Ki-73 guruh talabasi Jo’rayev Qobil Topshiriq: Bozor makonini shakllantirishda raqobat strategiyasining taʼsiri


KI-73 guruh talabasi Jo’rayev Qobil


Download 19.64 Kb.
bet2/4
Sana28.10.2023
Hajmi19.64 Kb.
#1730624
1   2   3   4
Bog'liq
oa0FfD9q9--malS4Plz0SIfPOWWdYThd

KI-73 guruh talabasi Jo’rayev Qobil
erkinlik, raqobat, erkin tadbirkorlik, bozor mexanizmining ishiga davlatning mutlaqo aralashmasligi tamoyillarini ilgari surdi. Bozor mexanizmiga nisbatan u-katallaktika degan maxsus atamani qo‘lladi. F.Xayekning fikricha, kishilik jamiyatida ilmiy bilimning o‘sishi erkin raqobat, fuqarolarning shaxsiy tashabbusi va ijodiy tavakkalchiligi asosida bozor iqtisodiyotining rivojlanishiga mutlaqo tengdir. F. Xayekning fikricha raqobat kurashida kimning g‘olib chiqishi oldindan aniq bo‘lganda u mazmunsiz bo‘lgan bo‘lur edi. Raqobat shunisi bilan ahamiyatliki, uning natijasi va oqibati hyech kimga ma‘lum emas, unga har bir ishtirokchi ongli ravishda intiladi yoki intilishga harakat qiladi. Bundan tashqari raqobatning oqibatlari samarali bo‘lsada, muayyan kutilish, sa‘yi-harakat va ko‘ngilsizliklarga ham sabab bo‘ladi. Raqobatni oldindan empirik kuzatish orqali bilish ham mumkin emas. Eng asosiysi shundan iboratki, raqobatga asoslangan jamiyatda oxir-oqibat ko‘zlangan maqsadlarga erishiladi. Buni insoniyat sivilizasiyasi ham tasdiqlab turibdi. Xayek, bozorda sodir bo‘layotgan jarayonlarning natijasini namoyon etishi, qanday axborotlar eng zarur ekanligini ko‘rsatib bermog‘i lozim. Jamiyatning qondirilishi zarur bo‘lgan ehtiyojlari aniq belgilangan sosializmdan farqli ravishda bozor munosabatlarida barcha jamiyat a‘zolarining faolligi va bilimi talab etiladi. Xayek mehnat taqsimoti mavjud bo‘lishi bilan jamiyatda axborot va bilimning taqsimlanishi sodir bo‘lishini, iqtisodiyotga davlat aralashiuvini zaruriy emas deb hisoblagan va markazlashgan rejalashtirish va boshqarishning samarasiz ekanligini ko‘rsatib bergan. Xayekning fikricha, markazlashgan tizim juda katta miqdordagi axborotlarni qayta ishlash yoki ular uchun qaror qabul qilish imkoniyatiga ega emas. Chunki axborotlar muayyan makon va zamonda vujudga keladi va qisqa vaqt ichida o‘z ahamiyatini yo‘qotib, kelgusida foydalanishga yaroqsiz bo‘lib qoladi. Olimni raqobatning axloqiy jihatlari ko‘proq qiziqtirgan. U ishonch bilan raqobatda erkinlik mavjud emas, biroq davlat tomonidan erkinliklarni cheklash sun‘iy to‘siqlar orqali emas, balki sosio-madaniyat evolyusiyasining o‘z-o‘zidan paydo bo‘ladigan axloqiy qoidalari (o‘zga mulkini o‘zlashtirish, umumlashtirish, ishlab chiqarishni kollektivlashtirish, xususiy mulkni umumiy mulkka aylantirish) natijasida namoyon bo‘ladi. Agarda ushbu axloqiy qoidalar amal qilgudek bo‘lsa

Download 19.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling