Keyingi yillarda Respublikamizda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va yetishtirish bo‘yicha hamda qishloq xo‘jalik xom ashyolarini qayta ishlashga qaratilgan bir qator qonunlar qabul qilinib, amalda tadbiq etilmoqda


Moyli urug‘larning tuzilishi va tarkibi


Download 0.89 Mb.
bet29/110
Sana04.11.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1746269
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   110
Bog'liq
Keyingi yillarda Respublikamizda qishloq xo‘jaligini rivojlantir

Moyli urug‘larning tuzilishi va tarkibi. Ko‘pchilik o‘simliklar urug‘dan ko‘payib nasl qoldiradi. Urug‘ yangidan unishi va o‘sishi uchun o‘simlik o‘z urug‘ida potentsial energiya yig‘ishi kerak. Bunday energiyani to‘plash va to urug‘ yerga tushguncha buzmasdan saqlashning eng yaxshi yo‘li moy to‘plashdir. Tabiat juda ham ajoyib, o‘simliklar o‘z urug‘ini bir rezervuar singari tuzib, uning ichiga kelgusi avlod uchun zarur bo‘ladigan oziqni moy, oqsil, fosforli va shakarli organik birikmalar shaklida joylaydi.
Urug‘lar moyliligiga ko‘ra uch qismga: 1) sermoy urug‘lar; 2) o‘rtacha moyli urug‘lar; 3) moyi kam urug‘larga bo‘linadi.
Sermoy urug‘larga: kunjut, kanakunjut, kungaboqar, zig‘ir; o‘rnacha moylilarga: chigit, eryong‘oq va moyi kam urug‘larga soya va shunga o‘xshash o‘simliklarning urug‘i kiradi. Sermoy urug‘lar tarkibida 56-57%, o‘rtacha moylilarda 36-55% va kam moylilarda 15-35% moy bo‘ladi. Lekin barcha o‘simliklarning urug‘i tarkibida ozmi-ko‘pmi moy, albatta, bo‘ladi. Bulardan faqat urug‘i sanoat ahamiyatiga ega bo‘lganlari ekiladi.
Urug‘larda moy to‘planishi. Har qanday o‘simlik urug‘ida moy, oqsil va boshqa moddalarni to‘plash uchun etarli darajada issiqlik (quyosh nuri), suv, mineral va organik o‘g‘it talab qiladi. Vegetatsiya davri tugagach, o‘simlik barglari tomirlari orqali olgan oziqni urug‘i ichida asosan moy shaklida to‘playdi. Bu jarayon juda murakkab bo‘lib, olimlar tomonidan quyidagicha ta’riflangan: urug‘ hosil bo‘lish davrida, avvalo, barcha oziq moddalar uglevodlar (asosan shakarlar) shaklida to‘planadi, keyin esa ulardan oqsil va moy molekulalari tuzila boshlaydi.
Moy kislotalar urug‘ paydo bo‘lishining o‘rta davrida hosil bo‘ladi, keyingi davrda ulardan triglitseridlar, ya’ni moy hosil bo‘ladi. Shu sababli xom (pishmagan) urug‘dan olingan moyning kislota soni normadan ancha yuqori bo‘ladi.
Urug‘larda moy to‘planish davrida ular tarkibidagi yuqori molekulali moy kislotalarning miqdori va sifati o‘zgaradi, ular glitserin bilan reaktsiyaga kirishib, moy molekulalari hosil qiladi.
Moy kislotalar turli xil va bir-biriga o‘xshamagan uglerod birikmalaridan tuzilganligi uchun moy ham har xil sifatli bo‘ladi. Moy kislotalarning 60 dan ortiq turi ma’lum, lekin o‘simlik moylari tarkibiga faqat 6-8 xil kislota kiradi, xolos.
O‘simliklarning botanik turiga va qo‘llanilgan agrotexnika usullariga qarab urug‘lar tarkibida har xil sifatli moy kislotalar bo‘ladi. Urug‘lar pishgan vaqtda tarkibidagi moy, oqsil va boshqa organik moddalardan murakkab birikmalar hosil bo‘ladi, suv juda kamayib ketadi. Agar urug‘ pishmagan bo‘lsa, namligi yuqori bo‘ladi.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling