Keys-study texnologiyalar va ulardan foydalanish


Keys-metodini amalga oshirish bosqichlari


Download 41.8 Kb.
bet4/6
Sana19.02.2023
Hajmi41.8 Kb.
#1214844
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
KEYS-STUDY TEXNOLOGIYALAR VA ULARDAN FOYDALANISH

2.1. Keys-metodini amalga oshirish bosqichlari
Ushbu metod dastlab 1920 yilda Garvard biznes maktabida qoʻllanilgan. Garvard biznes maktabining oʻqituvchilari biznes yoʻnalishidagi aspirantura boʻlimi uchun toʻgʻri keladigan darsliklarning mavjud emasligini tez anglaydilar. Ushbu masalani yechish uchun biznes maktabining oʻqituvchilari tomonidan qoʻyilgan dastlabki qadam yetakchi biznes amaliyotchilaridan intervyu olish hamda mana shu menedjerlarning faoliyati, unga ta’sir etuvchi omillar yuzasidan batafsil xisobot yozish boʻldi. Ma’ruza tinglovchilarga u yoki bu tashkilot toʻqnash kelgan konkret vaziyat, ushbu vaziyatni tahlil etish va mustaqil ravishda yoki jamoa boʻlib munozara tashkil etish asosida uning yechimi topish tarzida taqdim etilar edi. Keyinchalik keys metodi biznes yoʻnalishidagi ta’lim muassasalarida keng targʻib etilgan. Hozirgi kunda esa, kasbiy kompetentlikni rivojlantirish nuqtai nazaridan mazkur metod tarafdorlari koʻpayib bormoqda. XX asrning 50 yillaridan boshlab biznes-keyslar Gʻarbiy Yevropa mamlakatlarida ommalashdi. Yevropaning yetakchi biznes maktablari keys-studi metodi asosida dars beribgina qolmay, keyslarni yaratishda ham faol ishtirok eta boshlaydilar.
Keys-studi texnologiyasi ta’limda interfaol uslub bo‘lib talabalarda darsga bo‘lgan qiziqishni kuchaytiradi, nazariy materiallarni amaliy tadbiq qilishni ko‘zlaydi, ta’lim jarayoniga nisbatan ijodiy motivlarni shakllantiradi. Shu bilan birgalikda bu uslub o‘qituvchi siymosini yangicha talqin qiladi, uni ijodiy izlanishga, fikrlashga yangilik yaratishga undaydi.7
Har bir o‘quv jarayonida qo‘laniladigan keys quyidagi talablarga javob berishi zarur.
- ijro qilishda maqsadning aniqligi;
- vaziyatning yechimlari mantiqiy o‘ziga xos murakkab bo‘lishi;
- vaziyatda hayotning bir qancha qirralarini tasvirlash;
- bugungi kunga nisbatan dolzarb bo‘lishi;
- tipik vaziyatlarni tasvirlash;
- analitik (analiz-sintez...) hayolni rivojlantirish;
- munozarani tashkil qilish;
- bir qancha yechimlarning mavjudligi;
Ta’limda keys-studi texnologiyasi mohiyati: mutaxassis o‘z tajribasidan kelib chiqib o‘z varianlarini yaratishida, o‘zida mavjud bo‘lgan bilimlarni, amaliy, ijodiy, munozarali faoliyatga aylantira olishida ifodalaniladi.
Keys-studi texnologiyasining o‘ziga xos texnologik xususiyatlari mavjud bo‘lib ular orqali texnologiya boshqa uslublardan farq qiladi.
Keys-studi texnologiyasining o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:
1. Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarning mavjudligi moduli, ularda aks etgan holat ma’lum bir vaqt jarayonida ifodalanishi;
2. Jamoa asosida qarorlarni ishlab chiqishi;
3. Muammo yechimida ko‘p o‘xshashliklar bo‘lib, aniq qa’tiy yechimini mavjud emasligi;
4. Bilim faoliyatini baholashda guruh tizimida yondashishni mavjudligi;
5. Ta’lim oluvchilarning emotsional holatlarini e’tiborga olinishi;
Keys-studi texnologiyasi quyidagi vazifalarni o‘zida jamlaydi.
1. Uslub izlanuvchanlik, analitik tehnologiyalarga ega bo‘lib, jaroyon ichida izlanuvchanlik va analitik (o‘xshashlik) operatsiyalar yo‘nalishini boshqaradi.
2. Keys –studi ta’limda jamoa texnologiyasi sifatida qo‘llanilib, asosiy vazifasi guruhda axborotlarning almashuvini amalga oshiradi.
3. Keys-studi texnologiyasining mazmuni guruhni o‘zora birlashtirish, bilimlarni ijodiy fikrlash orqali yuzaga chiqarish kabi vazifalarni amalga oshirishda namoyon bo‘ladi.
4. Keys-studi texnologiyasi o‘zida rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyasini birlashtirib, yakka tartibda, guruh va jamoa rivojlanishlarini inobatga olib ta’lim oluvchilarni ilmiy –ijodiy, shahsiy-axloqiy sifatlarni shakllantiradi.
5. Keys-studi uslubini qo‘llashda uni loyhalashtirish muhimdir, har qanday texnologiyani dars jarayonida qo‘llashdan oldin, uning texnologik xaritasi tuziladi. Oldindan rejalashtirilgan texnologik xaritada faoliyat maqsadlari, bosqichlari ko‘rsatiladi. Loyhalashtirish jarayoni texnologiyani qo‘llashda muhim bosqichdir, negaki oldindan rejalashtirilmagan jarayon o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlarni to‘liq ifodalay olmaydi. Aynan bugungi kunda ta’lim jarayonini oldindan loyhalashtirish mavzusi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Loyhalashtirish orqali biz jarayoni oldindan bashorat qilish ko‘nikmasini o‘zimizda shakllantiramiz.
6. Keys –studi texnologiyasi o‘zida oldindan samarali faoliyatga erish yo‘llarini rejalashtiradi, ma’lum bir yutuqlarga ega bo‘lish jarayonini oldindan faraz qiladi. Bu jarayonda talabalar faoliyatini faollashtirish, ularni rag‘batlantirish ham nazarda tutiladi.
Keys-studi texnologiyasi asosiy vazifasi talabalarni analitik faoliyat bilan yechib bo‘lmaydigan muammolarni tizimlashgan murakkab uslub bilan yechishga o‘rgatishdir. Keys-studi talabalarning analitik va kommunikativ imkoniyatlarini faollashtiradi va rivojlantiradi.
Keys – bu yaxlit axborotlar majmui. Qoidaga koʻra, keys uch qismdan iborat
boʻladi:
1) keysni tahlil etish uchun zarur yordamchi axborotlar;
2) aniq vaziyat bayoni;
3) keys topshirigʻi.
Bosma holatdagi keys (uni yanada koʻrgazmali boʻlishini
ta’minlaydigan grafik, jadval, diagramma, illyustratsiyalarni ham oʻz
ichiga oladi).
Multimedia-keys (soʻnggi vaqtlarda keng qoʻllashni talab
etayotgan. Video keys (film, audio va video materiallardan iborat boʻlishi
mumkin).
Keys studi ishlab chiqishning ikki klassik maktabi Garvard (Amerika) Manchester (Yevropada) Aniq vaziyatning yechimini topishni oʻrganish yoʻli
Yagona toʻgʻri Koʻp variantli yechimlar oʻnlab sahifali matnni va koʻplab chizmalarni ʻz ichiga oladi Hajmi birmuncha kamroq

Keys-studi metodida qoʻllaniladigan tahlil (analiz) turlari Keys - studi metodi quyidagilarni koʻzda tutadi:


- keys topshirigʻini yozma koʻrinishda tayyorlashni;
- oʻquvchi(talaba)larning keys topshirigʻini mustaqil oʻrganishlari va muhokama
etishni;
- Oʻqituvchi rahbarligida auditoriyada hamkorlikda keys-topshirigʻini muhokama
etishni;
- “muhokama yechimdan ham muhim” tamoyiliga rioya etishni.
«Ta’limning buyuk maqsadi bilim berish emas, balki hatti-harakatlarga o’rgatishdir»
Keys-studi metodi bo’yicha o’rganilayotgan har bir muammo yoki mavzu yuzasidan amalga oshiriladigan ishlar rejasi, ularni bajarish tafsiloti, natijalar va xulosalar yig’indisi alohida keysni tashkil qiladi. Bu metod ta’lim jarayonida hayotiy vaziyatlardan foydalanishga qaratilgan. Bu esa, hozirgi kunlarda ta’lim sohasidagi dolzarb bo’lgan muammolardan hisoblanadi. Ushbu muammoni hal qilish imkonini berishi bu metodning alohida ahamiyatga ega ekanligini ko’rsatib turibdi.
Shu sababli G’arb mamlakatlaridagi ta’lim muassasalarida keys-studi metodidan, ya’ni keyslardan foydalanish o’quv rejasining 25 % ini tashkil qiladi. Shu munosabat bilan ta’lim muassasalarida hayotiy vaziyatdan foydalanishning ahamiyati haqida qisqacha to’xtalib o’tamiz.8
Ta’lim jarayonida hayotiy vaziyatdan foydalanishning dolzarbligi:
Keys-studi ta’lim metodini turli holatlarni o’rganishda qo’llash – hayotdan olingan odatdagi vaziyatlarni o’rganishni tashkil etish yoki sun’iy yaratilgan vaziyatlarga asoslangan holda ta’lim oluvchilardan tegishli muammolarning maqsadga muvofiq yechimlarini izlashni talab qilishga qaratilgan ta’lim jarayonidan iborat.
Bu metod ta’lim oluvchilarga mavzuga tegishli hayotiy vaziyatni tashxis qilish, farazlarni ifodalash, muammolarni aniqlash, qo’shimcha axborotlarni yig’ish, farazlarga aniqlik kiritish va muammolarni echish hamda ularni bajarishning aniq bosqichlarini loyihalash bo’yicha amaliy faoliyatlarini modellashtirish imkonini beradi.
Muayyan hayotiy vaziyatlarga bag’ishlangan keyslardan foydalanish ta’lim jarayonini haqiqiy hayot bilan bog’laydi. Keysni ko’rib chiqishda ta’lim oluvchilar ta’lim olish jarayonini yaratadilar. Shu jarayondagi o’zaro harakatda ularning haqiqiy fikr almashish holatlari kelib chiqadi. Keys ta’lim oluvchilarga tahlil qilish, qiyoslash yo’llarini qidirish va muammoni echish erkinligini beradi.
Keys-studi ta’lim metodiga doir ayrim asosiy tushunchalar ta’rifi:
“Keys” va “keys-studi” tushunchalarining ma’no-mazmuni ko’p qirrali bo’lib, shunga ko’ra quyida ularning asosiy xususiyatlarini to’liqroq aks ettirish maqsadida ko’p variantli ta’riflari berildi.
Keys –
1) ta’lim oluvchilarning ma’lum maqsadlardagi hayotiy vazifalarni bajarishlari bo’yicha vaziyatning bayoni, uni tushunish va baholashga imkon beradigan hamda muammoni ifodalash uchun, uning maqsadga muvofiq yechimini izlashlari uchun kerak materiallar to’plami;
2) belgilangan mavzu yoki muammo va uning yechimiga doir qo’shimcha axborotlar, audio, video, elektron tashuvchilar, o’quv-uslubiy materiallar yig’indisi;
3) muammoni hal qilish bo’yicha amalga oshirilgan ishlar, ularning natijalari na xulosalar.
Keys-studi –
1) ta’lim oluvchilarni o’rganilayotgan muammoni ifodalash hamda uning maqsadga muvofiq yechimi variantlarini izlashga yo’naltiradigan aniq real yoki sun’iy ravishda yaratilgan vaziyatning muammoli-vaziyatli tahlil etilishiga asoslanadigan ta’lim metodidir.
2) ta’lim, axborot-kommunikatsiya, boshqaruv na boshqa sohalarni o’rgatishda qo’yilgan ta’lim maqsadini amalga oshirish va keysda bayon qilingan amaliy muammoli vaziyatni hal qilish jarayonida oldindan belgilangan (bashorat qilinadigan) o’quv natijalariga kafolatli erishishni vositali tarzda ta’minlaydigan, bir tartibga keltirilgan optimal usullar va vositalar majmuidan iborat bo’lgan ta’lim texnologiyasidir.
Vaziyat (lotincha situation – ahvol) – muayyan vaziyat, ahvolni hosil qiladigan shart-sharoitlar va holatlar yig’indisi. Keysda bayon qilingan vaziyat institusional tizimda (shu o’rinda va keyinchalik – korxonada) diskret (ayni shu) vaqtda tashkiliy hayotdagi tipik muammolarni qayta yaratadigan real yoki sun’iy qurilgan hodisalarning ideal tarzdagi in’ikosidan iboratdir.
Muammoli vaziyat – mazkur holda vaziyat sub’ektining hozirgi vaqtda yoki kelgusidagi maqsadlarga erishishiga xavf soladigan vaziyat tushuniladi.
Keys-studi metodi tarixi. Keys-studi amaliy vaziyatlarni tahlil etish va hal qilish asosida o’qitish metodi sifatida xorijiy ta’limda dastlab huquq sohasida qo’llanila boshladi: u ilk marta Garvard universitetining huquq maktabida 1870 yilda qo’llanilgan edi. 1920 yilda Garvard biznes-maktabi (GBM) o’qituvchilari yuristlarning o’qitish tajribasiga tayanib, iqtisodiy amaliyotdagi aniq vaziyatlarni tahlil etish va muhokama qilishni ta’limning asosiy usuli etib tanlashganidan keyin mazkur o’qitish uslubi keng tatbiq etila boshladi.
Ana shu vaqtdan boshlab GBM keyslarning boy to’plamini yig’di va mazkur metodni ta’limning mustaqil konstepstiyasi darajasigacha olib chiqdi. Ayni shu sababga ko’ra keys-studi metodini ko’pincha Garvard metodi deb ham ataladi. O’z mohiyatiga ko’ra, Garvard metodi ta’lim oluvchilarning amaliy vaziyatlarni videomateriallar, kompyuter va dasturiy ta’minotdan foydalanib hal qilish bo’yicha intensiv treningidan iboratdir.9
Keys-studining ikki klassik maktabi – Garvard (Amerikada) va Manchester (Yevropada) maktablari mavjud. Garvard maktabi doirasida mazkur metod yagona to’g’ri yechimni izlashni o’rgatish metodi hisoblanib, ikkinchi maktab (Manchester) keysda bayon qilingan muammoli vaziyat yechimining ko’p variantliligini taklif qiladi. Amerika keyslari o’nlab sahifali matnni va ko’plab chizmalarni o’z ichiga oladi. Yevropa keyslari xajmi birmuncha kamroq.
Chet ellardagi biznes-maktablarda odatiy vaziyatlarni o’rganishga o’quv vaqtining o’rtacha 25% dan 90% gacha bo’lgan qismi ajratiladi. Masalan, Chikago universiteti biznes-maktabida o’quv vaqtining 25%i keyslar ulushiga, Kolumbiya universitetida – 30%, Uortonda esa – 40% iga to’g’ri keladi. Mashg’ulotlarni ushbu metod bo’yicha o’tkazishga ajratiladigan soatlar soni bo’yicha uning “ilk ixtirochisi” – Garvard yetakchilik qiladi. Oddiy tinglovchi GBMda o’qish vaqtida 700 tagacha keyslarni ko’rib chiqadi va buning uchun o’quv vaqtining 90% gacha qismini sarflaydi.10
Bunda shunday aniqlik kiritish kerak: moliyaviy fanlarga ixtisoslashgan maktablarda keyslar salmog’i asosiy fanlar – menejment, marketing, axborot texnologiyalari, xodimlarni boshqarish va shu kabilardan iborat maktablardagiga nisbatan ancha kamdir.
Bosqichning maqsadi
1. Aniq vaziyat bilan tanishuv.Muammoli vaziyatni tushunish.
2. Izlanishga doir: topshiriq materiallarida ifoda etilgan axborotni baholash.
Yechim uchun zarur axborotni topishga oʻrgatish.
3. Muhokama etish: muqobil yechimlarning imkoniyatlarini muhokama qilish.
Alternativ fikrlashni rivojlantirish.
4. Qaror qabul qilish: guruhlarda yechimni izlab topish. Yechim variantlarini taqqoslash va baholash.
5. Munozara: har bir guruh oʻz yechimini himoya qiladi. Yechimni dalillar bilan asoslash.
6. Natijalarni taqqoslash: guruhlarda qabul qilingan yechimlarni taqqoslash. Alohida yechimlarda aks etgan qiziqishlarning oʻzaro aloqadorligini baholash. Keys- topshirigʻini bajarish jarayonida qoʻllaniladigan strategiyalar Ma’lumotlarni tahlil etish (ishbop korrespondensiya) Oʻyin tarzida loyihalash Munozara SWOT tahlil Vaziyatli-rolli oʻyin Insident (axborotni qidirish)
1 Keys bilan tanishuv (individual)
2 Asosiy muammoni (oʻquv muammosini) ajratib olish va oʻrganish
individual va kichik guruhlarda)
3 Gʻoyalar yigʻish va muammoning yechimini izlash (kichik guruhlarda)
4 Keys yechimi uchun taklif etilgan gʻoyalarni taqdimoti, tahlil va
baholash (oʻqituvchi va kichik guruhlar)
5 Keys yechimi va tavsiyalar (oʻqituvchi, kichik guruhlar va individual)
Keys-studining oʻziga xosliklari.
1. Izlanishga doir faoliyatning mavjud boʻlishi.
2. Jamoaviy va guruhlarda oʻqitish.
3. Individul, guruhli va jamoaviy ish shakllari integratsiyasi.
4. Xilma-xil oʻquv loyihalarini ishlab chiqish.
5. Muvaffaqiyatga erishish uchun oʻquvchi(talaba)larning oʻquv-bilish faoliyatini

ragʻbatlantirish.


Keys-metodini amalga oshiruvchi oʻqituvchi faoliyatining bosqichlari:
1) tayyorgarlik bosqichi;
2) asosiy bosqich: keys-studi metodini amalga oshirish;
3) tahliliy, baholovchi bosqich.
Keys bilan ishlash jarayonida oʻqituvchining harakat strategiyasi mavjud:
1. Oʻqituvchi muammoni yechimini topishga yordam beruvchi kalit vazifasini
bajaruvchi qoʻshimcha savollarni yoki ma’lumotlarni taqdim etishi mumkin;
2. Ayrim vaziyatda oʻqituvchining oʻzi javobni aniqlashtirishi mumkin;
3. Muammo ustida oʻquvchi(talaba)lar ishlayotgan vaqtida oʻqituvchi hech qanday
yordam bermasligi mumkin.
Oʻquvchi(talaba)lar tomonidan keysni yechish bosqichlari:
Jahon tajribasi koʻrsatishicha, agar oʻquvchi(talaba)larning keysni hal etish
texnologiyasi ikki bosqichdan iborat boʻlsa, ta’limiy maqsadlarga erishishda yanada
koʻproq samaraga erishish mumkin:
Birinchi bosqich – keysni hal etish boʻyicha individual (auditoriyadan tashqari) ish.
Ikkinchi bosqich – keys bilan birgalikda jamoa boʻlib (auditoriyada) ishlash.
Birinchi bosqich – keysni hal etish boʻyicha individual ish.
Oʻquvchi(talaba) mustaqil ravishda:
1) keys materiallari bilan tanishadi;
2) taqdim etilgan vaziyatni oʻrganadi, izohlaydi va asoslaydi;
) muammo va muammo osti muammolarni ajratadi, vaziyatni tadqiq va tahlil qilish
usullarini tanlaydi;
4) berilgan amaliy vaziyatni tahlil qiladi; ajratilgan muammoni hal etish usullari va
vositalarini belgilaydi va asoslaydi;
5) taklif etiladigan qarorni amalga oshirish boʻyicha tadbirlarni ishlab chiqadi.
Ikkinchi bosqich – keys boʻyicha jamoa boʻlib ishlash
Oʻquvchi(talaba)lar kichik guruhlarga boʻlinib, birgalikda keys ustida
ishlashadi:
1) guruh a’zolarining vaziyat, asosiy muammolar va ularni hal etish yoʻllari haqidagi
turli tasavvurlarini muvofiqlashtirishadi;
2) yechimning taklif etilgan variantlarini muhokama qiladilar va baholaydilar,
qoʻyilgan muammo nuqtai nazaridan ushbu vaziyat uchun eng maqbul variantni
tanlashadi;
3) muammoli vaziyat yechimiga olib keladigan tanlangan harakatlar yoʻlini amalga
oshirishning aniq qadamba-qadam dasturini batafsil ishlab chiqadilar;
4) taqdimotga tayyorlanadilar va namoyish etiladigan materialni rasmiylashtirishadi.
Keysni yechish natijalarini kichik guruhlar tomonidan taqdimotini oʻtkazish:
1) real vaziyat yechimiga doir oʻz variantlarini taqdim etadilar;
2) tanlangan harakatlar yoʻlini izohlaydilar va yechimning toʻgʻriligini asoslaydilar;
3) boshqa guruh a’zolarining savollariga javob beradilar va oʻz takliflarini asoslaydilar.
Jamoa boʻlib keys ustidan ishlash:
guruhlar taklif etgan yechimlar variantlarining muhokamasi;
taklif etgan yechimlarning oʻzaro baholanishi;
taklif etilgan yechimlarning xayotiyligi va amalga oshirilishi mumkinligiga
birgalikda (oʻquvchilar va oʻqituvchi) baho berilishi ham mumkin.



Download 41.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling