Keyingi yillarda Respublikamizda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va yetishtirish bo‘yicha hamda qishloq xo‘jalik xom ashyolarini qayta ishlashga qaratilgan bir qator qonunlar qabul qilinib, amalda tadbiq etilmoqda


Moyli xom ashyoni saqlashda ro‘y beradigan jarayonlar


Download 0.89 Mb.
bet42/110
Sana04.11.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1746269
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   110
Bog'liq
Keyingi yillarda Respublikamizda qishloq xo‘jaligini rivojlantir

Moyli xom ashyoni saqlashda ro‘y beradigan jarayonlar
Moyli xom ashyolar dalalardan yig‘ishtirib olingandan so‘ng, uning tarkibidagi moy moddasi to‘liq shakllanishi uchun u ma‘lum muddatda saqlanadi. Xom ashyodan moyni shakllanishi uchun ma‘lum bir sharoit yaratiladi. Xom ashyoda moyning shakllanishi moyli urug‘ning pishib yetilganligiga bog‘liq. Agar moyli urug‘ sifatli pishib yetilgan bo‘lsa unda moyning shakllanishi tez bo‘ladi. Agar moyli urug‘ ob -havoning noqulay kelishi (sovuq urishi, namgarchilikni ko‘p bo‘lishi va boshqa) natijasida to‘liq pishib yetilmagan bo‘lsa, bunday urug‘larda moyning shakllanishi uchun ma‘lum bir sharoit yaratiladi. Mana shu moyli urug‘ida moyning shakllanishi vaqtida sharoitning turlicha bo‘lishi, moyli urug‘da turli buzilish jarayonlarni ro‘y berishga olib keladi. Bu buzilish jarayonlari quyidagilar:
Moyli xom ashyo tarkibidagi fermentlarning natijasida ro‘y beradigan buzilish jaryonlar, bunda urug‘ tarkibidagi organik moddalar parchalaniladi (nafas olish, yog‘larning parchalanishi);
Tashqi muhitdan kirgan tirik mikroorganizmlar (bakteriyalar, mog‘or zamburug‘lar), zararkunanda, xasharotlarning xayot faoliyati natijasida ro‘y beradigan buzilish;
Kimyoviy reaktsiyalar natijasida ro‘y beradigan buzilish. Bu buzilish jarayoni birinchi va ikkinchi bandlarda ko‘rsatilgan buzilish jarayonlarining jadal ketishi natijasida urug‘da o‘z-o‘zidan qizishi natijasida haroratni kutarilishi sababli ro‘y beradigan buzilish.
Moyli urug‘larni xususiyatlari va ularning saqlash sharoitiga qarab uchala buzilish jaraeni bir vaqtda va aloxida–aloxida ro‘y berishi mumkin.
Namlikning ta‘siri. Moyli xom ashyodan moy shakllanib bo‘lganidan so‘ng u quruq bo‘lsa, unda tinim davri boshlanadi, yetarli shart-sharoit bo‘lganda tinim xujayralarda erkin suv hosil bo‘lib, unda nafas olishi jadallashgan vaqtdagi urug‘ning namligiga aytiladi. Bu namlik kungaboqar urug‘ida 9 % , paxta chigitida 12 , 0 % , soya urug‘ida 12 , 5 % ni tashkil etadi.
Kritik namlikni miqdori urug‘ni kimyoviy tarkibida bog‘liq. Urug‘ tarkibida moy miqdori qancha ko‘p bo‘lsa, urug‘ shuncha kam suvni uziga saqlaydi va uning kritik namlikning shuncha kichik bo‘ladi.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling