Keys-stadi” inglizcha “case” – aniq vaziyat, hodisa, “study”


Keys-metodini amalga oshiruvchi oʻqituvchi faoliyatining bosqichlari


Download 175.31 Kb.
bet4/7
Sana24.12.2022
Hajmi175.31 Kb.
#1061329
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
“keys stadi” texnologiyasi “Keys stadi” haqida tushuncha “Keys s

Keys-metodini amalga oshiruvchi oʻqituvchi faoliyatining bosqichlari:  
1) tayyorgarlik bosqichi;
2) asosiy bosqich: keys-stadi metodini amalga oshirish;
3) tahliliy, baholovchi bosqich.
Keys bilan ishlash jarayonida oʻqituvchining harakat strategiyasi mavjud:
1. Oʻqituvchi muammoni yechimini topishga yordam beruvchi kalit vazifasini bajaruvchi qoʻshimcha savollarni yoki ma’lumotlarni taqdim etishi mumkin;
2. Ayrim vaziyatda oʻqituvchining oʻzi javobni aniqlashtirishi mumkin;
3. Muammo ustida oʻquvchi(talaba)lar ishlayotgan vaqtida oʻqituvchi hech qanday
yordam bermasligi mumkin.
Oʻquvchi(talaba)lar tomonidan keysni yechish bosqichlari:  
Jahon tajribasi koʻrsatishicha, agar oʻquvchi(talaba)larning keysni hal etish texnologiyasi ikki bosqichdan iborat boʻlsa, ta’limiy maqsadlarga erishishda yanada koʻproq samaraga erishish mumkin:
Birinchi bosqich – keysni hal etish boʻyicha individual (auditoriyadan tashqari) ish. Ikkinchi bosqich – keys bilan birgalikda jamoa boʻlib (auditoriyada) ishlash.
Birinchi bosqich – keysni hal etish boʻyicha individual ish.  

Oʻquvchi(talaba) mustaqil ravishda:
1) keys materiallari bilan tanishadi;
2) taqdim etilgan vaziyatni oʻrganadi, izohlaydi va asoslaydi;


3) muammo va muammo osti muammolarni ajratadi, vaziyatni tadqiq va tahlil qilish usullarini tanlaydi;
4) berilgan amaliy vaziyatni tahlil qiladi; ajratilgan muammoni hal etish usullari va vositalarini belgilaydi va asoslaydi;
5) taklif etiladigan qarorni amalga oshirish boʻyicha tadbirlarni ishlab chiqadi.
Ikkinchi bosqich – keys boʻyicha jamoa boʻlib ishlash  
Oʻquvchi(talaba)lar kichik guruhlarga boʻlinib, birgalikda keys ustida  ishlashadi:
1) guruh a’zolarining vaziyat, asosiy muammolar va ularni hal etish yoʻllari haqidagi turli tasavvurlarini muvofiqlashtirishadi;
2) yechimning taklif etilgan variantlarini muhokama qiladilar va baholaydilar, qoʻyilgan muammo nuqtai nazaridan ushbu vaziyat uchun eng maqbul variantni tanlashadi;
3) muammoli vaziyat yechimiga olib keladigan tanlangan harakatlar yoʻlini amalga oshirishning aniq qadamba-qadam dasturini batafsil ishlab chiqadilar;
4) taqdimotga tayyorlanadilar va namoyish etiladigan materialni rasmiylashtirishadi.

Download 175.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling