Ki fakulteti ats 11 – 20 guruh talabasining elektron hukumat fanidan


Download 0.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana22.04.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1377832
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Eshtemirov Lazizbek 3-amaliy ish

Tarmoq trafigini tahlillash. Serverdan Internet tarmog’i bazaviy 
protokollari FTP (FileTransferProtocol) va TELNET (Virtual terminal protokoli) 
bo’yicha foydalanish uchun foydalanuvchi identifikasiya va autentifikasiya 
muolajalarini o’tishi lozim. Foydalanuvchini identifikatsiyalashda axborot sifatida 
uning identifikatori (ismi) ishlatilsa, autentifikasiyalash uchun parol ishlatiladi. FTP 
va TELNET protokollarining hususiyati shundaki, foydaluvchilarning paroli va 
identifikatori tarmoq orqali ochiq, shifrlanmagan ko’rinishda uzatiladi. Demak, 
Internet xostlaridan foydalanish uchun foydalanuvchining ismi va parolini bilish 
kifoya. 
Tarmoqning yolg’on obyektini kiritish. Xar qanday taqsimlangan tarmoqda 
qidirish va adreslash kabi "nozik joylari" mavjud. Ushbu jarayonlar kechishida 
tarmoqning yolg’on obyektini (odatda bu yolg’on xost) kiritish imkoniyati tug’iladi. 
Yolg’on obyektning kiritilishi natijasida adresatga uzatmoqchi bo’lgan barcha 
axborot aslida niyati buzuq, odamga tegadi. Taxminan buni tizimingizga, odatda 
elektron pochtani jo’natishda foydalanadigan provayderingiz serveri adresi 
yordamida kirishga kimdir uddasidan chiqqani kabi tasavvur etish mumkin. 
Xizmat ko’rsatishdan voz kechish. DoS (Denial of Service – xizmat 
ko’rsatishdan voz kechish) xilidagi xujum tarmoqni butunlay ishdan chiqarishi 


mumkin. Butun tarmoqda, jumladan bazaviy stansiyalarda va mijoz terminallarida, 
shunday kuchli interferensiya paydo bo’ladiki, stansiyalar bir-birlari bilan bog’lana 
olmaydilar. Bu xujum ma’lum doiradagi barcha kommunikasiyani o’chiradi. Simsiz 
tarmoqqa bo’ladigan DoS xujumni oldini olish yoki to’xtatish qiyin. Simsiz tarmoq 
texnologiyalarining aksariyati lisenziyalanmagan chastotalardan foydalanadi, 
demak, bir qancha elektron qurilmalardan interferensiya bo’lishi mumkin. 

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling