Kiberfizik tizimlar
Download 0.59 Mb.
|
KIBERFIZIK TIZIMLAR
Misol uchun, dunyoning istalgan nuqtasidan mobil jihozingizga Nike ilovasini yuklab olib yoki kompaniya saytiga kirib, krossovka modelini tanlashingiz, o‘zingiz yoqtirgan futbol komandasi rangiga bo‘yashingiz, pulini to‘lab, bir necha kundan keyin uni qabul qilib olishingiz mumkin. Yetkazib berish xarajatini hisobga olmaganda, uning qiymati ushbu kompaniyaning oddiy ommabop krossovkasidan qimmat bo‘lmaydi.
Individual buyurtmaga ko‘ra dvigatellar, serverlar va boshqa istagan narsa ishlab chiqarilishi mumkin. Germaniyaning Augsburg shahridagi Fujitsu Siemens zavodida kompyuter tizimlari va serverlar muayyan buyurtmachi uchun aynan donabay ishlab chiqariladi. Nihoyat darajada avtomatlashtirilgan korxonada individual buyurtma asosida ishlab chiqarilgan mahsulotga ketadigan xarajatlarning miqdori oshib ketmaydi – agar oldin ikki juft krassovka uchun uskunalar qo‘lda qayta sozlangan bo‘lsa, hozirda buni komyuter tizimining o‘zi bir necha daqiqada amalga oshiradi. Elektromobillar ishlab chiqaruvchi Tesla kompaniyasining zavodlarini robotlashtirilishi – kompaniya o‘z ishlab chiqarishini Xitoyda emas, balki Kaliforniyada tashkil etishga imkon berdi. Bu, xitoy ishchilarining mehnatidan foydalanib, keyin esa tayyor mashinalarni olib kelishga ketadigan yo‘l xarajatlaridan arzonga tushdi. To‘rtinchi sanoat inqilobi nafaqat alohida kompaniyalarning biznesini o‘zgartirmoqda, balki global miqyosdagi kuchlar mutanosibligiga ta’sir qilmoqda. Tashkil etilganiga hali 10 yil ham bo‘lmagan Tesla kompaniyasi, ikkinchi sanoat inqilobining yetakchisi bo‘lgan Ford Motors kompaniyasidan kapitalizatsiya miqdori bo‘yicha o‘zib ketishini kim ham o‘ylabdi deysiz. Yangi texnologiyalarni joriy etilishi, boshqa mashhur kompaniya – Adidas uchun ham o‘z ishlab chiqarishini Germaniyaga qaytarishga imkon berdi. Ochilayotgan fabrikada barcha jarayonlarni robotlar bajaradi. Uzoq tarixga ega bo‘lgan barcha kompaniyalar ham bu keskin o‘zgarishlarda jon saqlay olmaydi. 2000 yildagi Fortune 500 reytingiga kirgan kompaniyalarning 52 foizi hozirda mavjud emas. Yangi texnologiyalarni muvafaqqiyatli o‘zlashtira olganlar ikki bora yutadilar: iste’molchilar tomonidan mashhur brendlarga nisbatan qiziqish katta bo‘ladi va agar ular mijozlarga individual yondoshuvda ishlashni boshlashsa, mijozlari ularga keyinchalik ham sodiq qolishga tayyor bo‘ladilar. Masalan, Harley-Davidson kompaniyasi iqtisodiy inqiroz sababli o‘z mahsulotlariga talabni keskin kamayishini boshidan o‘tkazganiga qaramasdan, “Industriya 4.0” tamoyillariga o‘tgandan keyin uning aksiyalarining qiymati olti yil ichida yetti barobar oshdi. Endi esa, mijozlar mashhur Harley motosiklini o‘ziga yoqqan rangdagi, o‘zi tanlagan xususiyatga ega modeliga buyurtma berishi va uni olti soatdan keyin bevosita zavoddan olishi mumkin. Odamlar asta-sekin “aqlli” uylarda yashashga, smartfonda barmoqning bir nechta harakati yordamida har qanday muammoni yechishga o‘rganishmoqda. Shubhasiz, bunday tamoyillarni ular o‘z ish joylariga ham tatbiq etishni istaydilar. Hozir shunday vaqtki, “Industriya 4.0” bozori yangi tug‘ilayotgan va endi rivojlanayotgan davrni o‘z boshidan kechirmoqda. Shu bois, yangi davr sanoatining tamoyillarini amalda qo‘llashni boshlagan ko‘plab kompaniyalar ustunlikka ega bo‘ladilar. Biroq, kelajak kompaniyasiga aylanish uchun, boshqalardan ildamroq harakat qilishni hozirdan boshlash lozim. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling