Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd
-modda.Mahalliy davlat hokimiyati organlarining gidrotexnika
Download 4.05 Mb. Pdf ko'rish
|
hayotfaoliyatixavfsizligi
5-modda.Mahalliy davlat hokimiyati organlarining gidrotexnika
inshootlarining xavfsizligi sohasidagi vakolatlari Mahalliy davlat hokimiyati organlari: gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini ta`minlash sohasidagi davlat dasturlarini amalga oshirishdа qatnashadilar; suv resurslaridan foydalanishda va tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirishda gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini ta`minlaydilar; gidrotexnika inshootlarini joylashtirish to`g’risida, shuningdek gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to`g’risidagi qonun hujjatlari buzilgan hollarda ulardan foydalanishni cheklab qo`yish haqida qonун hujjatlarida belgilangan tartibda qarorlar habul qiladilar; gidrotexnika inshootlarining avariyalari oqibatlarini tugatishda qatnashadilar; gidrotexnika inshootlarining favqulodda vaziyatlarni keltirib chiqarishi mumkin bo`lgan avariyalari xavfi borligi to`g’risida aholini 621 xabardor qiladilar; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradilar. 6-modda. Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi ustidan davlat nazorati O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi katta va alohida muhim suv xo`jaligi ob`ektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspektsiyasi gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi maxsus vakolatli organ hisoblanadi, u: gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi qoidalari va mezonlarini ishlab chiqadi; manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda gidrotexnika inshootlari texnik holatining puxtaligini va ular ishining xavfsizligini ekspertizadan o`tkazadi; gidrotexnika inshootlarini joylashtirish, gidrotexnika inshootlarini loyihalashtirish topshiriqlarini, ularni qurish va rekonstruktsiya qilish loyihalarini kelishib olishda, gidrotexnika inshootlarining qurilishi sifatini nazorat qlishda, ularni foydalanishga qabul qilishda, shuningdek gidrotexnika inshootlaridan foydalanish qoidalarini kelishib olishda qatnashadi; gidrotexnika inshootlarining holatini hamda ular holatining gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi deklaratsiyalariga muvofiqligini tekshirishni tashkil etadi; gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini ta`minlash to`g’risida ko`rsatmalar beradi, shuningdek gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi normalari va qoidalari qo`pol ravishda buzilgan hollarda xavflilik darajasi yuqori bo`lgan ob`ektlar jumlasiga kiruvchi gidrotexnika inshootlarini loyihalash, qurish va ulardan foydalanish faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan litsenziyalarning amal qilishini to`xtatib turish va tugatish haqida takliflar kiritadi; gidrotexnika inshootlari hududlaridan, daryolar o`zanlari va to`g’onning ularga tutash bo`lgan quyi hamda yuqori hududlaridan xo`jalik faoliyati yoki boshqa faoliyatni amalga oshirish uchun foydalanishга (suvni muhofaza qilish zonalarida er uchastkalari berish bundan mustasno) rozilik beradi; daryolarning o`zanlarida va to`g’onning ularga tutash quyi va yuqori hududlarida suv xo`jaligi ob`ektlaridan foydalanishni amalga oshiruvchi yoxud xo`jalik faoliyati yoki boshqa faoliyat yurituvchи tashkilotlarning 622 faoliyatini, agar bunday faoliyat gidrotexnika inshootlarining xavfsizligiga yomon ta`sir ko`rsatishi mumkin bo`lsa, taqiqlaydi yoki cheklab qo`yadi. Tadbirkorlik sub`ektlarining faoliyatini taqiqlash va cheklash sud tartibida amalga oshiriladi, bundan favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va salomatligi uchun boshqa real xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bog’liq holda faoliyatni o`n ish kunidan ko`p bo`lmagan muddatga cheklash hollari mustasno; gidrotexnika inshootlarining muhofaza qilinishini tashkil etish ustidan nazoratni amalga oshiradi; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. Maxsus vakolatli organning gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini ta`minlash to`g’risidagi ko`rsatmalari foydalanuvchi tashkilotlar ijro etishi uchun majburiydir. Download 4.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling