Keyingi yillarda Respublikamizda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va yetishtirish bo‘yicha hamda qishloq xo‘jalik xom ashyolarini qayta ishlashga qaratilgan bir qator qonunlar qabul qilinib, amalda tadbiq etilmoqda


Tamaki bargining ximiyaviy tarkibi va uning texnologik xususiyatlari


Download 0.89 Mb.
bet94/110
Sana04.11.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1746269
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   110
Bog'liq
Keyingi yillarda Respublikamizda qishloq xo‘jaligini rivojlantir

Tamaki bargining ximiyaviy tarkibi va uning texnologik xususiyatlari
Tamakining ximiyaviy tarkibi uning botanik naviga, yetishtiradigan zonaning tuproq-iqlim sharoitiga, agrotexnikasiga va unga dastlabki ishlov berish texnologiyasiga bog‘liq.
Quruq modda. Bargning ximiyaviy tarkibi uning o‘sish va rivojlanish davrida shakllanadi. Bargda quruq moddaning to‘planishi uning pishiqligi bilan chambarchas bog‘liq. Shunday ekan, bargda quruq moddaning eng ko‘p to‘planishi uii iishib yetilganligini bildiruvchi asosiy belgilardan biri hisoblanadi.
Bargning o‘sishi va yetilishi mobaynida uning fizik xossalari ham o‘zgarib boradi. Bargning nam saqlash xususiyati undagi quruq modda miqdoriga bog‘liq. Bargning nam saqlashi, ya‘ni havodagi namlikni o‘ziga shimib olish xossasi tamakini dastlabki ishlov berish jarayonlarida va ayniqsa saqlashda hamda namlashda muhim ahamiyatga ega.
Tamakining nam saqlash xossasi bargning yetilganligiga va ximiyaviy tarkibiga bog‘liq.
Tamaki bargi tarkibidagi quruq moddannng 85-90% i organik birikmalardan, qolgan qismi esa mineral moddalardan iborat.
Uglevodlar. Tamaki bargida turli xil tuzilish va tarkibli uglevodlar bo‘lib, barg yetilgan sari ularning miqdori ortib boradi. Eruvchan (oddiy) uglevodlar va kraxmal bargning texnologik xususiyatlarini belgilashda katta ahamiyatga ega. Uglevodlar yonish jarayonida tamaki tutuni achchiqligini kamaytiradi va uni ancha yumshatadi. Lekin uglevodlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri tamaki sifatini belgilaydigan asosiy moddalardan emas.
Kraxmal tamaki bargida eng ko‘p to‘planadigan muhim polisaxaridlardan hisoblanadi. U erimaydigan uglevod bo‘lib, tamaki bargida 45% gacha bo‘ladi. Barglarining texnik pishiqlik davrida kraxmal eng ko‘p miqdorda to‘planadi. Shuning uchun ham barg uchlari sarg‘ish tusga kiradi. Quritish jarayonida kraxmal suvda eriydigan dekstrinlargacha, ular esa o‘z navbatida glyukozagacha parchalanadi. Bargni so‘litishda kraxmal butunlay parchalanadi. Barg meyorda so‘litilganda uning tarkibidagi quruq moddada 1-38 gacha dekstrin qolishi mumkin. Kraxmal va uning parchalanishidan hosil bo‘lgan dekstrinlar yonish jarayonida yoqimsiz hid chiqaradi, shuning uchun ular tamaki xom ashyosining sifatiga salbiy ta‘sir ko‘rsatuvchi moddalardan hisoblanadi.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling