Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd


Xususiy kompyuterda ishlagandagi elektr xavfsizligi


Download 4.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet247/393
Sana03.12.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1799559
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   393
Bog'liq
hayotfaoliyatixavfsizligi

Xususiy kompyuterda ishlagandagi elektr xavfsizligi. Qurilmalar 
agar 36 V, bundan tashqari 220 V kuchlanish ishlatadigan elektr tarmog’i 
bilan kontaktda bo’lganida shikastlanish xavfi doimo mavjuddir. Bu 
beparvolik natijasida ochiq tok o’tkazuvchilarga tegib ketish xollarida
aksariyat paytlarda turli xildagi sabablar (tok zo’riqishi, sifatsiz 
izolyatsiya, mexanik buzulishlar) tufayli yuz berishi mumkin. Foydalanish 
jarayonida tok o’tuvchi qismlarning, shu jumladan, kuchlanish ostidagi tok 
simlarining izolyatsiyasiga zarar yetishi, natijada ularga bilmay tegib 
ketish oqibatida jaroxatlanish, og’ir xollarda xatto insonni o’limiga olib 
kelishi mumkin. 
Kuchaygan elektr xavfsizligi zonasi bo’lib, elektr qurilmalarni va 
elektr jixozlarni tokka ulash joylari hisoblanadi. Ko’pincha rozetkalarni 
polga joylashtirishadi, bunday qilishga esa yo’l qo’yish kerak emas
bundan tashqari ularni quvvatidan ortiqcha-yuklantirish natijasida 
izolyatsiyasi zaxa bo’ladi va qisqa to’qnashuvga olib keladi. 
Bunday xolatni yuqotish, aniqrogi, elektrdan jaroxatlanishni 
minimumga keltirish uchun "Iste`molchilarni elektr qurilmalardan 
foydalanish qoidalari" 
va "Iste`molchilarni 
elektr qurilmalardan 
foydalanishidagi texnika xavfsizligi qoidalari", hamda "Elektr jixozlarning 


517 
qurilmalari qoidalari" talablariga rioya qilish zarurdir. 
Kompyuter bilan ishlaganda elektr tokidan jaroxatlanishni oldini 
olish uchun tok yuruvchi qismlarga yaqinlashmaslikni ta`minlash uchun 
qo’shimcha to’sish qurilmalari o’rnatilishi kerak, asosiy kuchlanish 
manbaidan jaroxatlanishni pasaytirish uchun bo’luvchi transformatordan 
foydalanish mumkin, xar qaysi xolatda ham elektr qurilmalarida albatta 
muhofazalovchi yerga ulash yoki nolga ulash (muhofazalovchi o’chirish) 
bo’lishi kerak. Kompyuterlarni sifatli ishlashini ta`minlash alohida yerga 
ulash konturi yaratiladi. 
Shaxsiy hisoblash vositalarini ishlatish jarayonida ta`mirlash, 
montaj qilish va profilaktika ishlarini bajarish zarurati yuzaga keladi. 
Maktabgacha tarbiya muassasalarida va o’quv yurtlarida VDT va XT ni 
SanQvaM 2.2.2.542-96 ga asosan bevosita o’quv honalarda ta`mirlash 
ishlarini olib borish taqiqlanadi. 
Elektr qurilmalarini ishlatish vaqtida yuqorida zikr etilgan 
qoidalarga so’zsiz amal qilishdan tashqari, barcha kuchlanishni o’chirish 
bilan bog’liq texnikaviy choralarni, ya`ni ish bajarish uchun ajratilgan 
uchastkadagi qurilmalar o’chirish va o’z-o’zidan yoki bexosdan ulanishga 
qarshi choralarni ko’rish, ish joylarida zarur bo’lsa, to’siqlar qo’yish 
plakatlar va ogoxlantiruvchi belgilar osish, tok o’chirilganligini tekshirish, 
yerga ulashni amalga oshirish kabilarni bajarish kerak. 
Hisoblash texnikasi bilan bog’liq barcha elektr montaj va ta`mirlash 
ishlarini bir yo’la ikki bajarishi kerak, elektrdan jaroxatlanish yuz bersa
tokni o’chiruvchi va birinchi vrach kelgunga qadar yordam beradigan 
odam bo’lsin. Sozlovchi albatta rezina gilamchada bo’lishi va elektr 
sxemasini korpusga va tok o’tuvchi simlarga tegmay tekshirishi kerak 
Hisoblash texnikasini ta`mirlash paytida quyidagilar taqiqanadi: 
-blok va uskunalarni ulash uchun izolyatsiyasi zaxa bo’lgan simlarni 
ishlatish; 
-tokka ulangan ko’rilmani payvandlash va detallarni o’rnatish; 
-tok va kuchlanishni izolyatsiya qilinmagan simlar va qisqichlar 
bilan tekshirish; 
-kuchlanish ostida bo’lgan ko’rilmalarga blok va uskunalarni ulash; 
-tokka ulangan qurilmaning predoxranitelini almashtirish; 
-muhofazalovchi vositalarsiz yuqori kuchlanishli k;urilmalarda 
ishlash. 
Kuchlanish tarmog’idagi boshqa elektr qurilmalarida nosimmetrik 
kuchlanish tufayli avariya sodir bo’lish ehtimolini olish, tarmoqdan 
kompyuter qurilmalarini ishonchli o’chirish va texnika xamda 


518 
ishlovchilarni elektr xavfsizligini ta`minlash maqsadida bir qator montaj 
talablariga rioya qilish kerak: 
Birinchidan, barcha SHEXM va tashqi qurilmalarni elektr 
tarmog’ini o’chirib ulash kerak. 
Ikkinchidan, bitta shaxsiy kompyuterning barcha qurilmalarini va 
unga ulanadigan tashqi moslamalar elektr tarmog’ining bitta fazasiga 
ulanishi kerak. 
Uchinchidan, tizim blokining korpusini va tashqi qurilmalarinining 
yerga ulanishini aloxida tashqi kontur orqali bajarilishi kerak. 
To’rtinchidan, kompyuter qurilmalarini o’chirish uchun bitta 
muhofazalovchi avtomatli schit va rubilnikdan foydalanish kerak. 
Kompyuterning kuchlanish blokini tarmoqda tarmoq filtri orqali 
ulanishini batafsilroq ko’rib chiqamiz. Filtrning xizmati - kondensatorlarni 
nolga va fazaga ulash yordamida tarmoqdagi tokning yuqori chastotali 
tashkil etuvchilari to’siqlarini yerga uzatishdan iborat. Buning uchun uchta 
yo’lkali vilka va rozetkadan foydalaniladi. "Yerga ulash" simini konturga 
ulanadi, kuchlanish tarmog’ining noliga xam ulashga ruxsat beriladi. 
Amalda bu ikkisi xam bir xildir, farqi faqat og’ir foydalanish 
sharoitidagina seziladi. 
Agar kompyuterning (yoki boshqa qurilmalarning "yerga ulash" 
simi xech qayerga ulanmasa, qurilma korpusida 110 V o’zgaruvchan 
kuchlanish paydo bo’ladi, negaki, filtr kondensatori kuchlanish sig’imini 
bo’luvchi kabi ishlaydi, sig’imlari teng bo’lgani uchun u 220V 
kuchlanishni ikkiga bo’ladi. 
Bir paytni o’zida kompyuterning bo’yalmagan metal qismlariga va 
yerga ulangan qandaydir metallkonstruktsiyalarga, masalan, isitish 
batareyalarga tegib ketishi natijasida inson xayoti uchun xavfli bo’lgan tok 
zanjiriga tushib qoladi. Xuddi shu kuchlanish interfeys sxemalari jafo 
chekadigan qurilmalar orasidagi potentsiallar ayirmasining manbai 
hisoblanadi. 
Agar bog’lovchi qurilmalar umumiy konturga aloxida simlar bilan 
mustaxkam nollangan yoki yerga ulangan bo’lsa, potentsiallar ayirmasi 
muammosi yuz bermaydi. 
Agar ikkita ulanuvchi qurilmalar yerga ulanmagan bo’lsa, 
tarmoqning bir fazasidan kuchlanish berilsa, turli filtrlarga yoyilgan 
kondensator sig’imlaridan uncha katta bo’lmagan potentsiallar ayirmasi 
yuzaga keladi, lekin xar qanday sharoitda inson uchun xavf saqlanib 
qoladi. Agar yerga ulanmagan qurilmalar turli fazalarga ulansa, 
potentsiallar ayirmasi ko’payib, 190 V gacha etadi, uning inson uchun 


519 
juda yomon oqibatlarga olib keladi. Eng ogir xolatlardan biri-katta 
kuchlanishli bloki bo’lgan yerga ulanmagan qurilmalarni yerga ulangan 
qurilmalarga ulashdir. 
Kuchlanish blokining simlari ikki qutbli vilka va tarmoq filtri bilan 
ta`minlangan qurilmalarda ma`lum muammolar paydo bo’ladi. Bunday 
filtr kondensatorlari kichik sig’imlidir, shuning uchun qisqa to’qnashuv 
toki nisbatan katta emas-bir necha milliamperdir. 
Ulanish paytidagi xavfsizlik muammolari yerga yoki nolga ulangan 
uch qutbli rozetkasi bo’lgan Pilot turidagi yoki shunga o’xshash filtrlardan 
foydalanish bilan xal bo’ladi. 
Agar barcha interfeyslar bilan ulanadagan qurilmalarni shunday uch 
qutbli vilka va rozetkali filtr yoki ularning zanjiri bilan ulansa, bunda yana 
potentsiallar ayirmasining muammosi xam xal bo’ladi. 
Kompyuterlarning ish paytidagi nosozliklarini (to’xtab qolishi, 
diskdan o’qiy yoki yoza olmasligi) asosiy sababchisi bo’lgan sifatsiz 
kuchlanish manbai (ko’paygan va kamaygan, keskin tushib, sakrab 
ketadigan kuchlanish, chastotadan og’ishlar va x.k.) dan ximoyalash 
uchun xozirgi paytda uzluksiz kuchlanish manbalari (UKM) ishlatiladi. 
Ularning asosiy vazifasi-asosiy tarmoqda avariya sodir bo’lganda elektr 
energiyasi bilan ta`minlashdir. UKM dan foydalanilganda ximoya konturi 
(yer) va neytral sim aloxida o’tkazilishi kerak. Shu bilan birga, sifatsiz 
yerga ulash manbadan qurilmaga (monitor) yo’naltirilgan elektromagnit 
maydonga tusqinlik qilishdan ximoyalashni kamaytiradi. Bundan tanshari, 
UKMga lazer printerlarni ulash tavsiya etilmayli, chunki printer qiziganda 
nominal qiymatdan ortsh tok talab qiladi, bu esa UKMni ishdan chiqishiga 
olib kelishi mumkin. 
Elektr xavfsizligi qoida va talablariga rioya qilish foydalanuvchini 
elektr tokidan jaroxatlanishdan maksimal ximoya qiladi. Lekin, agar 
baxtsiz xodisa yuz bersa, birinchi navbatda xar qanday usul bilan zudlikda 
tok ta`sirini to’xtatish (rubilnikni o’chirish, jabrlangandan elektr simini 
quruq yog’och yoki shunga o’xshash narsa bilan olib tashlash, zudlik bilan 
vrachni chaqirish) kerak. Agar jabrlanuvchi xushini yo’qotmagan va 
noxushlik sezgan bo’lsa, vrach kelgunga qadar unga tinchlik, toza havo 
issiqlik bilan ta`minlash kerak. 
Jabrlanuvchi og’ir xolatda (xushidan ketgan, pulsi yo’q, uzuq nafas 
olayotgan) bo’lsa, zudlik bilan "og’izdan-og’izga" usuli bilan minutiga 12-
15 marta sun`iy nafas olishni va yurakni sekundiga bir marta bosish bilan 
massajni boshlash kerak va kasal o’ziga kelgunga qadar (ko’z 
qorachigining diametri tiklanadi, ya`ni normal xolatgacha kichrayadi, puls 


520 
qaytadi, nafas olishi normallashadi) davom ettiriladi. Inson o’ziga 
kelgandan keyin berilayotgan yordamni yana 5-10 minut davom ettiriladi, 
so’ng uni iliq honaga yotqizib, kuproq issiq choy berish kerak. Xar qanday 
xolatda xam malakali tibbiy yordam ko’rsatishni ta`minlash kerak. 

Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   393




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling