Keyingi yillarda Respublikamizda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va yetishtirish bo‘yicha hamda qishloq xo‘jalik xom ashyolarini qayta ishlashga qaratilgan bir qator qonunlar qabul qilinib, amalda tadbiq etilmoqda


Download 0.89 Mb.
bet31/110
Sana04.11.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1746269
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   110
Bog'liq
Keyingi yillarda Respublikamizda qishloq xo‘jaligini rivojlantir

Hujayradagi suvning holati. Suv asosan moyli urug‘larning gel (gidrofil) qismiga joylashgan bo‘ladi. Yo‘ suvda erimaydi, shuning uchun u gidrofob - suv itaruvchi. Kolloid sistemadagi suv ikki xil holatda: birikkan suv va erkin suv bo‘ladi.
Urug‘lar tarkibidagi hamma suv ularning gel qismida gidrat g‘ilof (parda) singari joylashgan bo‘ladi. Gel qismda suv miqdori oshgan sari kolloid qismlar orasida erkin suv paydo bo‘la boshlaydi, urug‘ning nami qancha oshsa, erkin suv shuncha ko‘payadi; bu suv urug‘ tarkibidagi oqsil moddasini parchalay boshlaydi, xom ashyo (urug‘) esa buziladi.
Moyda eriydigan moddalarning holati. Urug‘ pishayotgan davrda uning mag‘zida asosan triglitseridlar - moy, shu bilan birga fosfatidlar, sof moy kislotalar, moysimon moddalar, bo‘yoq va mineral qo‘shilmalar to‘planadi. Fosfatidlar urug‘ning gel qismida, organik-mineral moddalar esa ham gel, ham moy qismida joylashadi. Sovunlanmaydigan moddalar (sterol, sterin, tokoferol va boshqalar) mag‘izning gel qismida juda oz, moy qismida ko‘proq bo‘ladi.
Har xil gruppalarga kiradigan urug‘larning saqlanishi, buzilishi, kelgusi yili unib chiqishida, uglevodlardan moy hosil bo‘lishida yoki moyning achib kislotalarga parchalanishi jarayonida ishtirok etadigan fermentlar juda ko‘p bo‘ladi.


Moyli urug‘lar to‘g‘risida ma‘lumot.
Kungaboqar. Kungaboqar dunyoda eng ko‘p tarqalgan moyli o‘simlik bo‘lib, murakkabguldoshlar oilasiga kiradi. Kungaboqarning vatani Shimoliy Amerikaning janubiy tumanlari bo‘lib Ovrupoga XVI asrning boshlarida keltirilgan. Dastlab kungaboqar manzarali o‘simlik sifatida qo‘llanilgan. Ilk bor kungaboqar moyi 1835 yili Rossiyada ishlab chiqilgan. Yer yuzida kungaboqar 18,33 mln ga maydonga ekiladi. Rossiyada 3,13 mln ga yerga ekiladi. Kungaboqar Argentina, Kanada, Xitoy, Ispaniya, Turkiya, Ruminiya Avstraliya, Tanzaniya, Ukraina, Moldovada ekiladi. Bizda kungaboqar asosan RSFSR, Ukraina, Qozo‘iston va Moldaviyada ko‘p, Gruziya va Ozarbayjonda esa juda kam ekiladi. Kungaboqarning 264 ta navi tarqalgan.
Madaniy turi ekma va manzarali kenja turlariga bo‘linadi. Kungaboqar navlari urug‘ning kattaligiga, moyning miqdoriga va mag‘izining chiqishiga ko‘ra 3 guruhga bo‘linadi. 1). Moyli kungaboqar: pistasi mayda, uzunligi 8-14 mm, 1000 donasining vazni 35-80 g, po‘cho‘i 22-36% ni tashkil qiladi, mag‘izi tarkibida 53-63% moy bo‘ladi; 2). Chaqiladigani pistasi yirik, uzunligi 15-25 mm, 1000 donasining vazni 100-170 g, po‘cho‘ining miqdori 42-56%, mag‘izining tarkibida 20-35% moy bo‘ladi. 3). Oraliq kungaboqar yuqoridagi hamma ko‘rsatkichlari bo‘yicha o‘rtacha. Pistaning po‘cho‘ida 76% gacha uglerod bo‘lsa, mol zarar keltirmaydi.
Kungaboqar moyi, asosan oziq-ovqatda qo‘llaniladi. U oqish sariq rangli, tiniq yarim quriydigan (yod soni 119-144) urug‘ tarkibida 29-56% moy va 15% oqsil bo‘ladi. Moy tarkibida 62% gacha biologik faol menol kislotasi, vitaminlardan A, D, E, K, fosfatidlar mavjud.
Kungaboqar moyi margarin, mayonez, baliq va sabzavot konservalari, qandolat mahsulotlari ishlab chiqarishda lak-bo‘yoq, sovun tayyorlashda ishlatiladi.
Moy olingandan keyin qoladigan chiqindilari shrot va kunjara chorva mollariga yuqori sifatli oziqdir. Kunjara tarkibida 5-7% shrotda esa 1% moy, 33-35% oqsil bo‘ladi. Kunjaradan holva tayyorlanadi. Kungaboqarning savati (boshchasi) chorva mollariga ham yaxshi oziqdir.
Akademik V.S.Pustovoyt chiqargan sermoy kungaboqar urug‘ining kamchiligi ularni saqlashning qiyinligidadir. Saqlashda urug‘ining namligi past bo‘lishi kerak. Ayniqsa po‘stidagi suvni quritish kerak. Chunki uning tarkibida mag‘zidagiga qaraganda 3-4% ko‘p suv bo‘ladi. Yo‘ gidrofob modda bo‘lganligi uchun namni o‘ziga singdira olmaydi. Shuning uchun hamma suv urug‘ning gidrofil qismida saqlanadi. Ma’lumki, urug‘ qancha sermoy bo‘lsa, uning gidrofil qismi shuncha oz bo‘ladi. Shuning uchun sermoy kungaboqarni zavodga topshirishda urug‘ining namligi past bo‘lishi kerak. Ma’lumki, 10% dan ortiq nami bo‘lgan urug‘ saqlash vaqtida qizib, buziladi va kuyib ketadi.
Kungaboqar bo‘yi 2,5 metrgacha yetadigan bir yillik o‘simlik bo‘lib, guli savatga o‘xshash shaklda. Urug‘ining po‘sti, mag‘zi va uning ustini o‘ragan yupqa qobig‘i bo‘ladi.
Kungaboqar moyi asosan uning mag‘zida to‘planadi. Moy tarkibiga quyidagi moy kislotalarning radikallari: 57,5% linolen kislota; 33,4% olein kislota; 3,5% palmitin kislota; 2,9% stearin kislota; 0,7% araxin kislota va hokazolar kiradi.
Kungaboqar mag‘zi tarkibida 15-32,4% albumin; 45,7-47,9% globulin; 7,7-19,0% glutamin tipidagi oqsillar va suvda erimaydigan oqsillar uchraydi. Erimaydigan oqsillar 8-14% ni va R2O5 ga nisbatan hisoblaganda fosforli moddalar 0,95% ni tashkil qiladi. Bulardan tashqari uglevodlar, azotsiz ekstraktiv moddalar ham bor. Kungaboqar moyi ko‘knor urug‘ining moyiga o‘xshash bo‘ladi. Sifatli urug‘lardan olinadigan moy xushbo‘y hidli va ta’mi yaxshi bo‘lganligidan oziq-ovqat sanoatida va umumiy ovqatlanish joylarida ishlatiladi. Sifatsiz urug‘lardan olinadigan moy lak-bo‘yoq sanoatida ishlatiladi. Moy asosan, urug‘ning mag‘zida bo‘ladi, qobig‘ida juda oz.
Urug‘ning kimyoviy tarkibi kungaboqar ekiladigan rayonlarning tuproq-iqlim sharoitiga va qo‘llaniladigan agrotexnika usullariga bo‘liq.
Keyingi yillarda olimlarning olib borgan ilmiy tadqiqot ishlari shuni ko‘rsatdiki, sermoy kungaboqar urug‘ining po‘cho‘i nihoyatda yupqalashib ketganligi uchun ularni uzoq muddat saqlash ancha qiyinchilik tug‘diradi. Chunki bunday urug‘ tez buziladi, moyining sifati o‘zgarib, oziq-ovqatga yaramaydigan bo‘lib qolar ekan. Shuning uchun sermoy kungaboqar urug‘ini yig‘ish, tayyorlov punktlari va zavodlarga tashish va ularni sifatli qilib saqlash chora-tadbirlarini ko‘rish kerak bo‘ladi.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling