Ki fakulteti ats 11 – 20 guruh talabasining elektron hukumat fanidan
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
Eshtemirov Lazizbek 3-amaliy ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maxfiy simsiz kanallar.
"Mijoz-mijoz" xilidagi xujumlar. Tarmoqning barcha abonentlari
xujumlanishi mumkin. Birinchi muvaffaqiyatdan so’ng xujumlovchi korporativ yoki telekommunikasion tarmoqdan foydalanish xuquqiga ega bo’ladi. Aksariyat tarmoq ma’murlari xavfsizlik suqilib kirishga yo’l ochadi. Xujumlarning asosiy obyektlari – marshrutizatorlar, uzib-ulagichlar, arxivlarni saqlovchi serverlar va foydalanish serverlari. Maxfiy simsiz kanallar. Simsiz tarmoq foydalanuvchilari tarmoqni yaratish yoki baholash jarayonida yana bir omilni hisobga olishlari zarur. Simsiz foydalanish nuqtasining narxi past hamda dasturiy ta’minot, standart noutbuk va NIC-kartalar asosida foydalanish nuqtasini yaratish yetarlicha oson bo’lganligi sababli, nokorrekt konfigurasiyalangan yoki simli tarmoqda o’ylamasdan joylashtirilgan simsiz asbob- uskunani ziyraklik bilan kuzatish talab etiladi. Xuddi shunga o’xshash konstruksiya yordamida o’ziga xos "simsiz ko’prik" o’tkazish va foydalanish nuqtalarining butun zanjirini tashkil qilgan holda tarmoqdan ma’lumotlarni himoyalangan bino tashqarisida chiqarib olish mumkin. Rivojlangan davlatlarda elektron hukumat tajribalarini o’rganish. Elektron hukumat deganda, fuqaro, korxona va tashkilotlarga, hukumat idoralarining turli pog‘onalariga va davlat amaldorlariga davlat xizmatlarini taqdim qilishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish tushuniladi. Elektron hukumat davlat boshqaruvida elektron hujjat almashinuvini ta’minlaydi. O‘z navbatida, elektron hujjat aylanishi bu – hujjatni skanerlab, uni elektron pochta orqali yuborish, degani emasligini yodda tutish lozim. Elektron hukumat aholiga va korxona-tashkilotlarga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarini taqdim qilishni osonlashtiradi. Fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarishlari uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi, ularning texnologik yangiliklardan xabardorligini oshiradi, davlat boshqaruvidagi ishtirokini osonlashtiradi. Elektron hukumat quyidagi shakllarda amalga oshirilishi mumkin: G2C (government-to-citizen) – davlatdan-fuqaroga G2B (government-to-business) – davlatdan-biznesga G2G (government-to-government) – davlatdan-davlatga G2E (government-to-employee) – davlatdan-xodimga G2F (government-to-foreign) – davlatdan-chet el fuqarolariga Dunyodagi ko‘pgina davlatlar elektron hukumatni rivojlantirish uchun bir qancha kuch, moliyaviy resurs sarflaganiga qaramasdan, u keltiradigan foyda – vaqt va mablag‘ning tejalishi kabi natijalarga erisha olmayapti. Shuning uchun ham, bu sohada muvaffaqiyatga erishgan davlatlarning tajribasini har tomonlama o‘rganish foydadan xoli emas. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling