorug’lik manbai bo’lmish displeyga qarash kerak. 
Insonning ko’zi yorug’likning intensivligiga ko’z qorachig’ining diametri, 
xamda to’rpardaning sezgirligi o’zgarib moslashsada, bu juda xam ko’rish 
uchun og’irdir. Boshqa tarafdan, foydalanuvchi ish jarayonida ekrandan 
qog’ozga va aksincha nigoxini olib o’tishi kerak, kun davomida ko’zlar 


486 
yuz, ming marta bir turdagi o’qishdan ikkinchisiga moslashadi, bu o’z 
yo’lida o’rtacha og’irlikni yuzaga keltiradi. Shuni qayd etish lozimki, 
qadim zamonlarda paydo bo’lgan yozuvlar insonning kitob o’qishqga va 
rasmlarni tomosha qilishiga mo’ljallanmagan ko’rish tizimiga zid bo’lgan 
bo’lsada, fiziologik nuqtai nazardan bananni anglashdan farq qilmaydi. 
Lekin ekrandan matnni, jadvalni, chizmalarni o’qish, shu narsalarni 
qog’ozdan o’qishdan nafaqat yorug’lik manbaidan aks etilgan yorug’likka 
moslashish, balki ko’rish analizatoriga salbiy ta`sir ko’rsatadigan boshqa 
tomonlari bilan ta`sir ko’rsatadi. Xususan, displeydan foydalanganda, 
operator butunlay displeyning qanday joylashganiga bog’liqdir, varaqdan 
axborotni qabul qilishda esa o’quvchi o’ziga mos xolatni oson topa oladi, 
yana qog’ozdagi matn o’zgarmas bo’lsa, ekrandagisi elektron nurni ekran 
yuzasida aks etish jarayonida yangilanib turadi. 
Yangilanishning aytarli kichik chastotasi tasvirni lipillashini yuzaga 
keltiradi. Nixoyat, monitor operator diqqatini o’ziga uzoq bog’lab qo’yadi, 
bu esa ko’zning va ko’z ichi muskullarining uzoq vaqt qo’zg’almas 
xolatda bo’lishiga olib keladi, ular esa doimo dinamik tartibda, xarakatda 
bo’lishga mushtoq. Bu esa ularni susayishiga olib keladi. 
Kompyuterda uzoq vaqt ishlash kuchaygan diqqatni talab qiladi, bu 
foydalanuvchining ko’rish tizimiga ortiqcha yukdir. Ko’rish toliqishi 
(ko’rish astenopiyasi) rivojlanadi, yaqindan ko’rish, bosh og’rig’i, 
jizzakilik, asabning toliqishi va stress kasalligining yuzaga kelishiga 
sababchi bo’ladi.
Yuqorida keltirilgan displey ekranining xususiyatlari xamda 
operator ishlashining o’ziga xosligi ko’rish apparatning charchashiga 
aytarli darajada ta`sir ko’rsatadi. Shuni ta`kidlash darkorki, ko’rish 
noqulayliklari nafaqat elektron-nurli trubkali, suyuq kristalli va 
gazrazryadli displeylarda, balki boshqa fizikaviy omillar asosida 
tayyorlangan displeylarda xam uchrashi mumkin. Bu avvalambor ko’rish 
parametrlari va ish joyining yorug’lik sharoiti noto’g’ri tanlanganligiga 
bog’liqdir. Izlanishlarning ko’rsatishicha, displeyning aloxida tanlangan 
texnik parametrlari na ularda ishlash qulayligini na samaradorligini 
oshiradi. Ularning yangi davlat standartlariga kirgan optimal va yo’l 
qo’yilgan qiymatlarigina axamiyatga egadir,ya`ni ko’rish parametrlari va 
ularda ishlash sharoitlariga qo’yiladagan talablar: yorug’likka, 
yorug’likning tarqalishiga, kontrastligiga, tasvirning lipillashi va 
titrashiga, geometrik va noto’g’ri chiziqli buzulishlarga, tashqi 
yoritilganlikka va x.k. Ko’rish sharoitini yaxshilash muammolarini 
ta`minlash ko’p jixatdan ko’rsatilgan talablarni bajarishga bog’liqdir. 


487 
Shuning uchun 36-jadvalda ko’rish parametrlarining me`yoriy qiymatlari 
berilgan bo’lib, ularga rioya qilish xalqaro me`yorlarga mos keladi. 

Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   393




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling