Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd
Download 4.05 Mb. Pdf ko'rish
|
hayotfaoliyatixavfsizligi
Asabiy zo’riqish.Ko’rish, badanning turli qismlaridagi og’riklar
to’g’risidagi shikoyatlar bilan birga, 57,7 % tekshirilgan operatorlarda umumasabiy shikoyatlar qayd qilingan: kuchaygan umumiy toliqish, bosh og’rig’i, boshning og’irlashuvi, yomon uyqu, tetiklikni, ish qobiliyatini susayishi va x.k. XK da ishlovchi operatorlarning ko’pchiligida (40,3 %) kuchaygan asabiylashuv, betoqatlikni sezish va ruxiy azoblanish kabi turgun asabiy-psixologik buzulishlar qayd etilgan. Hisoblash texnikasi bilan band insonlarda boshqa sohalarda ishlovchi guruhlarga nisbatan lipillashlarni qushilishining kritik chastotasi (LDKCH) ko’rsatkichi bo’yicha sezilarli ifodalangan asabiy-sensor toliqishi, ya`ni ko’z orqali bir sekundda minimal portlagan yorug’lik qiymatini uzluksiz va sezilmas darajada qabul qila olishi bo’lib, uni o’zgarish xarakteri asab tizimlarini ortiqcha ta`sirchanligi va turg’unligi bo’zilganligidan dalolat beradi. 80- yillarda professor V.I. Barabash tomonidan olib borilgan izlanishlar VDT bilan ishlovchi avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish operatorlarining optimistik – ko’ringan ish sharoitlarini o’rganib - 85% ish jarayonida xayajonlanishini, 60% bir xil ish turidan toliqishini, 63% - smena oxirida ish qobiliyatini pasayishi aniqlangan. Ish tugaganidan so’ng 70% operatorlarda asabiylashish, 68%- toliqish, 35% uyquning yomonligi, 30%-tinchlantiruvchi dorilar qabul qilgani ashiqlangan. Operatorlarning ish xarakteristikalari xaqida keltirilgan sub`ektiv ma`lumotlar ob`ektiv izlanish ma`lumotlari bilan tasdiqlanadi. "Arifmetik amallar" testini bajarish natijasida tekshirilganlarning 33 % da aqliy toliqish qayd etilgan. Yaxshi ish sharoitida (optimal mikroiqlim, optimal sun`iy yoritilganlik, ekrandagi shakllar aniq va ravshan ko’ringanlik, ish joyi ratsional tashkil qilingan) ikki soat bir xil ishni bajargan ma`lumotlarni kirituvchi operatorlarning psixofiziologik ahvolini tekshirish qiziq natijalarni berdi. Tekshirilganlarning (jami 12 kishi) 80%da (elektroentsefalogramma ko’rsatkichlari bo’yicha). 45-60 minut uzluksiz ishlaganidan so’ng ish qobiliyati va miya faolligi pasayib, so’ng ko’tarilib, 462 ish tugashiga yaqin o’z xolatiga yaqinlashadi. Miya faolligining ko’tarilishi natijasida ish qobiliyatini oshishi o’z-o’zini xayajonga keltirish effekti, ya`ni uzluksiz bir xil aqliy operatsiyalarni bajarganidan yuzaga keladigan zararni qoplash effektidir. Shu bilan bir qatorda, ikki soat bir xil ishni bajargan operatorlarda tekshirilganlar diqqatni mustaxkamlik kontsentratsiyasi testini bajarganda e`tibor berish vaqti uzaygani, xatolar soni oshgani va yurak qisqarish chastotasi pasaygani, 72 % esa ko’zlarning muskul muvozanati buzulgani aniqangan. XK operatorlarida ish jarayonida diqqati faol bo’lishi, ish natijalariga, xususan murakkab texnik tizimlarida, muhim ilmiy yoki iqtisodiy masalalarni yechishda katta javobgarlik stress deb ataluvchi asabiy toliqishni yuzaga keltiradi. Asabiy toliqish - bu organizmni fiziologik reaktsiyasi bo’lib, qo’yilgan vazifani bajarish uchun uni barcha resurslarini jalb qilishdir. Asabiy toliqish xolatida operatorda kuchaygan ish xolati, umumiy jamlanganlik, xarakatlarni yanada aniqlashuvi, harakat reaktsiyasining tezlashuvi kuzatiladi. Lekin xis-tuyg’uning jo’shishi rag’batlantirish mexanizmining fiziologik chegarasi bo’lib, undan so’ng manfiy effect yuzaga keladi. Toliqishning bunday chegaradan chiqish formalari buzulishlarga, insonni xaddan ziyod toliqishiga olib keladi. VDT foydalanuvchilari stressga boshqa kasbdagilardan, xatto aviadispetcherlardan xam yuqori darajada duchor bo’ladilar. Stresslar bosh aylanishlarning, ko’ngil aynashi, depressiyalar, stenokardiya, ish qobiliyatini pasayishi, tez hayajonlanish, diqqatini bir joyga jamlash uchun uzoq vaqt talab qilinishi, surunkali bosh og’rishlar, uyqusizlik, ishtaha yo’qligining sababchisidir. Amerikalik psixologlar bir qator o’quv yurtlarida (maktablarda, oliy o’quv yurtlarida) olib borgan izlanishlardan yangi, yaqinda paydo bo’lgan kompyuterofobiya deb atalmish, ya`ni o’zi hohlamagan tarzda XKda ishlashni istamaslik kasalligini qayd etdilar. Agar bunday o’quvchini yoki talabani baribir kompyuterga o’tqazsalar, ularning kaftlari terlay boshlar, yurak urushi tezlashar, bosh og’rig’i boshlanar ekan. Ma`lumotlarga qaraganda, kompyuterofobiya - mashina bilan muloqot, uning organizmga salbiy ta`siridan yuzaga keladigan qo’rqish kasalligidan EXM da ishlaydigan operatorlarning katta qismi, (30-40 %) aziyat chekar ekan. Professor V.I. Barabash qiziq fikrni, XT bilan ishlash avval insonga xos bo’lmagan bir qator xususiyatlar bilan xarakterlanishni qayd etadi. Bunda u avstriyalik shoir Rilkening asr boshidayoq ramziy-model dunyo kirib kelayotganini oldindan bilib, "Bizga qiymatlar va belgilar dunyosida unchalik rohatli emas" degan fikrini keltiradi. 463 Displeylar foydalanuvchining asab potentsial ta`sir o’tkazishining bir qator yangi, umuman kutilmagan turlari paydo bo’ldi. Ulardan biri shu bilan bog’liqki, inson ko’zi bir sekundda 24 kadrni qabul qila oladi. Ushbu hodisada, aytgancha, kino asoslangan sekundda kinoproektor 24 rasmni aylantiradi, uning natijasida harakatlanish effekti hosil bo’ladi. 60-70- yillarda avval psixologlar, so’ng reklamachilar tomonidan 25 kadrdan foydalanish boshlandi. Inson ko’zi uni uyqay olmaydi, lekin unda yozilgan axborot baribir ham miyaga yetib boradi va ma`lum ta`sirini o’tkazadi, xususan, qandaydir molni sotib olishga yoki qandaydir fikrni amalga oshirishga moyillik uyg’otadi. G’arbda bu insonning mustaqil hohishiga suiqasd tariqasida tan olindi va kino yordamida reklama manqurtligi taktikasi sifatida qoralandi. Lekin bu texnologiya endilikda kompyuterni qo’llab, ma`lum elektron adresatga kompaniyaning sirli fayllarini operator orqali uzatish maqsadida rivojlanishda davom etdi. Shu bilan birga, zamonaviy monitorlar rasmlarni sekundiga 24 marta emas, balki undan ortig’ini almashtira oladi. Demak, lipillayotgan manqurt kadrni ilg’ash yanada og’ir. Lekin kompyuterga kerakli buyruq dastur orqali unga kiritilgan virus bilan tushishi mumkin. Ma`lum dasturlarni ta`sirini 1998 yili Yaponiyadagi bolalar multfilmini ko’rsatgandagi janjal yaxshi tasvirlab beradi. Ekrandagi ketma-ket yorqin qizil yarqirashlarning paydo bo’lish effekti bolalar ishtaxasini yo’qolishiga, jizzaki bo’lishiga, ba`zilarining esa xatto "asabiy toliqish" tashhizi bilan kasalhonaga tushishiga olib keldi. Bu multfilm kompyuterda bajarilgan edi. Kompyuterda dastlabki birinchi "sexrlovchi" dasturlar 80-yillarda birinchi rangli monitorlarning tarqalishi bilan paydo bo’ldi. Dazz1e dasturi chiroyli lavha yaratib, unga asosan ekranda rangli tasmalar yugurib, xech qachon takrorlanmaydigan naqshlar shaklida joylashadi. Keyinchalik psixofiziologik ta`sir mutaxassislari, rasmlar almashishini tartibga solib, maxsus ranglar majmuasini va musiqasini tanlab,bu dasturni takomillashtirdilar va dastur tamoshabinni gipnoz qilib, asablarini qo’zg’ab ketishiga olib keldi. Bunday harakat natijalarida miyada video va audioeffektlar jamlanib alfa-chastota rezonansini yuzaga keltiradi deb tushuntirish mumkin. Ushbu tasmalar psixonik deb nomlana boshlandi. Hozircha, vaqtinchalik sogl’ig’ini yomonlashuvidan boshqa faktlar aniqlangan emas.Xayotiy jarayonlarni "muvozanati buzulganlik"ning boshqa izohi ham bo’lib, unda almashuvchan naqshlarni anglamasdan qabul qilish yurak faoliyatini o’zgarishiga, kichik qon aylanish doirasida arterial bosimning bir keskin ortishiga, bir keskin tushib ketishiga, demak 464 miyaning qon tomirlariga ortiqcha yuk bo’ladi. Oxir oqibatda ular bu yukni ko’tara olmasligi mumkin. Bunday effektlar, tabiiyki, insonlarning psixikasiga va sog’lig’iga yovuz niyatli ta`siri natijasidir. Lekin bularni e`tibordan qochirmaslik kerak, chunki texnikaning rivoji yaqin orada maxsus dasturlar yordamida begonalarga nafaqat kompyuter "ichidagi bor narsalarni", balki operatorlarning o’zlarini ham nazorat qilishning cheksiz imkoniyatlarini beradi. Bu havotirlanish uchinchi ming yillikda ma`lumotlarni qayta ishlash tezligi va idroki bilan insondan qolishmaydigan XK lar paydo bo’lishi bilan bog’liq. Shundan so’ng mashina qobiliyatining zo’rayishi geometrik progressiyada o’sadi. Quturgan nafsoniyatli doxiyona savdoi paydo bo’lib, televideniyadagi yoki kompyuterdagi reklama rolikiga kirib olishga muvoffaq bo’lishi mumkin. Ana unda bunday rolikni qo’yish oqibatlari qo’rqinchli bo’lishi mumkin. Shuning uchun operatorlar hokimiyatdan "viruslarni tayyorlashni noqonuniy qurol yaratishga tenglashtirish haqida eng keskin chora-tadbirlar ko’rishni" talab qildilar. Download 4.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling