Keyingi yillarda Respublikamizda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va yetishtirish bo‘yicha hamda qishloq xo‘jalik xom ashyolarini qayta ishlashga qaratilgan bir qator qonunlar qabul qilinib, amalda tadbiq etilmoqda


Moyli urug‘lar hujayrasining tuzilishi


Download 0.89 Mb.
bet30/110
Sana04.11.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1746269
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   110
Bog'liq
Keyingi yillarda Respublikamizda qishloq xo‘jaligini rivojlantir

Moyli urug‘lar hujayrasining tuzilishi. Har xil o‘simliklar moyli urug‘ining hujayrasi turlicha tuzilgan bo‘ladi. Lekin bitta hujayra misolida boshqa barcha hujayralarning ham tarkibini, umumiy tuzilishini va moddalarning joylashishini tasvirlash mumkin. Hujayralar bir-biri bilan qo‘shilib, kolloid va moyli qismlardan tuzilgan yaxlit bir to‘qima hosil qiladi. Hujayraning moyli qismi to‘sqich (devor) bilan ajralib turadi. Usimliklarning navi, turiga va botanik tuzilishiga qarab gidrofil, gidrofob, oqsil va moy tarkibi ham har xil bo‘ladi. Shuning uchun mag‘izni yanchish, ezish yoki erituvchilar bilan ekstraktsiyalash usullari ham har xil texnologik sxemada olib boriladi.
Moyli urug‘larning hujayrasini ko‘p olimlar tekshirganlar, “O‘simliklar biokimyosi” kursida bu haqda to‘liq ma’lumot beriladi. Moyli urug‘lar hujayrasi ustida ishlagan olim V.A.Nassonov hujayralarning anatomik tuzilishini, yirik-maydaligini, hujayra ichidagi moddalar (aleyron donachalari, protoplazma va boshqalar)ni mikroskopda tekshirib, o‘lchab va hisoblab chiqdi. Aleyron donachalarining shakli va hajmi har xil o‘simliklar hujayrasida har xil: kungaboqarda yumaloq shaklda, chigitning hujayrasida qirrali, zig‘irda ko‘zasimon, kanakunjutda tuxumsimon, soyada burchakli, o‘tkir uchli va hokazo bo‘lar ekan.
Hujayradagi aleyron donachalarining nisbiy hajmi quyidagicha (Nassonov bo‘yicha):
Kungaboqarda 24-25 %
Chigitda 29-34 %
Zig‘irda 26 %
Kanakunjutda 18-25 %
Soyada 31-34 %
Kunjutda 21 %
Yeryong‘oqda 24 %
Aleyron donachalari tarkibida 50-75% oqsil bo‘lib, qolgan qismi fosforli, lekin oqsili bo‘lmagan boshqa moddalardan tashkil topgan, hujayraning devorlari sellyuloza va gemitsellyulozadan tuzilgan; ular juda yupqa, masalan, chigitning hujayra devorlari 0,3 va kungaboqarniki 0,5 g ga teng. Hujayra tarkibidagi moy va boshqa moddalar kompleksi eleoplazma deyiladi.
Hujayradagi moyning holati. Hujayralarda moy qanday holatda bo‘lishini aniqlash ustida ko‘pgina olimlar (Chirx, Chapsk, Lepeshkin, Polikar va boshqalar) tekshirish ishlari olib bordilar va o‘z gipotezalarini yaratdilar. Bulardan A.M.Goldovskiy hujayralarni yorug‘lik mikroskopida tekshirib o‘z nazariyasini bayon etdi. Uning nazariyasi bo‘yicha sitoplazma gel holatida bo‘lib, undagi mikrokanalchalar moy bilan to‘la bo‘ladi. Hujayralarning gel qismi bilan moy qismi juda yupqa devor bilan ajralib turadi. Shuning uchun ham mikroskopda bu har ikkala qism yaxlit bir rangda (novvot rangda) bo‘lib ko‘rinadi. Moyning ozgina qismi ultramikroskop yordamida ko‘rish mumkin bo‘lgan tomchi holida hujayralarning gel bo‘limida turishi ham mumkin.
Hozir K.E.Leontevskiy bu nazariyani rad etib, moy hujayralardagi mikrokanalchalarda emas, balki hujayra to‘qimasining ichida yumaloq tomchi shaklida joylashgan, deydi. Bundan tashqari, aleyron donachalarining ichida ham moy bor. Leontevskiyning fikricha, moy bilan hujayralar to‘qimasida joylashgan tomchi shaklidagi moyning tarkibi har xil bo‘lib, bu narsa ular sifatining har xil bo‘lishiga ham sababchi bo‘ladi. Leontevskiy kungaboqar urug‘ining tuzilishini tekshirish natijasida shunday xulosaga keladi va boshqa moyli urug‘larda ham shunday bo‘lsa kerak deydi. Keyingi yillarda olimlar elektron mikroskop yordamida hujayralarning tarkibini yanada aniq o‘rganmoqdalar.
Chigit, kungaboqar pistasi va zig‘ir urug‘i tarkibidagi moy, suv va boshqa moddalarning o‘zaro ta’siri jarayonini tekshirgan Leontevskiy eksperimental natijalarini quyidagicha ta’riflagan: “Moy suv va boshqa moddalar bilan intensiv ravishda o‘zaro bir-biriga ta’sir etadi, shuning uchun suv moyni siqib chiqara olmaydi. Moyning oqib tushishiga, Goldovskiy aytganidek, suv sababchi emas, buning asosiy sababi moysizlanuvchi (moyi olinayotgan) xom ashyoning solishtirma sathi pasayishidadir”.
V.G.SHcherbakov sermoy kungaboqar urug‘ining hujayralaridagi oqsillarni tekshirish vaqtida aniqlashicha, hujayralardagi moy donacha (granula) shaklida bo‘lib, aleyron donachalari va boshqa moddalar bilan bir qatorda hujayraning hamma bo‘sh joyini egallab turar ekan.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling