100. Elektr tokining ta’sir turlari – himiyaviy, issiqlik va
biologik.
101. Elektr toki ta’sirini belgilovchi faktorlar – tok kuchi va
kuchlanishi miqdori, inson tanasining qarshiligi tok turi va chastotasi,
tokni ta’sir etish vaqti, tokni o’tish yo’li va insonning shahsiy
xususiyatlari.
102. Xavfsiz elektr toki miqdori – 10mA gacha o’zgaruvchan va
50mA gacha o’zgarmas tok.
103. Elektr qurilmalarini yerga ulash – qurilmaning elektr toki
ta’sirida bo’lmagan metal qismini yarga ko’milgan mahsus elektrodlar
(sun’iy yoki tabiiy)ga ulash.
104. Nollashtirish – elektr qurilmasini elektr toki ta’sirida
bo’lmagan metal qismi bilan nol fazani birlashtirish.
105. Statik elektr toki - tuzilishi va tarkibi jihatidan bir xil
bo’lmagan ikki materialni o’zaro ishqalanishi va ayrim suyuqlik yoki
gazlarni quvirlarda katta tezlikda harakatlanishi oqibatida yuzaga keluvchi
elektr zaryadlari.
106. Avtomobil g’ildiraklarini beton yo’l uzra sirpanishi
natijasida – 3000 V, benzinni po’lat quvirlarda katta tezlikda oqishi
natijasida – 3600 V, tezligi 15 m\s bo’lgan tasmali uzatmalarda 80000 V,
tasmali transportyorlarda 45000 V gacha elektr zaryadlari hosil bo’lishi
mumkin.
107. Atmosfera elektr zaryadlari – kuchli yashin va
momoqaldiroq vaqtida hosil bo’ladi. Bunda ularning kuchlanishi 2 V dan
8 mln. V gacha, tok kuchi miqdori 200000 A gacha yetishi mumkin.
112. Payvand jihozlarini o’rnatishda elektr tarmog’i bilan
payvandlash transformatori oralig’idagi elektr simlarining uzunligi 10m.
dan, elektrodga boruvchi kabelning uzunligi – 15 – 25 metr (ayrim
hollarda 40 m. gacha) dan oshmasligi lozim.
114. Kislorod balloni – havo rang, asetilin balloni – oq, propan-
butan balloni-qizil, ammiak-sariq, uglekislota-qora rangga bo’yalishi
shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |