Keyingi yillarda Respublikamizda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va yetishtirish bo‘yicha hamda qishloq xo‘jalik xom ashyolarini qayta ishlashga qaratilgan bir qator qonunlar qabul qilinib, amalda tadbiq etilmoqda


Yeryong‘oq. Yeryongoq (xitoy yong‘o‘i) qimmatli moyli va oziq-


Download 0.89 Mb.
bet33/110
Sana04.11.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1746269
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   110
Bog'liq
Keyingi yillarda Respublikamizda qishloq xo‘jaligini rivojlantir

Yeryong‘oq. Yeryongoq (xitoy yong‘o‘i) qimmatli moyli va oziq-ovqat o‘simligidir. Urug‘ tarkibida 45-66% qurimaydigan va iste’mol qilinadigan moy bo‘ladi, bu yuqori sifatli konservalar, qandolat mahsulotlari, margarin tayyorlash uchun ishlatiladi. Uning tarkibida 23-38% oqsil va vitaminlar mavjud. Urug‘i qon hosil qilish xususiyatiga ega. Kunjarasi tarkibida 45% gacha oqsil bo‘lib, u mollarga beriladi, quruq poyasi va bargining tarkibida 11-19% oqsil bo‘ladi, sifati bo‘yicha beda pichaniga yaqinlashadi.
Yeryong‘oq azot yig‘uvchi o‘simlik bo‘lib, ildizda ko‘plab tuganaklar hosil bo‘ladi va dala ekinlari uchun yaxshi o‘tmishdosh bo‘ladi.
Vatani Janubiy Amerika. Evropada XVI asrdan ma’lum. Yer yuzida 21,78 mln ga ekiladi. Asosan, Hindiston, Xitoy, Yaponiya, Koreya, Markaziy va Shimoliy Afrika, AQSH Markaziy Osiyo davlatlari, Ukraina, Moldova, Ozarbayjon, Gruziya va Rossiyada ekiladi. O‘zbekistonda 1998 yili 5,16 ming gektar yerga ekilgan, o‘rtacha 14,5 ts/ga hosil olingan, 2-3 t/ga cha hosil etishtirish mumkin.
Yeryong‘oq dukkakdoshlar oilasiga kiradigan bir yillik o‘simlik. Uning tanasi o‘rtacha balandlikda (60 sm), sershox bo‘lib, ikki turi: yerga yotib o‘suvchi va buta shaklida o‘suvchi turi bor. Bir tup o‘simlikda mingdan ortiq meva (yong‘oq) bo‘lishi mumkin. Vegetatsiya davri 120-150 kun davom etadi. Gullash va pishish davri ancha cho‘ziladi, shuning uchun ham hosili bir vaqtda pishib yetilmaydi. Yong‘o‘i pishgan-pishmaganligini bilish qiyin, chunki uning guli changlanib bo‘lgach, shonasi yer tagiga kirib ketadi va mevasi o‘sha erda pishadi. Shuning uchun ham u yeryong‘oq deb ataladi.
Yeryong‘oq mevasining shakli va hajmi har xil: yirik-mayda, uzunchoq, ikki-uch bo‘g‘imli va hokazo bo‘ladi. Mag‘zi qizil rangli yupqa po‘stga o‘ralgan bo‘lib, qattiq po‘choq ichida joylashgan. Urug‘ning 20-35% po‘choq va 65-80% mag‘izdan iborat. Mag‘izning moyliligi 53% gacha. etadi. Naviga qarab tarkibida 35-60% gacha moy, 20-40% gacha oqsil moddasi bo‘ladi. Oqsili 17% gacha albumin, 17,5% globulin va 16% gacha glutamindan tashkil topgan. Shuning uchuk yeryong‘oq kunjarasi konditer mahsulotlari tayyorlashda ishlagiladi. Moyi zaytun moyiga o‘xshash sifatli bo‘lib, 11-12% palmitin, 2-6% stearin, 5-7% araxin, 60-70% olein va 14-27% linolen kislotalardan tashkil topgan.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling