Aniq vaziyatlarni bosqichma-bosqich tahlil etish va hal etish boʻyicha oʻqituvchilarga uslubiy koʻrsatmalar
Ish
bosqichlari va vaqti
Maslahat
va tavsiyanomalar
1. Keys bilan tanishish (individual) – 3
daqiqa
Taqdim etilgan aniq vaziyatlar bilan tanishib chiqing.
Muammoli vaziyat mazmuniga alohida e’tibor qarating.
Muammoli vaziyat qanday masalani hal etishga bagʻishlanganligini aniqlang.
2. Keysdagi asosiy va kichik muammolarni aniqlash (individual va kichik guruhlarda) – 5 daqiqa
Keysdagi asosiy va kichik muammolarni aniqlang. Oʻz
fikringizni guruh bilan
oʻrtoqlashing. Muammoni belgilashda isbot va dalillarga tayaning.
Keys matnidagi
hech bir fikrni e’tibordan chetda qoldirmang.
3. Muammo yechimini topish va erishiladigan natijani aniqlash – 7 daqiqa
Guruh bilan birgalikda muammo yechimini toping.
Muammoga doir yechim bir necha variantda boʻlishi ham mumkin. Shu bilan birga siz topgan yechim qanday natijaga olib kelishi mumkinligini ham aniqlang.
4. Keys yechimi uchun taklif etilgan gʻoyalar taqdimoti (kichik guruhlarda) – 5 daqiqa
Guruh bilan birgalikda keys yechimiga doir taqdimotni tayyorlang. Taqdimotni tayyorlashda sizga taqdim etilgan javdalga asoslaning. Taqdimotni
tayyorlash jarayonida
aniqlik, fikrning ixcham boʻlishi tamoyillariga rioya qiling.
Keys yechimi uchun taklif etilgan gʻoyalar taqdimoti uchun chizma namunasi
Muammo (asosiy va kichik muammolar)
Yechim
Natija