Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd


III.5. Avariya shamollatish tizimi


Download 4.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/393
Sana03.12.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1799559
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   393
Bog'liq
hayotfaoliyatixavfsizligi

III.5. Avariya shamollatish tizimi. 
Avariya 
shamollatish 
sistemasi, 
avariya 
natijasida 
yoki 
texnologiyani buzilishi natijasida sanoat korxonasi xonasiga birdaniga 
ko'p miqdorda kimyoviy zararli va portlash xavfli bo'lgan moddalar 
yig'ilganda, ularni xonadan qisqa muddat ichida chiqarib yuborishga 


70 
xizmat qiladi. 
Avariya shamollatish sistemasi havo so'rish usulida bajariladi. 
Bunda so'rilgan havoning o'rniga havo yuborish mumkin emas, chunki 
havo oqimi natijasida zararli moddalar qo'shni xonalarga tarqalib ketishi 
mumkin. Bunda xonadagi havoning so'rib olish natijasida yangilanish 
darajasi tarmoq bo'yicha xavfsizlik texnikasi va promsanitariya qoida va 
normalarida keng chegaralarda beigilanadi. Masalan, kaprolaktam ishlab
chiqarishda havo almashtirish 15 marta, benzol hosil qilish sexida 10 
marta, reaktor bo'limlarida 5 marta bo'lishi kerak. 
Havo almashtirish darajasini belgilashda avariya natijasida hosil 
bo'ladigan moddaning zaharliligi va miqdoridan tashqari bu moddaning 
ruxsat etiladigan miqdoriga qadar suyultirishga ketadigan vaqtni ham
hisobga olish muhim. Chunki bunday hollarda avariya rivojini bartaraf 
etish maqsadida bu zonaga xizmat ko'rsatish va remont qiluvchi 
ishchilarni kirishga to'g'ri keladi.
Avariya ventilatorlari analizatorlari xavfli holatni ko'rsatishi
bilanoq avtomatik ravishda ishga tushishi kerak. Bundan tashqari zonaga 
kirish joyida maxsus uzoqdan turib ishga tushirish pulti o'rnatilgan bo'lishi 
kerak.
 
III.6. Mahalliy shamollatish tizimi 
Mahalliy shamollatish sistemalari zararli moddalarning ajralib 
chiqayotgan joylarning o'zida ishlab chiqarish zonasidagi havoga aralashib 
ulgurmasdan ushlab qolish va chiqarib yuborishni ta'minlashi zarur. 
Gigiena nuqtayi nazaridan mahalliy shamollatish zararli moddani 
ishchi nafas olish organlariga yetib bormasligini yoki kamaygan miqdorda 
yetib borishini ta'minlaydi. Bu shamollatish sistemasida atmosferaga 
chiqarib yuborilayotgan havodagi zararli moddalar oz havoni chiqarish 
bilan shamollatishni yengillashtiradi. Kiritilayotgan havoga ishlov berish 
va tozalash kerak bo'lmaydi va bu iqtisodiy jihatidan yaxshi natija beradi. 
Mahalliy shamollatishning turlari . juda xilma-xil. Shulardan ba'zi birlari 
bilan tanishib o'tamiz.
Havo so'ruvchi shkaf (14-rasm, a) asosani kimyo laboratoriyalarida 
ishlatiladi. Bu shkafning yuqori qismida yengil gazlarni yig'ish uchun 
ma'lum hajm miqdorida kenglik qoldiriladi. 
Shkafning texnologik eshikchasi oldidagi havoning harakati 0,5 m 
dan kam bo'lmasligi kerak. Agar ajralib chiqayotgan gaz og'ir va zaharli 
bo'lsa, havo tezligi 0,7-1 m/s miqdorda belgilanadi. Bu shkafdan chiqarib


71 
yuborilayotgan havo miqdorini hisoblab chiqish mumkin. 
L = 3600 V(F
ish
=F
q
)

+VT 
bunda, L— shkafdan so'rib chiqarib yuborilayotgan havo miqdori, 
m
3
/soat;. V—ma'lum kesim yuzasidagi havo tezligi, m/s; xizmat 
eshikchasi yuzasi, m; Fq—qo'shimcha eshikcha va tirqishlar yuzasi, m
2


—hisobga olish mumkin bo'lmagan zichlanmagan yerlardan so'rilishh 
mumkin bo'lgan havo hisobiga olinadigan koeffitsiyent, odatda, bu 
koeffitsiyent I,I qabul qilinadi. 
Zararli moddalar ajralishi mumkin bo'lgan texnologik 
jarayonlarni qobiq bilan o'rashga harakat qilinadi va uning bir yoki bir 
necha yeridan havo so'rilib, xonadagi havoga harakati qobiq ichiga qarab 
yo'naladi, zararli moddalar ish joylariga tarqalmasligi ta'minlanadi.
14-rasm. Mahalliy shamollatish qurilmalarining nusxalari. 
Ba'zi bir texnologik jarayonlarni bunday qobiqqa o'rash imkoniyati 
yo'q. Bunday hollarda, ochiq havo so'rish tizimlaridan foydalaniladi. 
Bunday sistemalarning eng oddiy turi havo so'rish zontidir (14-rasm, b). 
Zontni qizigan, havo oqimlari uchun ishlatish maqsadga 
muvofiqdir. Ba'zi vaqtlarda zontlar o'rniga shirmalardan foydalanish 
ko'p miqdordagi havoni chiqarib yuborish imkoniyatini beradi. Har 
qanday holatda ham zararli havo ishchi nafas organlariga yetib 
bormaydigan bo'lishi shartv. 


72 
Agar zararli moddalar ajralib chiqayotgan zona vanna shaklda bo'lsa 
va uning tomonlari biror bir texnologik jarayonni bajarish uchun zarur 
bo'lib, zont o'rgatish imkoniyati bo'lmasa, unda havo bortlar orqali 
so'riladi (14-rasm, e). Bort orqali havo sourish tizimlari bir tomonlama, 
ikki tomondan va havo bir tomonidan hamda havoni bir tomonidan so'rib, 
ikkinchi tomonidan haydash yo'li bilan amalga oshiriladi. 
Ba'zi bir hollarda ishchiga yo'naltirilgan havo dushlaridan 
foydalaniladi. Havo dushlari havo, harorati td va havo harakati tezligi Vd 
QMQ 3. 01, 02 - 00 bilan cheklangan bo'ladi. Masalan, yilning issiq 
oylarida (tashqi havo harorati v 10°C) yengil kategoriyadagi ish 
bajaruvchi ishchilar uchun va issiqlik ajralib chiqishi 1,3-2,5 M J/(m
2
/s) 
(300-600 .kkal (m
2
/s) ni tashkil qilsa, havo haroratining miqdori 22—
24°C, Vd esa 0,5—1,0 m/s; og'ir kategoriyadagi ish bajarilganda va
issiqlik ajralib chiqishi 10 M J (m
2
/s) 2400 kkal/t (m
2
/s) va undan ortiq 
bo'lsa, bu norma tegishlicha 18—19 °C va 3,0—3,5 m/s ni tashkil qiladi. 
Havoning harakati tezligi 5,0 m/s dan ortiq bo'lsa, inson holatiga yoqimsiz 
ta’sir ko’rsatadi. 
Havo dushlari doimiy o'rnatilgan va ko'chma bo'lishi mumkin 
Doimiy o’rnatilgan havo dushlari uchun havoni xona tashqarisidan 
olinadi. Ko'chma havo dushlari uchun esa, dush o'rnatilgan xona 
havosidan foydalanish mumkin. Agar dush o'rnatilgan xonada issiqlik 
ajralishi kuchli bo'lsa, unda ko'chma havo dushlari suv zarralari bilan 
birga yuboriladi va bu sovutishda ancha samarador usul hisoblahadi. 

Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   393




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling