Keys-stadi” inglizcha “case” – aniq vaziyat, hodisa, “study”


Keysni yechish natijalarini kichik guruhlar tomonidan taqdimotini oʻtkazish


Download 175.31 Kb.
bet5/7
Sana24.12.2022
Hajmi175.31 Kb.
#1061329
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
“keys stadi” texnologiyasi “Keys stadi” haqida tushuncha “Keys s

Keysni yechish natijalarini kichik guruhlar tomonidan taqdimotini oʻtkazish:  
1) real vaziyat yechimiga doir oʻz variantlarini taqdim etadilar;
2) tanlangan harakatlar yoʻlini izohlaydilar va yechimning toʻgʻriligini asoslaydilar;
3) boshqa guruh a’zolarining savollariga javob beradilar va oʻz takliflarini asoslaydilar.


Jamoa boʻlib keys ustidan ishlash:
Ø guruhlar taklif etgan yechimlar variantlarining muhokamasi;
Ø taklif etgan yechimlarning oʻzaro baholanishi;
taklif etilgan yechimlarning xayotiyligi va amalga oshirilishi mumkinligiga birgalikda (oʻquvchilar va oʻqituvchi) baho berilishi ham mumkin.


Namunaviy “Keys”lar.  

1-Keys. Suv yuzasida hayot kechiradigan koʻpchilik hasharotlarning tanasida nafas teshigi bilan birlashgan havo rezurvuarlari boʻladi. Ular shu yerda toʻplangan havo hisobiga suv tubiga shoʻngʻishlari, u yerda biroz muddat boʻlishlari ham mumkin.
Topshiriq: Olimlar suv hasharotlari ustida quyidagicha tajriba oʻtkazdilar:
Hasharotlarni akvarium tubiga tushirib, ularning suv yuzasiga chiqishlariga toʻsqinlik qiladigan sharoitni vujudga keltirishdi. Uchta akvariumning tubida sun’iy muhit yaratildi:
1-akvarium tubida azotli muhit boʻlib, unda hasharot 5 daqiqa yashagan.
2-akvarium tubidagi muhitda havo boʻlib, unda hasharot 6 soat yashagan.
3-akvariumda kislorodli muhit boʻlib, unda hasharot 35 daqiqa yashagan.
Mazkur tajribaning mohiyati va kuzatilgan holatni izohlang.
Oʻquvchilarga tavsiya etiladigan manbalar:
Biologiya, kimyo, fizika fanlaridan maktab darsliklari, internet resurslari.
Oʻquvchilar uchun koʻrsatmalar:
1. Keysning mohiyatini yetarlicha anglab oling.
2. Muammoning yechimini topishga xizmat qiluvchi omillarni aniqlang.
3. Aniqlangan omillar orasidan muammoga barchasidan koʻproq dahldor boʻlgan omil (yoki ikkita omil) ni ajrating.
4. Ana shu omillar asosida yechimni asoslashga harakat qiling.
5. Oʻz fikringizni bayon eting.

Download 175.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling