Keyingi yillarda Respublikamizda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va yetishtirish bo‘yicha hamda qishloq xo‘jalik xom ashyolarini qayta ishlashga qaratilgan bir qator qonunlar qabul qilinib, amalda tadbiq etilmoqda


Download 0.89 Mb.
bet100/110
Sana04.11.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1746269
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   110
Bog'liq
Keyingi yillarda Respublikamizda qishloq xo‘jaligini rivojlantir

Tamaki bargini quritish
Tamaki bargini quritish tamakichilikda eng masg‘uliyatli ishlardan hisoblanadi. Chunkn quritish jarayonida mahsulotning sifat belgilari shakllanadi.
Quritish jarayonida bargda faqat suvning yo‘qotilishi emas, balki murakkab fiziologik va bioximik o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Natijada xom ashyo foydalanish uchun yaroqli holatga keladi.
Tamaki bargini quritish davri ikki bosqichdan iborat: birinchi bosqich bargni so‘litish, ikkinchisi esa bargni fiksatsiya qilish yoki quritishdir.
Barglarni so‘litish bosqichi. Bargni so‘litish unga sifat beruvchi asosiy tadbir hisoblanadi. Barglar poyadan uzilgandan keyin uning to‘qimalarida ma‘lum vaqtgacha hayotiy jarayonlar davom etadi va bu jarayonlarning davom etishi uchun o‘simlikning o‘sishi va pishish davrida barglarda to‘plangan organik moddalarning ma‘lum qismi sarflanadi.
So‘litishda bargning ximiyaviy tarkibi ancha o‘zgaradi, lekin bunda hayotiy jarayonlarning davom etishi uchun sarf bo‘lgan organik moddalarning o‘rni to‘ldirilmaydi. Bu esa so‘litish jarayonida barg tarkibidagi quruq moddaning 10-16% gacha yo‘qolishiga olib keladi. Quruq moddaning sarflanishi quritish jarayonida ham davom etadi.
Tamakini so‘litmasdan quritish yoki so‘litish jarayonida biroz uzilish bo‘lsa bargdagi fiziologik va bioximiyaviy jarayonlar birdan to‘xtab qolib, natijada xom ashyoning sifati pasayishiga olib keladigan murakkab ximiyaviy birikmalar (oqsil, kraxmal, xlorofill va boshqalar) ning bargda ko‘p miqdorda saqlanib qolishiga sabab bo‘ladi.
So‘litish jarayonida harorat 45°С dan oshib ketsa barg to‘qimalari erta nobud bo‘ladi, shu bilan birga barg ko‘plab suv yo‘qotadi va to‘qimalardagi hayotiy jarayonlar to‘xtab qoladi. Barg so‘litiladigan joyda havo harorati 25-30°С, nisbiy namligi 80-85% hamda havo oqimining tezligi 0,3 m/sek. bo‘lishi eng qulay hisoblanadi.
Bargni qancha vaqt so‘litish uning yetilish darajasiga bog‘liq. Agar barg xomroq terilgan bo‘lsa 1,5 sutka, texnik jihatdan yetilgan davrida uzilgan barglar esa bir sutka so‘litiladi.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling