Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd


VI.8. Tabiiy yoritish normalari


Download 4.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/393
Sana03.12.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1799559
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   393
Bog'liq
hayotfaoliyatixavfsizligi

VI.8. Tabiiy yoritish normalari 
Sanoat korxonalarini yuqoridan va kombinatsiya usulida tabiiy 
yoritish yon tomondan yoritishga qaraganda ham mukammal, ham bir 
tekisda yoritishni ta'minlaydi. Yon tomondan yoritishning o'zi qolgan 
hollarda yoritilish darajasida ancha farq kuzatiladi, ya'ni yorug'lik 
derazalar yaqinida yuqorii sex ichkarisida esa past bo'ladi. Bu farq uskuna 
jihozlarining to'sishi bilan yana ham ortadi. 
Sanoat korxonalari ishlab chiqarish xonalarini yoritilganligini 
baholash uchun tabiiy yoritilish koeffitsiyenti kattaligi qarab belgilash 
qabul qilingan. Tabiiy yoritilish koeffitsiyenti tashqariga qaraganda xona 
ichkarisining yoritilganligi necha marta kamligini o'rsatadigan nisbiy 
kattalikdir. U foizlarda ifodalanadi va quyidagi formula bo 'yicha 
aniqlanadi: 
%,
100


t
i
E
E
e
bunda, e — tabiiy yoritilish koeffitsiyentining foizlarda ifodalangan 
kattaligi; E
i
va E
t
— binoning ichkarisida va tashqarisida bir vaqtda 
o'lchangan yoritilish darajalari. Tabiiy yoritilish koeffitsiyenti kunning 
vaqti va boshqa sabablardan tabiiy yoritish o'zgarishiga bog'liq bo'lmaydi. 
QMQ 2.01.05-98 gigienik normalan ishmng aniqligi va yoritish 
turiga qarab talab qilinadigan tashqi yoritilish koeffitsiyentining kattaligini 
belgilaydi (10-jadval).


128 
Ishlab chiqarish xonalaridagi belgilangan tabiiy 
yoritilish koeffitsiyentining qiymati 
 
10-jadval 
 
Ish 
Xonada bajariladigan ishlar 
Tabiiy yoritilish 
koeffitsiyenti 
normalari 
Razr
yadi 
Aniqlik bo'yicha 
Obyektni
ng 
farqlanish 
kattaligi, 
mm 
Yuqori 
va 
kombi
natsiya 
yoritis
h-da, 
o'rtach

Yon 
tomon
dan 
yoritis
hda, 
minim
al 

Alohida aniq 
ishlar 
0,1 va 
undan
kam 
10 
3,5 
II 
Yuqori 
aniqlikdagi ishlar 
0,1 dan 
ortiq 0,3 
gacha 


III 
Aniq ishlar 
0,3 dan 
ortiq 
1 gacha 
1,5 
IV 
Kam aniqlikdagi 
o'* dan 
ortiq 
10 1 
gacha 


Qo'pol ishlar 
10 dan 
ortiq 

0,5 
VI 
Ayrim 
detallarniajratma
sdan ishlatish 

1,5 
0,5 
VII 
Ishlab chiqarish 
jarayoni kuzatib 
turiladigan ishlar 


0,25 
VIII Ombordagi
ishlar 

0,5 
0,1 


129 
10-jadvaldan ko'rinib turibdiki, aniqlik darajasi bo'yicha ish 
xarakterini belgilashda obyekt kattaligining farqlanishi, masalan, 
detallarning tirnalish va g'ovakligi, tirnalish va chiziqlarning yo'g'onligi 
kabilariga asoslaniladi. Normalar yuqoridan va kombinatsiyali yoritishga 
nisbatan tashqi yoritilish koeffitsiyentining talab qilinadigan kattaligini 
belgilaydi, chunki yoritishning bu turlarida, yuqorida ko'rsatilgandek, nur 
oqimi bir tekis taqsimlanadi. Yon tomondan yoritishning minimal tashqi 
yoritish koeffitsiyentining, ya'ni derazalardan eng uzoqdagi koeffitsiyent 
kattaligini normalashda talab etiladiganlarga qaraganda tashqi yoritish 
koeffitsiyentining bu qiymatlari ancha yuqori; bo'ladi, shuning uchun 
yoritiladigan zonalarda yomonroq bo'ladi. 
Binodan foydalanish jarayonida sexdagi yoritilganlik darajasi ancha 
pasayishi mumkin, chunki oynalangan yuzalarning ifloslanishi oqibatida 
ularning yorug'likni o'tkazish rkoeffitsiyenti kamayadi; devorlar va 
shiftlarning ifloslanishi ham ularning nur qaytarish koeffitsiyentini 
kamaytiradi. Shuning uchun ham sanitariya normalari yorug'lik tuynuklari 
oynalarini tozalab turish zarurligini qayd qiladi. Kam chang ajraladigan 
xonalarni yiliga kamida 2 marta, tutunli va isli xonalarni kamida 4 marta 
tozalash zarur. Shift va devorlarni yiliga kamida bir marta oqlash va 
bo'yash lozim.
Ko’p maydoni oynalangan ba'zr bir ishlab chiqarish xonalarining 
ish joylarida quyosh nurlarining to'g'ri yoki aks etib tashishidan ko'zni 
oladigan sharoitlar yuzaga kelishi mumkin. Ular bilan kurashish uchun 
quyoshdan himoya qiladigan soyabonlar, ekranlar, jalyuzlar va shunga 
o'xshashlardan foydalaniladi. 


130 
VII bob. MAGNIT MAYDONIDAN SAQLANISH 
 
Hozirgi zamon texnika taraqqiyoti davrida yuqori chastotalarga ega 
bo'lgan magnit maydonlaridan har xil texnika ishlarida, masalan, 
metallarni qizdirib toblash, eritish, yog'och mahsulotlarini yelimlash va 
boshqa ishlarda keng foydalanilmoqda. Bunday vositalar bilan texnik 
operatsiyalarni bajarishning qulayligi ortiqcha issiqlikning ajralmasligi va 
ortiqcha uskunalarga bo'lgan ehtiyojning kamayishi bu usulning keng 
ko'lamda qo'llanish imkoniyatlarini yaratmoqda. Bundan tashqari, bu usul 
ish sharoitini yaxshilash va ish joylarida havoning tozaligini 
ta'minlanganligi 
sababli 
sanitariya-gigienaitomonidan 
birmuncha 
qulayliklar tug'diradi. 
Hozirgi vaqtda radio va elektron qurilmalarining keng ko'lamda
qo'llanilishi, radiotelemetriya, radionavigatsiya va boshqa elektromagnit 
tebranishlarga asoslangan apparaturalarning keng ko'lamda qo'llanilishi,
radio apparaturalar bilan ko'pchilik ishchilarning muloqotda bo'lishiga olib 
kelmoqda. 
Shuning uchun ham hozirgi vaqtda elektromagnit tebranish 
to'lqinlaridan muhofazalanish chora-tadbiriarini amalga oshirish taqozo 
qilinmoqda. Keyingi vaqtlarda elektromagnit to'lqinlari inson organizmiga 
xatarli ta'sir ko'rsatishi.aniqlandi. Bu ta'sirning xatarli tomoni shundaki, 
insont bu nurlar ta'siriga tushganligini sezmaydi. 

Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   393




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling