Keyingi yillarda Respublikamizda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va yetishtirish bo‘yicha hamda qishloq xo‘jalik xom ashyolarini qayta ishlashga qaratilgan bir qator qonunlar qabul qilinib, amalda tadbiq etilmoqda


Tamaki xom ashyosining texnologik xususiyatlari


Download 0.89 Mb.
bet97/110
Sana04.11.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1746269
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   110
Bog'liq
Keyingi yillarda Respublikamizda qishloq xo‘jaligini rivojlantir

Tamaki xom ashyosining texnologik xususiyatlari. Tamaki xom ashyosining tipi va sifati asosan uning tovar, texnologik, ximiyaviy va chekuvchanlik belgilariga qarab baholanadi. Xom ashyoning bu belgilari bir-biri bilan chambarchas, bog‘liq, ularning yig‘indisi tamakining chekuvchanlik qimmatini aniqlaydi.
Tamaki xom ashyosining tovar belgilari fermentatsiyalanmagan va fermentatsiyalangan tamaki uchun davlat standartida alohida ko‘rsatiladi. Davlat standartida xom ashyoning asosan tashqi belgilari, ya‘ni uning rangi, to‘qimalarining zichligi, elastikligi hamda pishiqligi va boshqa belgilari hisobga olinadi.
Barglar och sariq, tillarang, sariq, sarg‘ish, to‘q sariq va jigarrangning turli xil tuslarida bo‘lishi mumkin.
Tamakining och rangda bo‘lishi, uning yuqori sifatli, achchiq bo‘lmasligini ko‘rsatadi. To‘q rangdagi tamaki xom ashyosi, odatda, achchiqroq bo‘ladi. Xom ashyoning to‘q yashil rangda bo‘lishi uning sifati pastligini bildiradi. Shuning uchun ham bargning to‘q yashil rangi xom ashyoni davlat standarti bo‘yicha tovar sortlarga ajratishda asosiy ko‘rsatkich qilib olingan.
To‘qima massasini uning hajmiga bo‘lgan nisbati bargning zichligi deyiladi va g/sm3 bilan o‘lchanadi. Bargning zichligi deganda, odatda uning yumshoq joyini barmoqlar bilan ezgandagi qarshiligi tushuniladi. Barglar o‘ta zich, o‘rtacha zich hamda g‘ovak bo‘ladi. To‘qimalari zich bo‘lgan tamaki barglari deyarli zich bo‘lmagan bargga qaraganda pishiq va xushbo‘y bo‘ladi. Bargning elastiklik xususiyati, asosan, uning yirtilmasdan cho‘ziluvchanligi va egiluvchanligi bilan aniqlanadi. Odatda yuqori sifatli barglarning elastiklik xususiyati yuqori bo‘ladi. Barglar elastikligiga ko‘ra cho‘zilib yirtilmaydigan, cho‘zilib yirtiladigan va oson yirtiladigan bo‘ladi. To‘qimasi qalin bo‘lgan hamda oson yirtiladigan barglarning sifati odatda past bo‘ladi. Barglarning smolalik yoki yopishqoqlik xossasi yuqori sifatli xushbo‘y tamakiga xos belgidir.
Tamakining texnologik belgilariga barg va uning asosiy tomirining katta-kichikligi, materialbopligi hamda hajm og‘irligi, ya‘ni to‘ldirish xususiyati kiradi.
Tamaki barglari katta-kichikligiga qarab, mayda bargli (uzunligi 20 sm gacha), o‘rtacha bargli (20-30 sm) va yirik bargli (30 sm dan ortiq) bo‘ladi. Barglar asosiy tomirining etli qismiga qarab ingichka tomirli (bunda asosiy tomir barg massasining 18% ini tashkil qiladi), o‘rta tomirli (18 dan 24% gacha) va yo‘g‘on tomirli (24% dan oshiq) bo‘ladi.
Barg tomirining og‘irligiga bo‘lgan nisbati xom ashyoning texnologik qimmatini aniqlashda katta ahamiyatga ega. Barg to‘qimalarining hajm birligidagi og‘irligi uning hajmi og‘irligi deyiladi. Zichligi katta bo‘lgan tamakining hajm og‘irligi 0,66 g/sm3 va undan yuqori bo‘lishi, zichligi o‘rtacha bo‘lgani 0,65 dan 0,48 g/sm3, zichligi kichik bo‘lgan barg esa 0,47 g/sm3 va undan kam hajm og‘irligida bo‘ladi.
Barglarining organik moddalar bilan to‘liqligi uning materialbopligini belgilaydi. U asosan bargning yuza birligidagi massasi (1 m2 barg yuzasining grammlarda hisoblangan massasi) sifatida aniqlanadi. Turli tip va tovar sortlarida tamaki barglarning materialbopligi 38 dan 86 g/m2 gacha bo‘lishi mumkin.



Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling