Keyingi yillarda Respublikamizda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va yetishtirish bo‘yicha hamda qishloq xo‘jalik xom ashyolarini qayta ishlashga qaratilgan bir qator qonunlar qabul qilinib, amalda tadbiq etilmoqda


Download 0.89 Mb.
bet5/110
Sana04.11.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1746269
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   110
Bog'liq
Keyingi yillarda Respublikamizda qishloq xo‘jaligini rivojlantir

Sholg‘om. (Brassica campestris L), butguldoshlarga kiradi, tupbargi kichik, barglari er bag‘irlab o‘sadi, patsimon (ba‘zi navlari butun), ildiz mevasi yapaloq yoki dumaloq-yapaloq shaklda, rangi oq, sariq, qizil yoki binafsha tusda, eti sariq yoki oq bo‘ladi.
Markaziy Osiyoda shakli yapaloq, po‘sti, eti oq Namangan sholg‘omi, shuningdek unga yaqinroq bo‘lgan Samarqand qizil sholg‘omi ekiladi. Qozog‘istonda o‘rtacha ertapishar petrovskiy sholg‘omi keng tarqalgan. Bu nav sholg‘omi ildiz mevasi yassi, sariq, serhosil, uzoq saqlanish hamda mazasi yaxshiligi bilan ajralib turadi.
Petrushka. (Retroselinum hordens Holim); soyabondoshlarga mansub ikki yillik o‘simlik, yemishbob bargi yoki ildiz mevasi uchun yetishtiriladi. Ildizli petrushkaning ildizi yo‘g‘onlashib, konussimon ildiz meva hosil qiladi. Bargli petrushkaning ildizi yo‘g‘onlashmaydi, ovqatga faqat bargi ishlatiladi. Bargida 240 mg% gacha vitamin C bo‘ladi.
Urug‘idan ekilgan petrushka birinchi yili patsimon to‘pbarg, chetlari tishli barg hamda ildiz meva hosil qiladi. Petrushka ekilgandan keyin 120-150 kunda etiladi, ildizlari erda qishlaydi yoki sabzavot omborlarida saqlanib, bahorda dalaga o‘tkaziladi.
Selderey. (Apium graveolens L), soyabonguldoshlar oilasiga kiradi. Uning uchta tur xili; ildizi, barg bandi va bargi uchun etishtiriladigan xillari bor. Ildiz uchun yetishtiriladigan selderey xayotining birinchi yilida isteg‘molga yaroqli, dumaloq ildiz meva va to‘pbarg hosil qiladi. Barg bandi uchun ekiladigan seldereyning yo‘g‘onroq barg bandi ovqatga ishlatiladi. Bargi uchun etishtiriladigan yoki yulma selderey yemishbob barra barglar hosil qiladi.
MDX davlatlarida asosan, ildizi uchun ekiladigan selderey etishtiriladi. O‘suv davri uzunligi bilan (150-200 kun) harakterlidir.
Ildiz mevali ekinlarni parvarishlash. Yer tanlash. Ildiz mevali ekinlar organik moddalarga boy, o‘tloq tuproqli hamda o‘g‘itlangan qumoq yoki yengil soz bo‘z tuproqli yerlarda yaxshi o‘sadi. Botqoq va sho‘r yerlarni ko‘pchilik ildiz meva o‘simliklar unchalik yoqtirmaydi. Lekin lavlagi og‘ir soz tuproqli yerlarda boshqa ekinlarga qaraganda yaxshiroq o‘sadi. Lavlagi bir oz sho‘rlangan yerlarga ekib ham durustgina hosil olsa bo‘ladi.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling