Kiberfizik tizimlar


Download 0.59 Mb.
bet1/5
Sana22.02.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1221352
  1   2   3   4   5
Bog'liq
KIBERFIZIK TIZIMLAR


KIBERFIZIK TIZIMLAR


Reja:

1. Raqamli iqtisodiyotda sanoat transformatsiyasi


2. Kiberfizik tizimlar
3. Aqlli ishlab chiqarish

Raqamli iqtisodiyotda sanoat transformatsiyasi.
Jahon iqtisodiy forumi ma'lumotlariga ko'ra, sanoatning raqamli transformatsiyasi (o'zgarishi) biznes va jamiyat uchun ulkan salohiyatni ochib beradi va u 2025 yilgacha global iqtisodiyot uchun 30 trillion dollardan ortiq qo'shimcha daromad keltirishi mumkin.
Bizga ma’lumki, raqamli iqtisodiyot 4-sanoat inqilobi bosqichiga mos keladi va bu bosqich ko'pincha "Sanoat 4.0" atamasi bilan belgilanadi.
Avvalgi sanoat inqiloblari. Ma’lumki, tarixda 3 ta sanoat inqilobi yuz bergan bo‘lib, ular quyidagilar bilan bog‘liq bo‘lgan:

  1. Bug‘ dvigatelining ixtiro qilinishi, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirish (XVIII asr oxiri);

  2. Elektrlashtirish, konveyer, mehnat taqsimoti, ommaviy ishlab chiqarish (XIX-asr oxiri – XX asr boshi);

  3. Elektronika, axborot texnologiyalari industriyasi, avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish (XX asr oxiri).


6.1. rasm. Sanoat inqiloblari.
Industriya 4.0”.
Endi esa, to‘rtinchi sanoat inqilobi deb nomlanayotgan taraqqiyot omili – axborot texnologiyalarini sanoatga chuqur integratsiyalashtirish (“kiberfizik tizimlar” yoki CPS) orqali amalga oshirilmoqda.
“Industriya 4.0” atamasi 2011 yilda Yevropada paydo bo‘lib, Gonnover shahridagi sanoat ko‘rgazmalaridan birida Germaniya hukumati tomonidan axborot texnologiyalarini ishlab chiqarishga keng tatbiq etilishi e’lon qilingandi.
Buning uchun rasmiy shaxslar va mutaxassislar ishtirokida tuzilgan maxsus guruh tomonidan Germaniyadagi sanoat korxonalarini “aqlli” korxonalarga aylantirish strategiyasi ishlab chiqildi. Bundan o‘rnak olib, boshqa davlatlar ham yangi texnologiyalarni tatbiq etishga kirishdilar va hozirda “Industriya 4.0” g‘oyasi butun dunyoni zabt etishni boshladi.
2016 yilda Sanoat 4.0 atamasi uning asoschisi K. Shvab tomonidan o’zining monografiya tufayli Davos iqtisodiy forumida keng targ’ib qilindi.
Shunga o'xshash o'zgarishlar etakchi mamlakatlar - AQSh, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Frantsiya, Janubiy Koreya, Xitoyning sanoat rivojlanishining ustuvor yo'nalishlarini belgilaydigan dasturiy hujjatlarda keltirilgan. Shu kabi dasturlar Gollandiya, Italiya, Belgiya va boshqa mamlakatlarda ham ish boshladi.
Keling, “Industriya 4.0” atamasi nimani anglatishini tushunib olaylik. Voqelikning negizini anglatuvchi “buyumlar interneti” (Internet of things) yoki “Barcha narsalar interneti” (Internet of everythings) nomli yanada umumiy atama mavjud bo‘lib, unga ko‘ra, mavjud internet tarmog‘iga oddiy narsalarning ham ulanishini tushunamiz. Bu hamma narsaga taalluqli bo‘ladi – maishiy texnika, jihozlar, avtomobillar, binolar va albatta, sanoat va qishloq xo‘jaligini qamrab oladi.
Shunday qilib, “Industriya 4.0” bu – “Buyumlar interneti” omillarini ishlab chiqarishga tatbiq etishdir. Buning sanoatdagi misolini ko‘rish uchun shunday uskunani tasavvur qilingki, u ish jarayoni uchun kerak bo‘lgan dasturlarni tarmoqdan o‘zi oladi, o‘zining eskirishini tahlil qiladi, ehtiyot qismlarni ombordan tezkor buyurtma qiladi va o‘z ishini yaxshilash uchun mustaqil o‘rganishi ham mumkin. Qishloq xo‘jaligida esa, tuproqdagi uzatkichlar (datchiklar) yerni sug‘orishni ob-havo ma’lumotiga ko‘ra avtomatik ravishda nazorat qiladi. Bunday misollar ko‘plab topiladi.
“Industriya 4.0”ning asosiy xususiyati – ishlab chiqarish jarayonining barcha tarkibiy qismlarining (korxona uskunalari va uning axborot tizimlari – ombor va logistika hisobi, buxgalteriya, boshqaruv va boshq.) ishida insonning aralashuvini borgan sari kamaytirgan holda, muayyan maqsadni amalga oshirish uchun boshqa tizim va odamlar bilan o‘zaro faoliyat yuritishdan iboratdir.
Sanoat 4.0 kontseptsiyasi raqamli texnologiyalar bilan chambarchas bog'liq (6.1-rasm).


6.1-rasm. Industry 4.0 kontseptsiyasi va tegishli raqamli texnologiyalar
Sanoat 4.0 texnologiyalari allaqachon dunyo miqyosidagi sanoat tarmoqlarini o'zgartirmoqda va kelajakda ularni global iqtisodiyotga keng miqyosda joriy etish ishlab chiqarishga va mehnat bozoriga, o'tmishdagi sanoat inqiloblari bilan tenglashadigan darajada ta'sir ko'rsatishi mumkin. McKinsey Sanoat 4.0 texnologiyalarini ishlab chiqarishga joriy etish orqali qiymat yaratishning sakkizta asosiy dastaklarini ajaratdi:

  1. Sotishdan keyingi xizmat

  2. Uskunaning ishlash rejimlari

  3. Ishlab chiqarish uskunalarining yuklanishi

  4. Ish samaradorligi va xavfsizligi

  5. Logistika

  6. Mahsulot sifati

  7. Talablarni taxmin qilish

  8. Mahsulotni sotish vaqti

Ko'pgina hollarda, kompaniyalarga Industry 4.0 texnologiyalarini tatbiq etish to'g'risida qaror qabul qilish oson emas. Ko'pincha bu qadam o'zini oqlamaydi, chunki ushbu texnologiyalar har doim ham ishlab chiqarish jarayoniga asosiy ta'sir ko'rsatmaydi, biroq shu bilan birga katta mablag’ va e'tibor talab qiladi. Kompaniyalar ko'pincha ish haqi arzonligi va xodimlar oldida ijtimoiy majburiyatlarning mavjudligi tufayli mehnat unumdorligini oshirish zaruriyatini ko'rmaydilar. Sanoat 4.0 texnologiyalarini joriy etish yo'lidagi yana bir muhim to'siq bu avtomatlashtirish va raqamlashtirishning past darajasi, shuningdek tahlil qilinadigan ma'lumotlarning etishmasligi. Yangi texnologiyalarni joriy etishni murakkablashtiradigan eskirgan texnik nazorat omili ham rol o'ynaydi. Shuningdek, sanoatda malakali raqamli mutaxassislarning etishmasligi ham e'tiborga loyiqdir. Va nihoyat, etakchining past raqamli madaniyati va raqamli usullarni qo'llash mexanizmini va ularninga samarasini etarli darajada tushunmaslik va yangiliklarga konservativ munosabatda bo’lish va boshqalarni ta’kidlash lozim.
Internet va simsiz aloqa texnologiyalarining rivojlanishi natijasida “istagan vaqtdagi kommunikatsiya”ga ega bo‘ldik, smartfonlar va planshetlar esa “istagan joydagi kommunikatsiya” tamoyilini amalga oshirishga imkon berdi. Hozir esa, mashinalar boshqa mashinalarni yaratishni boshlaydigan, hayotimizni tubdan o‘zgartiruvchi yangi inqilob ostonasidamiz.
Ishlab chiqarish sohasini batamom o‘zgartirilishini inqilob deb atalishining sababi – o‘zgarishlar yuzaki emas, balki radikal ravishda amalga oshib, industriya boshidan oxirigacha qayta quriladi. Biznes modellar o‘zgaradi, yangi kompaniyalar paydo bo‘ladi, yangi “inqilobchilar” safiga kirishga ulgurmagan, ko‘p yillik tarixga ega jahonga mashhur brendlar kasodga uchrab, yo‘q bo‘lib ketadi.
Hozirda mijozlarning xatti-harakati o‘zgarmoqda, ular individual yondoshuvni va noyob tovarlarni xohlamoqdalar, ommabop mollarga esa ehtiyoj kamaymoqda. Bir xil narsalarni ishlab chiqarishga o‘rgangan korxonalar o‘z ishini qayta tashkil qilishga majbur bo‘lmoqda.
“Industriya 4.0” tamoyillarini tatbiq etilishi, an’anaviy sanoat modellarida bo‘lmagan bir qancha afzalliklarga ega bo‘lishga yordam beradi. Masalan, kompaniyalar mijozlarning istaklariga qarab, buyurtmalarga individual yondoshishlari mumkin.
Eski zavod va fabrikalar endi “aqlli” korxonalarga aylanib, xos buyurtmalarga ko‘ra donabay maxsulotlar ishlab chiqarishni boshlamoqda. Bunda, bir dona mahsulotni ishlab chiqarish uchun ketadigan xarajatlar kamayib, kompaniyalar ommabop standartlashtirilgan mahsulot narxida xoslangan noyob mahsulot ishlab chiqarish imkoniga ega bo‘lmoqda.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling