Keyingi yillarda Respublikamizda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va yetishtirish bo‘yicha hamda qishloq xo‘jalik xom ashyolarini qayta ishlashga qaratilgan bir qator qonunlar qabul qilinib, amalda tadbiq etilmoqda


Download 0.89 Mb.
bet93/110
Sana04.11.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1746269
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   110
Bog'liq
Keyingi yillarda Respublikamizda qishloq xo‘jaligini rivojlantir

Nazorat savollari:

  1. Regeneratsiya va reko‘peratsiya to‘g‘risida tushuncha.

  2. Shrot tarkibidagi erituvchini buglatishda xosil bo‘lgan, bug‘ benzin aralashmasini tozalash.

  3. Suv va erituvchi bug‘larini kondensatsiyalash.

  4. Havo tarkibidagi erituvchi bug‘larini ajratish.

  5. Suyuqlik aralashmasidan suv va erituvchini ajratish.

  6. Ekstraktsiya usulida moy olishda erituvchini yuqolishi.

  7. Xul shrot ushlagichda boradigan jarayonni tushuntiring.

  8. Shlam bug‘latgichda boradigan jarayonni tushuntiring.

  9. ND-1250 ekstraktsiyalash linyasidagi rekuperatsiya jarayonini texnologik sxemasini tushuntiring.



14-MAVZU: TAMAKI BARGINI YIG‘ISH VA QURITISH
REJA:

  1. Tamaki haqida umumiy ma‘lumot

  2. Tamaki bargining ximiyaviy tarkibi va uning texnologik xususiyatlari

  3. Tamaki xom ashyosining texnologik xususiyatlari

  4. Tamaki barglarining yetilishi va uni yig‘ish

  5. Tamaki bargini terish va uni quritishga tayyorlash.

  6. Tamaki bargini quritish



Adabiyotlar: 4, 5, 6.
Tayanch so‘zlar: ituzumdoshlar oilasi; quruq moda; nikotin.; shmuk soni; ostrolist-2747, yubileyniy-8, ostrolist-450;
.
Tamaki ituzumdoshlar oilasiga mansub bo‘lib, sistematik jihatdan kartoshka, qalampir, pomidor kabi madaniy o‘simliklarga yaqin turadi. Tamaki avlodiga mansub o‘simliklardan faqat ikkitasi tamaki va maxorka madaniy turlar bo‘lib, chekish materiallari tayyorlash uchun xosh ashyo sifatida foydalaniladi.
Tamaki o‘simligi asosan chekish materiallari — sigaret, papiros va sigara olish maqsadida o‘stiriladi. Uning ayrim turlaridan ba‘zi xalqlarda hidlash, chaynash va so‘rish mahsulotlari tayyorlashda foydalaniladi.
Tamaki tarkibidagi narkotik modda nikotin organizmda o‘ziga xos ta‘sir kuchiga ega bo‘lib, u hayotiy zarur modda bo‘lmasada, kishi unga tez o‘rganib qoladi.
Tamaki asosan Moldaviya, Rossiya va Ukrainaning Qora dengiz bo‘yi rayonlarida, Zakavkazye hamda O‘rta Osiyo jumhuriyatlarida ekiladi. O‘rta Osiyoda tamakichilik O‘zbekiston, Qirg‘iziston hamda Tojikistonning tog‘ va tog‘ oldi rayonlarida ixtisoslashtirilgan. O‘zbekiston va Tojikistondagi tamaki ekiladigan maydonlarning deyarli hammasi Zarafshon vodiysida joylashgan.
O‘rta Osiyo jumhuriyatlari mamlakatda xushbo‘y tamaki xom ashyosi yetishtiruvchi asosiy zona hisoblanadi. Mazkur zonada yiliga o‘rta hisobda 75-80% ming tonna atrofida xushbo‘y tamaki xom ashyosi yetishtiriladi.
O‘zbekistonda yetishtiriladigan tamakining asosiy qismi (97-98%) Samarqand viloyatining Urgut rayoni xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz, Kitob ka Yakkabog‘ rayonidagi bir qator xo‘jaliklar ham tamaki yetishtirish bilan shug‘ullanadilar. O‘zbekistonda sanoat miqyosida tamaki ekish 1927 yildan boshlangan bo‘lib, so‘nggi 20 yil davomida bu soha jadal surg‘atlar bilan rivojlandi va mahsulot sifati ancha yaxshilandi.



Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling