Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd


III.3. Havoni tozaiashni va atmosferaga chiqarib


Download 4.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/393
Sana03.12.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1799559
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   393
Bog'liq
hayotfaoliyatixavfsizligi

III.3. Havoni tozaiashni va atmosferaga chiqarib 
yuborishni tashkil qilish 
Ajralib chiqadigan havoni tozalash uni zararsizlashtirishning muhim 
bosqichi hisoblanadi, shu yo’l bilan zavod territoriyasidagi va korxona 
tashqarisidagi havo muhitining ifloslanmasligi ta'minlanadi. Zavod va 
fabrika atrofidagi sanitariya-himoya zonalarida havoning ifloslanishidan 
saqlash ham katta ahamiyatga ega.
Hozirgi vaqtda havo atmosferasini ifloslantiruvchi asosiy manba 
ishlab chiqarish korxonalaridir. Kimyo sanoati bularning eng asosiylaridan 
biri hisoblanadi. Atrof-muhitni muhofaza qilish hozirgi vaqtda eng muhim 
muammolaridan biri bo’lib,bu ishga butun dunyo mutaxassislarining 
diqqat-e'tiborini jalb qilmoqda. 
Havoni changdan tozalashda turli vositalardan foydalanadi. 
 
III.4. Havoni mo'tadillashtirish 
Havoni mo’tadillashtirish sanoat korxonasi xonalaridagi havo 
holatini ichki omillar issiqlik ajralib chiqishi, namlik va tashqi omillar 
havoning issiq-sovuqligidan qat'i nazar, avtomatik ravishda bir xil 
me'yorida yoki berilgan programma asosida havo parametrlarini saqlab 
turish tushuniladi. 
Havoni mo'tadillash sanitar-gigienik sharoitini yaxshilashdan 
tashqari texnologik talablar asosida ham o'rnatilishi mumkin. 
Masalan, kimyoviy tolalar ishlovchi ba'zi bir sexlar havoning 
parametrlarining doimiy bo'lishini taqozo qiladi. Bunday hollarda sexlar 
deraza va framugalarsiz bo'lib, undan havoning birliklarini 
mo'tadillashtirish qurilmalari ta'minlanadi. Ba'zi hollarda havoni 
mo'tadillashtirish ish sharoitida vujudga keladigan statik zaryadlarni 
namlikning ko'payishi hisobiga yo'qotish maqsadida qo'llaniladi. Havoni 
mo'tadillashtirish uchun maxsus konditsionerlardan foydalaniladi. 
Har xil maqsadlar uchun ishlatiladigan konditsionerlarning 
seksiyalari nusxalari tayyorlangan va bu seksiyalar yordamida istagan 
ishlab chiqarish sharoiti uchun kerakli ishlab chiqarish hajmiga va 
ehtiyojiga moslashtirilgan kondrtsionerlar tayyorlash imkoniyatini 


69 
mavjud. Seksiya, nusxalari havo qabul qilishini ta'minlaydi, uni filtrlab 
tozalaydi, issiq yoki sovuq bilan ta'minlaydi, harakatga keltiradi, namlaydi 
va boshqa jarayonlarni bajaradi. 
Konditsionerning. ehtiyoji bo'lmagan seksiyalarini o'chirib qo'yish 
mumkin. Konditsionerlarni montaj qilish sistemasini, seksiya tiplarini, 
tiplashtirilmagan shamollatish elementlari bilan qo'shib, o'zgartirish 
mumkin. Konditsioner sistemasini har xil datchiklar va qurilmalar o'rnatib 
avtomatik rejimga keltirish mumkin. 
13-rasmda konditsionerlarning tuzilish chizmasi ko'rsatilgan. Havo 
konditsionerlarga havo o'tkazgich (1) orqali qabul qilinadi, filtr (2) orqali 
o'tib har xil iflosliklardan tozalaniladi va I kameraga o'tadi va bu yerda 
qish vaqtida isitiladi, yoz vaqtida sovutiladi. Undan keyin havo II 
kameraga o'tadi, unda havoga (5) forsunkalar yordamida suv tomchilari 
purkash bilan namlanadi. Bundan tashqari bu yerda havo qo'shimcha 
isitilishi yoki sovutilishi mumkin. So'ngra hayo III kameraga o'tadi va bu 
yerda ikkinchi bosqich kaloriferlar (7) bilan uning harorati ishchi 
xonalariga yuborish uchun kerakli holatga keladi. Uni ventilator (9) 
yordamida havo o'tkazgich orqali xonalarga yuboriladi. 
Agar xonada havo zarari maddalar bilan ifloslanmayotgan bo'lsa, 
unda uni o'tkazgich (3) orqali qaytadan ishlov berib, aylanma tizim tashkil 
qilish mumkin 
13-rasm. Sanoat konditsionerlarining tuzilish chizmasi 


Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   393




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling