Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd


IV. 2. Chang tozalash kameralari


Download 4.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/393
Sana03.12.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1799559
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   393
Bog'liq
hayotfaoliyatixavfsizligi

IV. 2. Chang tozalash kameralari 
 
Chang tozalash kameralari o'z tuzilishi va ishlash usuli bilan eng 
sodda chang tozalash qurilmalari qatoriga kiradi. 
Changlangan havo tozalash kamerasiga 1 truba orqali 2 kameraga 
yuboriladi (15-rasm). Kameraga yuborilayotgan havo ma'lum miqdordagi 
tezlikka ega bo'lganligiisababli (18—22 m/s), havoning qarshiliksiz chiqib 
ketishini kamaytirish maqsadida 4 devor to'siq o'rnatilgan. Changdan 


77 
tozalangan havo chiqib ketishi uchun 3 chiqarib yuborish trubasi 
o'rnatilgan. 
Kamera ichiga changlangan havo bilan birgalikda kirgan chang 
zarrachasining soddalashtirilgan holatini ko'rib chiqamiz. Bu holda chang 
zarrachasiga ta'sir qilib uni harakatlantiradigan kuchlardan biri, havo 
harakati ;natrjasida olingan inersiya kuchi bo'lib, bu zarrani gorizontal 
holatda harakatlantirishga intiluvchi V
2
. Bundan tashqari chang 
zarrachasiga o'z og'irlik kuchi ta'siri, uni pastga qarab harakatlanishga 
majbur qiladi.
Bu kuchlarning umumiy ta'sir qiluvchi kuchi ularning vektorlari 
yig'indisidan hosil bo'Igan parallelogram diogonali yo'nalishida bo'ladi. 
Bu holda zarraning harakatlanish yo'lini aniqlash mumkin. 
Gorizontal yo'nalishda:
l=V
б
τ
 
vertikal yo'nalishda esa, 
h=V
б
τ 
bunda, l— kamera uzunligi,
h — kamera balandligi,
τ — chang zarrasining kamerada bo'lish yaqti, s. 
Bundan kelib chiqib,
Vb
h
V
l




yoki: 
]
[
m
Vb
V
h
l


Ifodadan ko'rinib turibdiki, kameraning uzunligi, boshqa hamma 
sharoitlar ta'minlangan taqdirda kameraning balandligiga bo'ladi. Kamera 
balandligi qancha kam bo'lsa, uning bo'yi shuncha qisqa bo'ladi. Bundan 
tashqari, kamerada changning ushlanib qolishi havo harakati tezligining 
kam bo'lishi va chang zarralarining og'irroq bo'lishini taqozo qiladi.
Bundan tashqari chang kamerasiga yuborilayotgan havo harakati 
laminar harakat bo'lganda uning samaradorligi yuqoriroq bo'ladi. 
Turbulent harakatdagi havo tarkibidagi changlar tartibsiz havo 
yo'nalishlarining o'zgarishi natijasida, changlarning qo'nishiga yo'l 
qo'ymaydi va hattoki, qo'ngan changlarning ko'tarilib havo bilan chiqib 
ketishiga sababchi bo'ladi. 


78 
15-rasm. Havoni changdan tozalash kamerasininig tuzilish chizmasi. 
Laminar harakatni ta’minlash uchun chang kameralarining 
uzunligini oshirishga to'g'ri keladi.
Katta hajmdagi chang kameralaririqurishr imkoniyati cheklangan. 
Shuning uchun ham bunday chang tozalash kameralarining sanoat 
korxonalarida qurish istiqboli yo'q. Buning yana bu: sababi uning 
samaradorligi 20-30% atrofida bo'lib, bu juda past samaradorlik 
hisoblanadi. 

Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   393




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling