Nazorat savollari:
1.Moyli xom ashyoni qabul qilishni tashkil etish.
2.Bir xil partiyadagi xom ashyoni shakllantirish.
3.Moyli xom ayoni qayta ishlashga qabul qilish.
4.Moyli xom ashyolarni namligi, tarkibidagi aralashmalar bo‘yicha sifat ko‘rsatkichlari.
5. Texnik chigit navlari.
6. Xom ashyoni saqlash xo‘jaliklarining asosiy vazifalari.
7.Toza yig‘ishtirilgan moyli xom ashyoni uziga xos xususiyatlari.
8.Saqlanadigan moyli urug‘larning tavsifi
9-MAVZU: MOYLI EKINLARNI DASTLABKI ISHLASH, MAYDALASH VA TARKIBIY QISMLARGA AJRATISH
REJA:
9.1. Moyli urug‘lar tarkibidagi aralashmalar turlari.
9.1.1.Aralashmalar turlari.
9.1.2.Aralash moddalarning ishlab chiqarishga va moy sifatiga ta‘siri.
9.2. Moyli urug‘larni tarkibidagi aralash moddalarni tozalash usullari.
9.2.1.Moyli urug‘larni aralash moddalardan tozalash usullari.
9.2.2.Moyli urug‘larni aralash moddalardan tozalash uskunalari.
9.2.3. Paxta chigitini aralash moddalardan tozalash.
9.3. Moyli xom ashyoni moy olishga tayyorlash.
9.3.1. Moyli urug‘larni maydalash.
9.3.2. Mag‘izni qobiqdan ajratish
9.3.4. Paxta chigitini mag‘izini qobig‘idan ajratish
9.3.5. Elektroseparasiya.
Adabiyotlar:1,2,3,4,5
Tayanch iboralar: aralash moddalar, moyli aralashmalar, organiq aralashmalar, mineral aralashmalar, elanma, qoldiq, aerodinamik xususiyat, qobig‘, mag‘iz, hujayra, qobig‘ni ajratish, rushanka, semenoveyka.
Moyli urug‘lar tarkibidagi aralashmalar turlari
Aralashmalar turlari. Yog‘li aralashmalar singan, ezilgan, po‘chog‘i chaqilgan, mag‘zi ezilgan urug‘lardan iborat, ular chigit va boshqa urug‘larni saqlashda katta zarar yetkazadi, havodagi namlik va kislorod ta‘sirida buzilib, yog‘ kislotalar, ketonlar va boshqa har xil uchuvchan moddalarga parchalanadi va buzila boshlaydi. Natijada yog‘ning sifati buziladi.
Organik aralashmalarga g‘o‘za po‘chog‘i, barglari, qog‘oz, paxta tolalari va xas-xashaklar kiradi. Bunday aralashmalar urug‘ini tez qizdirib yuboradi va olinadigan yog‘ning sifatini buzadi, yog‘ olishda mashinalarning ayrim joylariga tiqilib qoladi, avariyaga olib kelishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |