Keys-stadi metodida qoʻllaniladigan tahlil (analiz) turlari
Keys - stadi metodi quyidagilarni koʻzda tutadi:
· keys topshirigʻini yozma koʻrinishda tayyorlashni;
· oʻquvchi(talaba)larning keys topshirigʻini mustaqil oʻrganishlari
va muhokama
· etishni;
· Oʻqituvchi rahbarligida auditoriyada hamkorlikda keys-topshirigʻini muhokama
· etishni;
· “muhokama yechimdan ham muhim” tamoyiliga rioya etishni.
Tahliliy faoliyat
turlari
Tavsifi
Namoyon boʻlish shakli
1.
Muammoli tahlil
Muammolarni
ajratish;
muammolar koʻlami va ularning tasnifini shakllantirish.
1) vaziyatning muammoli jihatlarini tahlil qilish;
2) vaziyatning muammoli shartlarini tahlil qilish;
3) vaziyatning muammoli oqibatlarini tahlil qilish.
2.
Tizimli tahlil
Ob’ektni
tizimiy
yondashuv
pozitsiyasidan oʻz
strukturasi va
funktsiyalariga ega tizim
sifatida koʻrib chiqish
1) deskript analiz:
mavjud
tuzilma asosida funktsiyalarni
shakllantirish;
2) konstruktiv analiz: mavjud
funktsiyalar
asosida tuzilma
shakllantiriladi.
3.
Prakseologik tahlil
Faoliyatli jarayonlarni ularni optimallashtirish nuqtai nazaridan koʻrib chiqish
1) faoliyatni optimizatsiyalash usullarini analiz qilish;
2) faoliyatni modellashtirish
va algoritmlashtirish
4.
Prognostik tahlil
Vaziyatning keyingi rivojiga nisbatan farazlar keltirish
1) normativ prognostik analiz;
2) kontseptual
prognostik analiz