Moyli urug‘larni aralash moddalardan tozalash uskunalari. Ishlab chiqarishda urug‘larni tozalashda yuqoridagi usullarni umumlashgan holda qo‘llaydigan qurilmalar ishlatiladi.
Moyli xom ashyog‘a aralashgan begona aralashmalar o‘lchami va shakli bo‘yicha bo‘laklarga ajratiladi, bunda ikkita fraktsiya hosil bo‘ladi, birinchi fraktsiya yollanma deyilib bunda o‘lchami moyli urug‘dan kichik bo‘lgan aralashmalar g‘alvir teshiklaridan o‘tadi, ikkinchi fraktsiya qoldiq deyilib moyli urug‘ va o‘lchami g‘alvir teshiklaridan katta bo‘lgan moddalar g‘alvir ustiga qoladi. Bu usulda o‘lchami moyli urug‘ bilan bir xil bo‘lgan moddalarni ajratib bo‘lmaydi, shuning uchun bu usul birlamchi tozalashga qo‘llaniladi.
O‘lchami va shakli moyli urug‘ bilan bir xil, lekin solishtirma ogirligi turlicha bo‘lgan aralash moddalar havo oqim yordamida ajratiladi. Havo oqim urug‘lar massasiga ta‘sir qilganda ular qarshilik ko‘rsatadi, lekin har qaysi fraktsiya urug‘ning qarshilik ko‘rsatishi ham har xil bo‘ladi. Bulardan tashqari, har qanday jismning aerodinamik xususiyatlari va buralib aylanish tezligi ham har xildir. Jismning buralib aylanish tezligi shunday tezki, unda jism muallaq holatda bo‘ladi. Buralib aylanish juda ko‘p faktorlarga: jismning absolyut og‘irligiga, solishtirma og‘irligiga, shakliga, sathning xarakteriga, katta-kichikligiga va boshqalarga bog‘liq bo‘ladi. Misol uchun, paxta chigitining buralib aylanish tezligi uning namligiga, tukining ko‘p-ozligiga bog‘liq.
Moyli urug‘lar tarkibidagi begona aralash moddalarning o‘lchami, shakli va aerodinamik xususiyatlarni hisobga olib ishlaydigan qurilmalar separator- saralagichlar deyiladi. Hozirgi vaqtida kungaboqar urug‘ni, soya urug‘ni ajratishda ZSM-100, KDP-100, ZSP-10U, ZS-5 tipdagi separator-saralagichlar ishlatilmoqda.
Paxta chigitini aralash moddalardan tozalash. Paxta chigitini sirtida momiqlari bo‘lganligi sababli uni begona aralashmalardan tozalash boshqa moyli urug‘lardan farq qiladi.
Chigit tarkibidagi aralash begona moddalar o‘lchami bo‘yicha birlamchi bosqichda elaklardan ajratiladi. MXO va burat tipidagi bunday qurilmalar 32-rasmda ko‘rsatilgan. O‘lchami chigit bilan bir xil bo‘lgan aralash moddalar havo oqim yordamida ishlaydigan ChSP, MO, USM va UOXS qurilmalarida tozalaniladi, bunday qurilmalar 33-rasmda ko‘rsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |