Keyingi yillarda Respublikamizda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va yetishtirish bo‘yicha hamda qishloq xo‘jalik xom ashyolarini qayta ishlashga qaratilgan bir qator qonunlar qabul qilinib, amalda tadbiq etilmoqda
Saqlanadigan moyli urug‘larning tavsifi
Download 0.89 Mb.
|
Keyingi yillarda Respublikamizda qishloq xo‘jaligini rivojlantir
- Bu sahifa navigatsiya:
- Urug‘ va uning tarkibidagi moyning sifatli saqlanishiga ta‘sir etuvchi faktorlar
Saqlanadigan moyli urug‘larning tavsifi
Yog‘-moy sanoati korxonalarida xom ashyo sifatida ishlatiladigan moyli xom ashyolar mavsumiy bo‘lib, ular dalalarda yig‘ishtirilgandan so‘ng, 2-3 oy ichida korxonada keltiriladi. Korxonada bir yilda ishlatiladigan xom ashyoning 30-90 foizini 2-3 oy ichida qabul qilinadi. Bu xom ashyoni korxona yil davomida qayta ishlaydi. Moyli urug‘ tirik organizm bo‘lganligi sababli yig‘ishtirilib olingandan so‘ng ham uning tarkibidagi zaxira moddalar hisobidan nafas olish, yetilish va boshqa tabiiy jarayonlar sodir bo‘ladi. Moyni qayta ishlovchi va moyli xom ashyolar tayyorlovchi korxonalarga: -sifati turli-tuman bo‘lgan urug‘lar; -daladan toza yig‘ishtirilgan iflos va nam, turli darajalarda sifati turli tuman bo‘lgan urug‘lar; -talab qilingan sifatdagi yig‘ishtirilgandan keyin yetilishdan utgan, turli ifloslik va namlikdagi urug‘lar; -standartga to‘g‘ri kelmaydigan urug‘lar; -kamchiligi bor urug‘lar olib kelinadi. Yaxshi sifatli toza yig‘ishtirilgan va yetishtirilgan urug‘lar saqlanadigan va uzoq muddatda saqlashga chidamli bo‘ladi. Kamchiligi bor, zararkunandalar bilan zararlangan va boshqa urug‘lar yaxshi sifatli urug‘lardan aloxida saqlanadi va imkoniyat bo‘lishi bilan birinchi navbatda qayta ishlanadi. Ko‘p miqdordagi urug‘ning kam xarajat qilib sifatini buzmasdan saqlashni tashkil etish uchun, urug‘ning xususiyatlari va unga ta‘sir etadigan faktorlar to‘g‘risidagi tushunchaga ega bo‘lishi zarur. Urug‘ massasi tarkibida turli o‘lchamdagi moyli urug‘, turli o‘lchamdagi mineral, organik va begona o‘simliklar urug‘i; mikrooganizmlar va zararkunandalar; urug‘lar orasida havo bo‘ladi. Bunday moddalarning urug‘ tarkibida bo‘lishi, bu urug‘ni saqlashga tayyorlashda e‘tiborga olinishi talab etiladi. Urug‘ va uning tarkibidagi moyning sifatli saqlanishiga ta‘sir etuvchi faktorlar: -urug‘ massasining va uning aloxida qismlarining namligi; -urug‘ va uning atrofidagi harorat; -urug‘lar orasidagi va atrofdagi havo tarkibidagi gazlar tarkibi; -urug‘ massasining va uning aloxida qismlarining pishib yetilganligi; -namlikning tekis taksimlanishi va urug‘ massasining bir xilligi; -begona va moyli aralashmalar; -mikrofloralar bilan zararlanganligi va ularning xayot faoliyati; -urug‘ massasi tarkibida zararkunanda xasharotlarning borligi; -urug‘ni yig‘ishtirish va undan keyingi ishlov berish shart-sharoiti, ob-havo va boshqalar. Urug‘ massasining va uning aloxida qismlarining namligining yuqori bo‘lishi, uning saqlanishiga ta‘sir etadigan asosiy faktorlardan biridir. O‘simlik tanasi to‘liq pishib yetilgan urug‘ning namligi past va uning nafas olishi sekin bo‘ladi. Bunday urug‘lar tarkibidagi boshqa komponentlarning hayot faoliyati ham sekin boradi. Urug‘ning tarkibida namlik oshib ketsa uning nafas olishi tezlashadi, urug‘da biologik jarayonlar aktivlashadi va urug‘ tuqimalariga erkin suv hosil bo‘lib u kimyoviy reaktsiyalarda ishtirok etib zaxira moddalar ya‘ni moylarni sarflanishiga olib keladi. Urug‘da erkin suv hosil bo‘ladigandagi namlik kritik namlik deb aytiladi. Kritik namlikni qiymati urug‘ning kimyoviy tarkibiga bog‘liq bo‘lib, urug‘ning moyliligi qancha oshsa uning kritik namligi ham past bo‘ladi. Tekshirishlardan ma‘lum bo‘lishicha, urug‘larning kritik namligi 14,5 foizgacha bo‘ladi. Urug‘ namligining kritik namligidan yuqori bo‘lishi unda nafas olish jarayonining jadallashishi natijasida urug‘ massasida namlik va issiqlikning hosil bo‘lishiga, buning natijasida urug‘da xayot faoliyatining aktivlashishiga va zararkunanda va mikrofloralarning rivojlanishiga olib kelib, urug‘ massasining mog‘orlashishiga, qizishiga va chirishiga olib keladi. O‘z-o‘zidan qizish urug‘ning sifat ko‘rsatkichlarini rangi, xidi, massasini, texnologik, oziqali xususiyatlari pasayishiga, moyning kislota sonining oshishiga va uning deffektli bo‘lishiga olib keladi. Deffektli urug‘ni qayta ishlash juda qiyin bo‘lib, bunda moyning yo‘qolishi ko‘payadi. Bunday urug‘dan olingan moy faqat texnik maqsadlarda ishlatiladi. Olingan shluxa va kunjaraning oziqaligi past bo‘lib, ayrim hollarda ular zaxarli bo‘lib, chorva mollari oziqalikga yaramaydi. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling