Keyingi yillarda Respublikamizda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va yetishtirish bo‘yicha hamda qishloq xo‘jalik xom ashyolarini qayta ishlashga qaratilgan bir qator qonunlar qabul qilinib, amalda tadbiq etilmoqda


Download 0.89 Mb.
bet35/110
Sana04.11.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1746269
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   110
Bog'liq
Keyingi yillarda Respublikamizda qishloq xo‘jaligini rivojlantir

Indov (Raps). Indov (Raps) kuzgi va bahori o‘simlikdir. Barglari ko‘kimtir rangda bo‘lib, tanasi tik va shoxlanib o‘sadi. Urug‘i mayda, yumaloq, qoramtir bo‘lib, uzungina (5-10 sm) qo‘zoq ichida joylashgan. 1000 dona urug‘ining vazni 2-3 g keladi. Indov, asosan, Ukrainada ekiladi. Urug‘ining moyliligi 38,2% dan 45,5% gacha etadi (naviga qarab) moyi tez quriydi, shuning uchun lak-bo‘yoq sanoatida ishlatiladi.
Gorchitsa. Gorchitsaning uchta navi: seratit, oq gorchitsa va qora gorchitsa bor. Gorchitsa bir yillik, bo‘yi 30-160 sm keladigan o‘simlik bo‘lib, urug‘i tarkibida 26,5-29,5% gacha oqsil bor. Gorchitsa kunjarasi oshxonalarda ovqatga ta’m berish uchun va meditsinada shamollashga qarshi ishlatiladi.
Gorchitsa urug‘i 2,5-5 sm uzunlikdagi qo‘zoq ichida bo‘ladi. Urug‘i yumaloq, qora yoki sariq rangda, diametri 1,5-2 mm. Tarkibidagi moy miqdori 18,5-40,0% gacha etadi. Unda sinigrin glyukozidi bor. U tirozin fermenti va suv ta’sirida efir moyi, glyukoza va kaliy bisulfatga parchalanadi. Yangi o‘rib-yig‘ib olingan gorchitsa urug‘ini bir oz po‘panak bosadi, shuning uchun saqlash oldidan albatta kuritish kerak.
Kanop. Kanop gulxayridoshlar oilasiga kiradi, asosan tolasi uchun ekiladi. Urug‘i tarkibida 16-20% gacha moy bo‘lsa ham, oziq-ovqat uchun qimmati yo‘q. Kanop Urta Osiyo respublikalarida, Ukrainada va Shimoliy Kavkazda ekiladi.
Soya. Soya bir yillik o‘simlik bo‘lib, Uzoq Sharqda, Moldaviya, Gruziya va Ukrainada ekiladi. Uning vatani Sharqiy Osiyo hisoblanadi. Xitoy, Hindiston, Yaponiya, Avstraliya, Shimoliy Amerika va Uzoq Sharqida uning bir necha xili ekiladi. Xitoyda uning daraxt bo‘lib o‘sadigan turlari ham bor. Uning bo‘yi 2,8 metrgacha etadi va yil bo‘yi gullab hosil beraveradi.
Xitoyda soya suti tayyorlash sanoati va turli boshqa oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlash rivojlangan. Butun dunyoda ishlab chiqarilayotgan o‘simlik moylarining anchagina qismini soya moyi tashkil qiladi. Uzbekistonda soya asosan moy olish uchun ekiladi.
Naviga qarab soya donining bo‘yi 7,0-8,5 mm, eni 5,8- 7,1 mm, yo‘g‘onligi 4,2-5,8 mm bo‘lib, tarkibida 13,5-25,4% moy (quruq modda hisobida); 29,0-60,3% (6,25 ga hisoblangan azot) aralashmali protein, 2,8-6,8% aralashmali sellyuloza, 3,3-6,4% kul va 14,1-33,0% azotsiz ekstraktiv moddalar bo‘ladi.
Soya kunjarasida lizin miqdori a’lo nav bug‘doy uninikiga ko‘ra 10-20 marta ko‘p. Xamirga soya unidan 50% gina qo‘shilsa, lizin miqdori ikki baravar ko‘payadi. Undan tashqari, soya uni bug‘doy uniga qaraganda vitaminlarga boy bo‘ladi.
Soyani “yumshoq” rejimda qayta ishlash tavsiya etiladi. Soya donini oqsil ombori deyish mumkin. quyidagi jadvalda soya urug‘ining tarkibi ko‘rsatilgan:
Yo‘i tez quriydigan bo‘ladi. Uning tarkibida 25-36% olein kislota, 52-65% gacha linolen kislota bor.
Keyingi yillarda Uzbekiston yo‘-moy sanoatida ko‘plab soya moyi ham ishlab chiqarilmoqda.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling