Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd
VI.8. Tabiiy yoritish normalari
Download 4.05 Mb. Pdf ko'rish
|
hayotfaoliyatixavfsizligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishlab chiqarish xonalaridagi belgilangan tabiiy yoritilish koeffitsiyentining qiymati 10-jadval
VI.8. Tabiiy yoritish normalari
Sanoat korxonalarini yuqoridan va kombinatsiya usulida tabiiy yoritish yon tomondan yoritishga qaraganda ham mukammal, ham bir tekisda yoritishni ta'minlaydi. Yon tomondan yoritishning o'zi qolgan hollarda yoritilish darajasida ancha farq kuzatiladi, ya'ni yorug'lik derazalar yaqinida yuqorii sex ichkarisida esa past bo'ladi. Bu farq uskuna jihozlarining to'sishi bilan yana ham ortadi. Sanoat korxonalari ishlab chiqarish xonalarini yoritilganligini baholash uchun tabiiy yoritilish koeffitsiyenti kattaligi qarab belgilash qabul qilingan. Tabiiy yoritilish koeffitsiyenti tashqariga qaraganda xona ichkarisining yoritilganligi necha marta kamligini o'rsatadigan nisbiy kattalikdir. U foizlarda ifodalanadi va quyidagi formula bo 'yicha aniqlanadi: %, 100 t i E E e bunda, e — tabiiy yoritilish koeffitsiyentining foizlarda ifodalangan kattaligi; E i va E t — binoning ichkarisida va tashqarisida bir vaqtda o'lchangan yoritilish darajalari. Tabiiy yoritilish koeffitsiyenti kunning vaqti va boshqa sabablardan tabiiy yoritish o'zgarishiga bog'liq bo'lmaydi. QMQ 2.01.05-98 gigienik normalan ishmng aniqligi va yoritish turiga qarab talab qilinadigan tashqi yoritilish koeffitsiyentining kattaligini belgilaydi (10-jadval). 128 Ishlab chiqarish xonalaridagi belgilangan tabiiy yoritilish koeffitsiyentining qiymati 10-jadval Ish Xonada bajariladigan ishlar Tabiiy yoritilish koeffitsiyenti normalari Razr yadi Aniqlik bo'yicha Obyektni ng farqlanish kattaligi, mm Yuqori va kombi natsiya yoritis h-da, o'rtach a Yon tomon dan yoritis hda, minim al I Alohida aniq ishlar 0,1 va undan kam 10 3,5 II Yuqori aniqlikdagi ishlar 0,1 dan ortiq 0,3 gacha 7 2 III Aniq ishlar 0,3 dan ortiq 1 gacha 1,5 IV Kam aniqlikdagi o'* dan ortiq 10 1 gacha 3 V Qo'pol ishlar 10 dan ortiq 2 0,5 VI Ayrim detallarniajratma sdan ishlatish - 1,5 0,5 VII Ishlab chiqarish jarayoni kuzatib turiladigan ishlar - 1 0,25 VIII Ombordagi ishlar - 0,5 0,1 129 10-jadvaldan ko'rinib turibdiki, aniqlik darajasi bo'yicha ish xarakterini belgilashda obyekt kattaligining farqlanishi, masalan, detallarning tirnalish va g'ovakligi, tirnalish va chiziqlarning yo'g'onligi kabilariga asoslaniladi. Normalar yuqoridan va kombinatsiyali yoritishga nisbatan tashqi yoritilish koeffitsiyentining talab qilinadigan kattaligini belgilaydi, chunki yoritishning bu turlarida, yuqorida ko'rsatilgandek, nur oqimi bir tekis taqsimlanadi. Yon tomondan yoritishning minimal tashqi yoritish koeffitsiyentining, ya'ni derazalardan eng uzoqdagi koeffitsiyent kattaligini normalashda talab etiladiganlarga qaraganda tashqi yoritish koeffitsiyentining bu qiymatlari ancha yuqori; bo'ladi, shuning uchun yoritiladigan zonalarda yomonroq bo'ladi. Binodan foydalanish jarayonida sexdagi yoritilganlik darajasi ancha pasayishi mumkin, chunki oynalangan yuzalarning ifloslanishi oqibatida ularning yorug'likni o'tkazish rkoeffitsiyenti kamayadi; devorlar va shiftlarning ifloslanishi ham ularning nur qaytarish koeffitsiyentini kamaytiradi. Shuning uchun ham sanitariya normalari yorug'lik tuynuklari oynalarini tozalab turish zarurligini qayd qiladi. Kam chang ajraladigan xonalarni yiliga kamida 2 marta, tutunli va isli xonalarni kamida 4 marta tozalash zarur. Shift va devorlarni yiliga kamida bir marta oqlash va bo'yash lozim. Ko’p maydoni oynalangan ba'zr bir ishlab chiqarish xonalarining ish joylarida quyosh nurlarining to'g'ri yoki aks etib tashishidan ko'zni oladigan sharoitlar yuzaga kelishi mumkin. Ular bilan kurashish uchun quyoshdan himoya qiladigan soyabonlar, ekranlar, jalyuzlar va shunga o'xshashlardan foydalaniladi. 130 VII bob. MAGNIT MAYDONIDAN SAQLANISH Hozirgi zamon texnika taraqqiyoti davrida yuqori chastotalarga ega bo'lgan magnit maydonlaridan har xil texnika ishlarida, masalan, metallarni qizdirib toblash, eritish, yog'och mahsulotlarini yelimlash va boshqa ishlarda keng foydalanilmoqda. Bunday vositalar bilan texnik operatsiyalarni bajarishning qulayligi ortiqcha issiqlikning ajralmasligi va ortiqcha uskunalarga bo'lgan ehtiyojning kamayishi bu usulning keng ko'lamda qo'llanish imkoniyatlarini yaratmoqda. Bundan tashqari, bu usul ish sharoitini yaxshilash va ish joylarida havoning tozaligini ta'minlanganligi sababli sanitariya-gigienaitomonidan birmuncha qulayliklar tug'diradi. Hozirgi vaqtda radio va elektron qurilmalarining keng ko'lamda qo'llanilishi, radiotelemetriya, radionavigatsiya va boshqa elektromagnit tebranishlarga asoslangan apparaturalarning keng ko'lamda qo'llanilishi, radio apparaturalar bilan ko'pchilik ishchilarning muloqotda bo'lishiga olib kelmoqda. Shuning uchun ham hozirgi vaqtda elektromagnit tebranish to'lqinlaridan muhofazalanish chora-tadbiriarini amalga oshirish taqozo qilinmoqda. Keyingi vaqtlarda elektromagnit to'lqinlari inson organizmiga xatarli ta'sir ko'rsatishi.aniqlandi. Bu ta'sirning xatarli tomoni shundaki, insont bu nurlar ta'siriga tushganligini sezmaydi. Download 4.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling