Keyingi yillarda Respublikamizda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va yetishtirish bo‘yicha hamda qishloq xo‘jalik xom ashyolarini qayta ishlashga qaratilgan bir qator qonunlar qabul qilinib, amalda tadbiq etilmoqda


Tamaki bargini sortlarga ajratish va ishlov berish


Download 0.89 Mb.
bet105/110
Sana04.11.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1746269
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   110
Bog'liq
Keyingi yillarda Respublikamizda qishloq xo‘jaligini rivojlantir

Tamaki bargini sortlarga ajratish va ishlov berish
Fermentatsiyalanmagan tamaki davlat standarti bo‘yicha sortlarga ajratiladi va toylanadi.
GOST 8073-77 bo‘yicha tamaki xom ashyosi botanik navlariga ko‘ra beshta tipga bo‘linadi: I-Dyubek, Ostrokonets, II-Amerikan, III-Samsun, IV-Trapezond, Ostrolist va V-Sobolchskiy.
O‘zbekistonda rayonlashtirilgan Dyubek-2888 navi xom ashyo klassifikatsiyasiga ko‘ra 1 tipga, Amerikan 287 S navi esa IV tipga kiritiladi.
Quritilib namlantirilgan tamaki bargi GOST 8073-77 ga ko‘ra to‘rt tovar sortga ajratiladi. Tovar sortlarga ajratishda bargning pishganligi, rangi, kasallik va zararkunandalar bilan zararlanganligi, mexanik shikastlanganligi, namligi hisobga olinadi.
Toylangan tamakining namligi I, II va III tip xom ashyolari uchun (II tipning 2-quyi tipi bundan mustasno) va hamma tovar sortlarda bir xil bo‘lib 12% dan kam bo‘lmasligi, 17% dan ortmasligi talab qilinadi. Qolgan tip xom ashyolari uchun va II tipning 2-quyi tipi uchun ham namlik 18% gacha bo‘lishi mumkin.
Tamaki xom ashyosining bazis (hisoblanadigan) namligi uning nav tipiga va yetishtiriladigan zonasiga qarab 19 dan 21% gacha belgilangan. O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Qozog‘istonda yetishtiriladigan tamaki xom ashyosi uchun bazis namlik 19 foiz qilib belgilangan.
Tamakining bachki novdalaridan yig‘ib olingan barglarning tovar sorti ham xuddi asosiy poyadan yig‘ib olingan barglar kabi aniqlanadi.
Sathi 20 sm2 dan kichik bo‘lgan, diametri 5 mm li g‘alvirdan o‘tmaydigan barg bo‘lakchalari formaturaga kiritiladi.
Tamaki bargining shira biti bilan zararlanish darajasi uning yopishqoqligiga va bitlarning miqdoriga qarab aniqlanadi.
Xom ashyoning soxta un shudring bilan kasallanganligi barg yuzasida kumushsimon, och qo‘ng‘ir va ko‘kish-sariq dog‘larning bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Bargning un-shudring bilan zararlanganligi barg yuzasida oq unsimon g‘ubor borligiga qarab aniqlanadi. Kasalliklar dog‘larining mavjudligi, bargda oq, och kulrang, jigarrang va qo‘ng‘ir rangdagi halqasimon yoki burchakli dog‘lar borligiga qarab aniqlanadi.
Tamaki virusli (mozaika) kasallik bilan shikastlanganida bargning asosiy o‘zagi va yon tomirlarining atrofi rangini yo‘qotib, quriganda oynasimon tiniq rangga kiradi. Bunday barglar quruq montarli barglar deyiladi.
Tamaki bargi bag‘zan quritilgandan so‘ng ham sernam bo‘lib turadi va qayta quritish bilan ham namligini yo‘qotib bo‘lmaydi. Bu xususiyat faqat ho‘l montar bilan kasallangan barglargagina xos bo‘ladi. I, II va III tovar sortlarda bunday barglarning bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Barg yuzasidagi to‘q yashil rangdagi hol-hol dog‘lar asosan barg o‘zagi atrofida bo‘lib, bunda zararlanish darajasi nuqtasimon va shaklsiz bir-biriga qo‘shilgan dog‘lar bo‘lishiga qarab aniqlanadi.
Agar bargda bir necha xil kasallik dog‘lari bo‘lsa, standartda hammasining yig‘indisi bir kasallik bo‘yicha belgilangan ko‘rsatkichdan oshmasligi lozim.
Barg quritish jarayonida qoraysa va bargning qoraygan qismi uzilgan barglar ham noto‘g‘ri tashish va dastalamasdan ortish mo‘rt bo‘lib qolsa, bunday barg kuygan barg hisoblanadi. Yangi uzilgan barglar ham noto‘g‘ri tashish va dastalamasdan ortish natijasida eziladi. Bunday barglar qurigandan so‘ng ham qorayadi. Kuygan va ezilib qoraygan barglar faqat IV sortga qabul qilinadi. Yirtilgan va do‘l ta‘sirida teshilgan barglar mexanik shikastlangan barglar hisoblanadi. Hamma tovar sortlarga ham sovuq urgan, mog‘orlagan, chirigan va begona hidga ega bo‘lgan barglar qabul qilinavermaydi.
Shunga e‘tibor berish kerakki, sortning belgilarini aniqlashda butun toy emas, balki har bir bargning belgilari hisobga olinadi.
Tamakini sortlarga ajratish usuli turli zonalarda turlicha bo‘lib, o‘simlikning botanik naviga, toylash usuliga hamda davlat standarti talablariga bog‘liq.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling