Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd
"Sichqoncha" manipulyatori
Download 4.05 Mb. Pdf ko'rish
|
hayotfaoliyatixavfsizligi
"Sichqoncha" manipulyatori. Klaviaturadan tashqari axborotlarni
kiritishda turli xildagi "sichqoncha" manipulyatoridan foydalaniladi. Ikkita tugmachali Microsoft Mouse, uchta tugmachali Mouse Man Sensa, to’rtta tugmachali Microsoft Mouse turidagi sichqonchalar, qulayligi, o’ng qo’lga xam, chap qo’lga xam moslashishi bilan e`tiborni qozongan. Shu bilan birga, ular dasturlarda berilgan imkoniyatlardan to’la-to’kis, sichqoncha bilan xarakatlarni minimumgacha kamaytirib, foydalanish imkonini beradi. Misol uchun yuqoridagi turlarning xar biri tugmachani bir marta bosib, ikkita turtki tartibiga o’tkazish mumkin, Thinking Mouse esa menyuni tugmani bosib turmay turib, bir marta turtki bilan ochish imkonini beradi. Agar sichqonchani orqasini o’girib qo’yilsa, trekbol deb atalmish turg’un sichqonchaga aylanadi. Konstruktsiyasi bo’yicha trekbol- sichqonchani aksi, ya`ni sharchani xarakatlantirib, kursorni yurgiziladi. U qurilmani yuqori qismidagi inchada joylashgan. Bunda bilaklarga tushadigan og’irlik kamayadi, chunki manipulyator o’z joyida turaveradi. "Sichqoncha" manipulyatoridan samarali foydalanish uchun maxsus planshet gilamcha kerak. u asosiy kriteriylarga javob berishi kerak: birinchidan, stol yuzasida yaxshi joylashishi ikkinchidan, planshetning ustki qismini materiali sharchani yaxshi tirkashi, lekin sichqoncha xarakatini qiyinlashtirmasligi kerak. Ish joyini tashkil etishdagi ko’pgina ergonomik shartlarni bajarish ish sharoitini yaxshilashga, foydalanuvchining suyak-muskul tizimiga ta`sirni kamaytirishga imkon beradi. 20.4. Ish joyida va honada akustika komfortni ta`minlash Shovqinga sanitar-gigienik talablar. Shaxsiy kompyuterlar joylashgan honaning akustik shovqin manbai bo’lib, hisoblash mashinalarining o’zi hisoblanadi, xususan, sovitish tizimining ichki ventilyatorlari, ultratovush tebranishlarni generatsiya qiluvchi transformatorlari, printerlar, nusxa ko’chirish texnikasi, havoni mo’tadil qiluvchi va markaziy ventilyatsiya tizimi va x.k. VDT va SHXM lar ishlash yordamchi bo’lgan sanoat korhonalarida ish joylardagi shovqin darajasi. Sanitar qoidalardagi ushbu tur ishlar uchun belgilangan me`yorlardan oshib ketmasligi kerak. VDT va SHXM larda asosiy ish turini bajaradigan (dispetcherlik, 508 operatorlik honalari, hisoblash kabinalari, boshqaruv postlari, hisoblash texnikasi zallari va b), xamda barcha maktab, maktabgacha muassasalarning VDT va SHXM lar joylashgan honalarida, Sanitar qoidalarga muvofiq shovqin darajasi 50 dBA dan oshmasligi kerak. Laboratoriya, tashxiziy va o’lchov ishlarini olib boruvchi injener- texnik xodimlarining honalarida shovqin darajasi 60 dBA dan oshmasligi kerak. Displeysiz EXM operatorlari honasida shovqin darajasi 65 dBA dan oshmasligi kerak. Hisoblash mashinalarining shovqin beruvchi alfavit-raqamli bosma qurilmasi, printerlar kabi agregatlari joylashgan honalarning shovqin darajasi SanQva M 2.2.2.542-96ga muvofiq 75 dBA dan oshmasligi kerak. Me`yorlardan ortiqcha shovqin beruvchi (alfavit-raqamli bosma qurilmasi, printerlar kabi) agregatlar VDT va SHXM lar joylashgan honalardan boshqa honalarga o’rnatilishi kerak. VDT va SHXM lar joylashgan honalardagi shovqin tovushni yutuvchi va tovush izolyatsiyasi yordamida me`yorlanib turadi. Download 4.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling