Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd


Download 4.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet248/393
Sana03.12.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1799559
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   393
Bog'liq
hayotfaoliyatixavfsizligi

Yong’in xavfsizligi. EXMdan foydalanilganda turli xildagi 
yonishlar xavfi doimo mavjuddir. Zamonaviy kompyuterlarda elektron 
sxemalarning elementlarini joylashish zichligi juda yuqoridir, ulash 
simlari, kommunikatsiey kabellar bir-biriga juda yaqin joylashgandir. 
Ulardan tok oqqanida, katta miqdorda issiqlik ajraladi, ba`zi bo’limlarda 
xarorat 80-100°C gacha ko’tarilishi mumkin. Bu ulangan simlarning 
izolyatsiyasini erishiga, ochilib qolishiga, oqibatda uchqunlanish bilan 
birgalikda qisqa to’qnashuv sodir bo’lishiga, elektron sxemalarning 
elementlariga yo’l qo’yilmas darajadagi ortiqcha og’irlik tushishiga olib 
keladi. Ular qizishi natijasida uchqunlarni sachratib, yona boshlaydilar. 
EXMdagi 
ortiqcha 
issiqlikni 
yo’qotish 
uchun 
havoni 
konditsionerlash va ventilyatsiya tizimi xizmat qiladi. Lekin bu tizimlar 
mashina zallari va boshqa honalar uchun qo’shimcha yong’in xavfini 
yuzaga keltiradi, chunki bir tarafdan, havo uzatuvchi moslamalar barcha 
honalarga oksidlovchi hisoblanmish kislorod uzatishni ta`minlasa ikkinchi 
tarafdan, yong’in sodir bo’lganda, ularni honalarga tezda tarqalishiga 
yordam beradi.
Elektr qurilmalariga tok aloxida yong’in xavfi bo’lgan kabel simlari 
orqali uzatiladi, yonuvchi izolyatsiya materialining mavjudligi, elektr 
uchquni 
va 
elektr 
yoyi 
sifatidagi 
manbalar 
extimoli 
borligi, 
sertarmoqlanganligi va yaqinlashish qiyinligi kabel liniyalaridan yong’in 
chiqishi va rivojlanishi extimoli yanada kattaligidan dalolat beradi. 
Shaxsiy hisoblash vositalarini ishlatish jarayonida ta`mirlash, xizmat 
ko’rsatish va profilaktika ishlarini bajarish zarurati yuzaga keladi. Bunday 
paytda turli moylovchi moddalar, yengil yonuvchi suyuqliklar ishlatiladi, 
vaqtinchalik elektr simlari o’tkaziladi, ba`zi bir qism va detallar 
payvandlanadi. Qo’shimcha yong’in chiqish xavfi paydo bo’ladi, bu esa 
yong’in profilaktikasi bo’yicha tegishli chora-tadbirlarini talab qiladi. 
Yong’inni oldini olish uchun barcha turdagi kabellarni gaz to’ldirilgan 
metall trubalar orqali o’tkazish kerak. Mashina zallaridagi kabel yo’llarini 
yong’inga bardoshligi 0.5 soatdan kam bo’lmagan, yonmaydigan yoki 
qiyin yonuvchi materiallardan tayyorlangan, olib-qo’yiluvchi texnologik 
pol ostidan o’tkazish kerak. 
Hisoblash markazlaridagi honalarda yong’in jumraklari yo’lkalarga, 
zina maydonchalariga, kirish joylariga o’rnatiladi. Qo’l olov 


521 
uchirgichlarni 40-50 m
2
ga bittadan hisoblab, honalarga o’rnatiladi. 
Yong’in chiqqanda honalardagi avtomatik yong’in o’chirish qurilmasi 
(AYO’Q) ishlab ketadi. Ko’pincha gazli (AYO’Q) ishlatiladi. Ular 
shovqin va yorug’lik stgnalizatsiyasi bilan ta`minlanadi. 
Yong’in vaqtida alanga binoning bir qismidan ikkinchisiga 
o’tmasligi uchun yong’inga qarshi devorlar, qoplamalar, zonalar, tambur-
shlyuzlar, eshiklar, uyma teshiklar, klapanlar shaklida yong’inga qarshi 
to’siqlar qo’yiladi. Binoda yong’in chiqayotgan paytida ikkitadan kam 
bo’lmagan evakuatsiya chiqishlari ko’zda tutiladi, Lekin ikkitadan kam 
bo’lmagan evakuatsiya chiqishlari bo’lgan mashina zalidan boshqa 
bo’linmalardagi ishchilarni evakuatsiya qilishda foydalanishga yo’l 
qo’yilmaydi. Boshqa ishlab chqarish honalarida agar eng uzoq joydan 
chiqishgacha masofa 25 metrdan, bir smenadagi ishlovchilar soni 25 tadan 
ko’p bo’lmasa, bitta chiqish joyi loyixalanadi. O’tish joylarini, yo’lkalarni 
va ishchi joylarini qog’ozlar, arxiv materiallari bilan uyib tashlash kerak 
emas. Evakuatsiya yo’llariga tabiiy va sun`iy avariyaviy yoritgichlar 
o’rnatiladi. 
Axborot tashuvchi vositalarni saqlash uchun metall shkaflardan 
foydalaniladi, saqlash honasining eshigi xam yonmaydigan bo’lishi kerak. 
Yong’in profilaktikasi bo’yicha tashkiliy va texnik chora-tadbirlar 
majmuasi, yong’inni oldini olish, yong’in chivdan paytda odamlarni 
xavfsizligini ta`minlash, olovning tarqalishiga yo’l qo’ymaslik, xamda 
yong’inni muvoffaqiyatli uchirishga sharoit yaratish imkonini beradi. 

Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   393




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling