Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd


Download 4.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/393
Sana03.12.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1799559
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   393
Bog'liq
hayotfaoliyatixavfsizligi

IV. 3 Matoli filtrlar 
 
Matoli filtrlarning ishlash prinsiplarini changlangan havoning mato 
orqali sizib o'tkazishga asoslangan bo'lib, havodagi changlar mato tolalari 
tuklariga ilinib qoladi, havo esa tozalanib, chiqarib yuboriladi. Matoli
filtrlarning chang tozalash qobiliyati matoning qalin yoki yirik 
to'qilganligiga uning tollari tarkibiga bog'liq. 
Masalan, qalin to'qilgan junli matolarda changni ushlanib qolish 
imkoniyati ko'p va bunday matolarning chang tutish samaradorligi juda 
yuqori bo'lib 95-99,9% ni tashkil qiladi. Lekin shuni ham eslatib o'tish 
kerak, bunday matoli filtrning havo o'tkazishga qarshiligi nihoyatda katta 
bo'lib, taxminan 1200-4000 n/m
2
ni tashkil qiladi (bunda 1200 birligini 
flltr ishga qo'yilgan vaqtdagi qarshiligi va 4000 n/m
2
esa changga 
to'yingan vaqtdagi qarshiligi tushuniladi). Bunday katta qarshilikni 
yengish uchun nihoyatda ko'p eneigiya sarflaydigan ventilatorlardan 
foydalanishga to'g'ri keladi. 
Shuning uchun sanoat korxonalarida ishlatiladigan filtrlarning ishchi 
qismi bo'lgan matolarni, siyrak to'qilgan, ammo tukli turlari tanlanadi. 
Bunda biz flltr qarshiligini kamaytirishga erishamiz, shuning bilan birga 
sertuk siyrak to'qilgan mato orqali o'tayotgan changlangan havo o'z 
yo'nalishini bir necha marta o'zgartiradi va changlar mato g'adir-


79 
budirliklari va tuklarida ushlanib qoladi. 
17-rasmda ittifoq davrida GPI -I tomonidan ishlab chiqilgan FV filtr 
sxemasi keltirilgan. Filtrning changlangan havoni taqsimlash va chang 
yig'ish kamerasi (1) orqali, changlangan havo keskin konus tuzilishidagi 
diametri 240 mm va uzunligi 2755 mm bo'lgan 8 ta yeng (2) ga yuboriladi. 
Yeng to'qimalari orqali changdan tozalanib o'tgan havo (3) kamerada 
to'planadi va bu yerdan (4) trubalar orqali ventilatonga yo'naltiriladi. VF 
filtrlar yenglarida ushlanib qolgan changlar silkitish hisobiga tushirib 
yuboriladi. Buning uchun richagsimon uzatma (6) ning (5) dastasiga ta'sir 
etuvchi kuch uni filtrning A seksiyasida ko'rsatilgan holatda kelguncha 
keskin ko'chadi va so'ngra keskin qo'yib yuboradi va buning natijasida 
yengga ilingan changlar qoqib tushiriladi. Yenglarni silkitib qoqish bir 
necha marta takrorlanadi va shuning bilan birga uning to'qimalari orasiga 
tiqilib qolgan changlarni chiqarib yuborish maqsadida tashqi tomonidan 
havo yuboriladi. Buning uchun havoni ventilatoiga yo'naltirish yo'lidagi 
truba tiqin (7) bilan berkitiladi va tashqaridan havo kirish yo'li (8) ochib 
qo'yiladi. Qarama-qarshi tomondan yo'nalgan havo yenglarning to'qimlari 
orasiga tiqilib qolgan changlarni chiqib ketishini tezlashtiradi. Shundan 
keyin yirik changlar (9) bunkerga yig'iladi, mayda changlar esa havo 
harakati natijasida yondagi seksiyadagi yenglarga yo'naltiriladi. Filtr havo 
o'tkazmaydigan metall qobig'i bilan o'ralgan. 
Hozirgi vaqtda ishlash tartibi xuddi shunday bo'lgan va hozirgi 
zamon talabiga javob beradigan, maxsus silkitib-qoqish mexanizmiga ega 
bo'lgan flltrlar yaratilgan. Ulardan biri FRM filtri (16-rasmda) ko'rsatilgan. 
FRM filtri (6), (8) yoki (10) seksiyadan iborat bo'lib har bir seksiya 
(10) yengdan tashkil topgan har bir yeng keskin konus formasida bo'lib 
250x200 mm diametrni va uzunligi 2500 mm ni tashkil qiladi. Har bir 
yengning filtrlash yuzasi, 1,85 m2 ni tashkil qiladi. Changlangan havo 
yig'ish kamerasi (I) ga yuboriladi. Uning ostida (2) bunkeri joylashgan. 


80 
16-rasm. Yengsion matoli filtrning umumiy ko'rinishi. 
Filtrga havoni gorizontal va vertikal sholatdagi truboprovodlar 
orqali yo'naltiriladi. Ammo gorizontal, yo’naltirgan ma'qulroq, chunki 
bunda bunkerda yig'ilgan changni to'zg'itib yuborish imkoniyati kamroq. 
Kameraga kirgan Changlangan havo tarkibidagi yirik changlar to'g'ridan-
to'g'ri bunkerga tushadi. Mayda changlar bilan Changlangan havo yenglar 
(3) ga yo'naladi unda mayda changlardan tozalanadi. Yenglar orqali 
tozalanib o'tgan havo 4-kameraga o'tadi va undan ventilator yordamida 
so'rib tashqariga chiqarib yuboriladi. 
Bu filtrning ishlash jarayonida uning seksiyalaridan biri to'xtatilib, 
silkitib-qoqish yo'li bilan yenglarni changdan tozalanadi. Har bir 
seksiyadagi yenglarni galma-gal silkitib qoqish ishini maxsus ekssentrik 
mexanizm bajaradi. Bu mexanizm filtrning yuqori qismiga o'rnatilgan. 
Silkitib qoqish vaqtida yenglar osib qo'yilgan asos yuqoriga ko'tariladi va 
o'z og'irligi ta'sirida keskin pastga tushadi. Yenglarni silkitib-qoqish bilan 
birga uning qarama-qarshi yuzasi orqali havo yuborib puflanadi. 
Yenglarni tozalash uchun seksiyalardan biri to'xtatilishi bilan 4-kameraga 
havo ochiladi. Filtr havo so'rilish holatida bo'lganligi sababli (chunki 
ventilator havoni filtr orqali so'radi) xonadagi havo xuddi shu seksiyaga 
tomon so'riladi, buning bilan yengning to'qimalari orasiga siqilib kirgan 
changni chiqarib yuboriladi. 10 marta keskin silkitib-qoqish va qarama-
qarshi tomonidan havo berish bilan tozalangan filtr ishga tushib ketadi. 
Filtrni bir seksiyasini tozalash 3—5 minut davom etadi. 


81 
17-rasm.FRM filtri. 
Bunday filtrning havo hozaiash samaradoriigi 99-99% ni tashkil 
qiladi. Havo tozalash quwati 5—8 m
3
/s. Qarshiligi 1000— 2500 Pa. Agar 
tozalanayotgan havodagi chang miqdori juda qo'p bo'lmasa, unda tozalash 
uchun filtrning o'zi yetarli hisoblanadi. Agar chang haddan tashqari ko'p 
bo'lsa ikki pog'onali tozalash qurilmasi ishlatilib uning birinchi 
pog'onasiga siklon va ikkinchi pog'onasiga filtr ishlatiladi.
Shuni ta'kidlab o'tish kerakki, filtr asosan changlar qimmatbaho 
bo'lganda (oziq-ovqat mahsulotlari changi va ba'zi qimmatbaho metallar) 
yoki tarkibidagi chang odam sog'lig'i uchun xavfli bo'lgan hollarda 
ishlatiladi. Chunki bu filtrlar qimmatbaho matodan tuzilgani uchun va bu 
qimmatbaho matoni tez-tez yangilab turish kerakligini hisobga olsak, bu 
fikr tushunarli bo’ladi. 

Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   393




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling