Keyingi yillarda Respublikamizda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va yetishtirish bo‘yicha hamda qishloq xo‘jalik xom ashyolarini qayta ishlashga qaratilgan bir qator qonunlar qabul qilinib, amalda tadbiq etilmoqda


Download 0.89 Mb.
bet8/110
Sana04.11.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1746269
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   110
Bog'liq
Keyingi yillarda Respublikamizda qishloq xo‘jaligini rivojlantir

Sug‘orish. Ildiz mevalar ayniqsa sabzi va lavlagi ildiz mevalarining baquvvatligi, erga chuqur kirishi hamda suv bug‘lantiruvchi bargi satxining kichikligi bilan boshqalardan farq qiladi. Shuning uchun ular tuproqning pastki qavatlaridagi namdan yaxshi baxra oladi hamda unga nisbatan tejamlab sarflaydi. Ildiz mevalarning suvga talabchan emasligining sababi ham shu. Lekin O‘rta Osiyo sharoitida ildiz mevalarni sug‘orib turish shart, chunki ular suvga qonmasa, hosildorligi keskin kamayadi, oziq-ovqatlik sifati pasayadi.
Ildiz mevalar yetishtirishda yerning optimal namligi dala suv sig‘imiga nisbatan 60-70% bo‘lishi lozim. Lekin ildiz mevalar xayotining turli davrlarida suvni turlicha miqdorda talab qiladi. Urug‘ bo‘rtayotgan va unayotgan davrda o‘simlik zo‘r berib barg chiqarish va ildiz meva hosil qilish davrida tuproq sernam bo‘lishi kerak. Yetilayotgan paytda ekinning suvga talabi kamayadi. Bu vaqtda tuproqni nam bo‘lishi xatto zararlidir, chunki bu ko‘pchilik hollarda ildizmevalarning yorilib va saqlanish xususiyatining pasayib ketishiga sabab bo‘ladi.
Sizot suvlari chuqur joylashgan, bo‘z tuproq erlarda erta bahorda ekilgan ildiz mevalar yoppasiga unib chiqqandan keyin, odatda, aprel oyining ikkinchi yarmidan boshlab sug‘oriladi va 12-15 kunda bir marta takrorlanib turiladi. Ildiz mevalarning hosil bo‘lishi tezlashgan joyda may oyining o‘rtalaridan boshlab, ekinlar har 7-10 kunda sug‘oriladi.
Yozda ekilgan o‘simlik maysalari yoppasiga ko‘ringunga qadar tez-tez har 3-4 kunda bir marta urug‘ suvi berib turiladi. Maysalar tekis unganidan keyin sug‘orishlar orasi 8-10 kun, hosil etishi davrida esa 12-15 kungacha uzaytiriladi. Kechki ildiz mevalar hosilni yig‘ib-terishga 2-3 hafta qolganda sug‘orish to‘xtatiladi.
Umuman ildiz meva ekinlarni mavsumda necha marta sug‘orish, mavsumiy va har galgi sug‘orish meg‘yorlari doimiy emas, ular ekin turiga, naviga, tuproq-iqlim sharoitiga qarab o‘zgarib turadi.
O‘zbekistonda ekinlarni ekish muddati va sizot suvlarining joylanish chuqurligiga qarab ildiz mevalarni sug‘orish meg‘yori qo‘yidagicha tavsiya etiladi:
- ildiz mevalarni ekin turiga hamda tuproq sharoitiga qarab 500–600 dan 800-900 m3 gacha belgilanadi. Sabzi eng kam (500-600 m3) meg‘yor bilan sug‘oriladi, chunki u tuproq orasida havo aylanib turishini ko‘proq talab etadi. Qolgan ildiz mevalar, ayniqsa, lavlagini katta meg‘yor bilan sug‘orish mumkin.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling