Kiberhuquq va kiberetika


Download 3.78 Mb.
bet29/57
Sana08.11.2023
Hajmi3.78 Mb.
#1755424
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   57
Bog'liq
kkkkhe

7-AMALIY ISH.
Operatsion tizim platforma va dasturlash tilini tanlash uslublari tahlili
Ishdan maqsad: Internet etikasi tushunchasi bo'yicha amaliy bilim va ko'nikmalarni shakllantirish.
Ishni bajarish tartibi:

  1. Kompyutert etikasi tushunchasi bilan tanishish.

  2. Internet etikasi tushunchasi bilan tanishish.

  3. Ochiq kodli dasturiy ta'minot va yopiq kodli yoki xususiy dasturiy ta'minot avzallik va kamchiliklari.

Kompyuter etikasi - bu shaxs yoki guruhning kompyuterdan foydalanish paytida qanday xatti-harakatlarni amalga oshirishini boshqaradigan axloqiy tamoyillar to'plamidir. Kompyuter etikasi - bu kompyuterlardan foydalanishni tartibga soluvchi axloqiy tamoyillar to'plami bo’lib, kompyuter etikasining keng tarqalgan muammolaridan biri mualliflik huquqi bilan bog'liq holatlardir.

Muallifning ruxsatisiz mualliflik huquqi bilan himoyalangan kontentni ko’chirish, boshqalarning shaxsiy ma’lumotlariga kirish axloqiy me’yorlarni buzadigan holatga misollardir.


Internet etikasi Internetdan foydalanish uchun maqbul xatti-harakatni anglatadi. Internetdan foydalanishda biz halol bo'lishimiz, Internetda boshqalarning huquqlari va mulkini hurmat qilishimiz kerak. Internet tarmog’idan oila va do'stlar bilan muloqot qilish uchun foydalanish kerak. Notanish odamlar bilan suhbatlashishdan va noma'lum shaxslarga elektron pochta xabarlarini yuborishdan saqlanish zarur. Biz notanish odamlar bilan suhbatlashish va elektron xatlarni yuborish bilan bog'liq xavflardan xabardor bo'lishimiz kerak. O'zini boshqa birovdek ko'rsatish ham internet etikasining buzilishi sifatida baholanadi. Biz internetdan o‘zimizni birovga o‘xshatib, aldash uchun foydalanmasligimiz kerak. Internet olamida boshqalarni aldash uchun o'z shaxsimizni yashirish jinoyat hisoblanib boshqalar uchun ham xavf tug'dirishi mumkin.

Normativ bo’lmagan leksikadan saqlanish. Biz internetdan o‘zimizni birovga o‘xshatib, aldash uchun foydalanmasligimiz kerak. Internet olamida boshqalarni haqoratlash, axloqsiz leksika va harakatlar, o'z shaxsimizni yashirish jinoiy javobgarlikka olib kelishi mumkin.
Shaxsiy ma'lumotlarni yashirish. Uy manzili, telefon raqamlari, qiziqishlar, parollar kabi shaxsiy ma'lumotlarni begonalarga bermasligimiz kerak. Fotosuratlar notanishlarga yuborilmasligi kerak, chunki ular bilmagan holda noto'g'ri ishlatilishi va boshqalar bilan bo'lishishi mumkin.
Yuklab olish paytida. Internet musiqa tinglash va bilim olish,shuningdek, videolarni tomosha qilish va virtual o'yinlarni o'ynash uchun ishlatiladi. Ularni noqonuniy ravishda yuklab olish yoki mualliflik huquqi bilan himoyalangan materiallarni almashish uchun foydalanmasligimiz kerak. Barcha mualliflik huquqlari va mualliflik huquqi masalalari muhimligini bilishi kerak.
Internetga kirish. Internet har bir kishi uchun vaqtni tejaydigan vosita bo'lib, o'quv dasturlarini amalga oshirish imkoniyatlarini kengaytiradi. Ta’lim jarayoni tegishli va ishonchli ma'lumotni tez va oson topish, bu ma'lumotlarni tanlash, tushunish va baholash kabi xususiyatlarga bog'liq. Internetda ma'lumot qidirish bu ko'nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi. Talabalar sinfdagi mashg’ulotlarlar va uyga olib boriladigan vazifalarni bajarishda veb-sayt tarkibini solishtirishlari, muayyan kontentning maqsadi, aniqlik va ishonchlilikni aniqlash va baholash mezonlarini mustaqil amalga oshirishlari talab etiladi. Ko'pgina saytlar muammolar bo'yicha alohida qarashlarni qabul qilganligi sababli, Internet faktlarni shaxsiy fikrdan ajratish va sub'ektivlik va ob'ektivlikni o'rganish ko'nikmalarini rivojlantirish uchun foydali vositadir.
Kompyuter foydalanuvchilari uchun axloqiy qoidalar.

  • Boshqa foydalanuvchilarga zarar yetkazish uchun kompyuterlardan foydalanmang.

  • Boshqa shaxslarning ma'lumotlarini o'g'irlash uchun kompyuterdan foydalanmang.

  • Egasining ruxsatisiz fayllarga kirmang.

  • Muallifning ruxsatisiz mualliflik huquqi bilan himoyalangan dasturiy ta'minotni noqonuniy ko’chirmang.

  • Har doim mualliflik huquqi qonunlari va siyosatlarini hurmat qiling.

  • Boshqalardan ham xuddi shunday narsani kutganingizdek, boshqalarning shaxsiy hayotini hurmat qiling.

  • Boshqa foydalanuvchining kompyuter resurslaridan ularning ruxsatisiz foydalanmang.

  • Internetdan axloqiy foydalaning.

  • Noqonuniy internet aloqasi va faoliyati haqida ma’lumotga ega bo’lsangiz Internet provayderlari va mahalliy huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qiling.

  • Foydalanuvchilar o’zlarining identifikatori va parollarini himoya qilish uchun javobgardirlar. Yodga olish uchun ularni qog'ozga yoki boshqa joyga yozmasliklari kerak.

  • Foydalanuvchilar parol ma'lumotlari, fayllar va boshqalarni o'z ichiga olishi mumkin bo'lgan boshqalarning ma'lumotlarini olish yoki o'zgartirish uchun kompyuterlardan ataylab foydalanmasliklari kerak.

Internet etikasi haqiqatan ham keng atama bo’lib, u asosan jamiyatimiz hayotining rivojlanishi internetning rolini tahlil qilishni nazarda tutadi. Internet bunday hayotning rivojlanishida ijobiy rol o'ynayaptimi yoki bizga qandaydir tarzda xalaqit bermoqdami?
Bu tushuncha ostida ko'plab muammolar mavjud. Ijtimoiy tarmoqlarning insoniy munosabatlarni yaratishdagi rolidan tortib, shaxsiy daxlsizlik, tarmoq betarafligi, internetga kimlar kirishi va kirmasligi, katta ma'lumotlar ekotizimini rivojlantirish, to'plangan ma'lumotlar kim tomonidan va kim haqida va qanday maqsadlarda foydalanilishi. Bularning barchasi internet etikasi tushunchasining tashkil etuvchilari sifatida e’tirof etiladi. Ushbu atama bilan bog’liq turli xil munozaralar va yangi savollar tobora ko’payib bormoqda, chunki internet hayotimizning har bir jabhasi bilan bog'liq.
Konfidensiallik. Internet etikasiga oid eng qiziqarli axloqiy savollardan biri internetda konfidensiallik tushunchasi atrofida aylanadi. Internet yuridik tashkilotlar, hukumat yoki ularning har ikkalasi tomonidan ommaviy kuzatuv vositasiga aylanayotgan bo'lsa ham ijodkorlik, so'z erkinligini, internet olami bo'ylab chegarasiz ma'lumot almashish erkinligini taklif qiluvchi vosita bo'lib qolishi mumkinmi?
Bugungi kunda tobora ko'proq odamlarning shaxsiy ma'lumotlarining to'planishi va saqlanishi hamda ular o’zlari bilmagan turli xil yo'llar bilan o’zlariga yoki o’zgalarga qarshi foydalanilishini istamasliklari haqida tashvishlanayotganini kuzatilmoqda. Bu odamlarga muloqot qilish imkonini berishning ajoyib usuli bo'lgan internet uchun haqiqatan ham muammoga aylanib bormoqda.
Ma'lumotlar hajmining ortishi. Internetning yuksalishi olib kelgan hodisalardan biri bu  ma'lumotlarning katta hajmlarini to'plash va tahlil qilish bo'lib, bu ma'lumotlar kim yoki nima haqida to'plangani, kim bunday ma'lumotlarni yig'ishdan manfaatdor ekanligi har doim ham nazoratga olingan bo’lishi kerak.
Etik neytrallilik. Internet rivojlanishining axloqiy tamoyillaridan biri bu tarmoq neytralligi bo'lib, Internet tarmoqlari kontrollerlari (boshqaruvchi) mavjud bo'lgan kontent turlarini saralay olmaydi va barcha turdagi informatsiya oqimi tarmoqda harakatlanishi mumkin bo'ladi. Haqiqatan ham ushbu tarmoqlarni boshqaradigan kompaniyalar foyda olish yo'llarini topishga yoki ba'zi kontentni boshqalardan ko'ra ko'proq iste'mol qilishni rag'batlantirishga harakat qilayotgani sababli, bu tobora qiyinlashmoqda. Va tartibga soluvchilar kompaniyalar fuqarolik erkinliklariga aralashmoqda va oddiy internet foydalanuvchilari xolis, neytral internet kanaliga ega bo'lish uchun harakat qilmoqdalar. Internet aloqa va ma'lumot uzatish uchun neytral maydoni bo'lib qoladimi yoki qaysidir ma'noda kontentga aralashuv ma'qul jarayonmi? Bu erkinlik va umuman axborot olish uchun muhim yo’nalishlardan hisoblanadi.
Internetga kirish. Hozirda hattoki Silikon vodiysida ham internetga kirish imkoniga ega bo'lmagan yoki faqat telefonlari orqali va keng polosali internet tarmog’iga ulanish imkoniyatiga ega bo’lmagan juda ko’p odamlar bor. Ko’pchilik talabalar metro yaqinida yoki bepul Wi-Fi mavjud boshqa joyda internetga tarmog’iga ulanish uchun o'tirishga majbur ekanligi ham ayni haqiqatdir.
“Internetga kirish jamiyatimizda inson huquqi sifatida ko'rib chiqilishi kerakmi?” - degan savolning paydo bo’lishi tabiiy hol. Chunki hattoki AQShda hali ham juda ko'p odamlar ushbu muammo bilan kurashayotgani AQSh hukumati uchun alohida mavzu bo’lishi aniq.
Internetsiz postindustrial jamiyat mavjudligini tasavvur qilish qiyin. U zamonaviy dunyoning ajralmas qismiga aylandi. Dunyoqarashimizni o'zgartirib, yangi imkoniyatlar ochdi. Global tarmoq uzoq vaqtdan beri hayotning barcha jabhalariga: ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma'naviy sohalarga kirib kelgan. U butun dunyo bo'ylab milliardlab odamlar tomonidan qo'llaniladi. Uning yordamida odamlar ishlashlari, o‘qishlari, muloqot qilishlari, dam olishlari, kerakli ma’lumotlarni izlashlari, xarid qilishlari mumkin. Biroq, butun dunyo bo'ylab tarmoq keltiradigan va inkor etib bo‘lmaydigan afzalliklar bilan bir qatorda, unda sezilarli kamchiliklar ham mavjud. Shu sababli nafaqat har bir shaxs, balki butun jamiyat zararlardan himoyalangan emas. Internetning asosiy kamchiliklaridan biri bu internet olamida axloqning deyarli yo'qligi. Albatta, u juda oz miqdorda mavjud. Web-saytlar, bloglar, jamoalar, ijtimoiy tarmoqlar, o'zlarining professional obro'sini qadrlaydigan tashkilotlar va shaxslar uchun internet etikasi muhim tashkil etuvchi sifatida qaraladi. Afsuski, shuni tan olish kerakki, Internet makonida axloq hali juda kam. Bu esa, o'z navbatida, ma'lum tahdidlarni keltirib chiqaradi. Masalan: shaxsiy ma'lumotlarni o'g'irlash, intellektual mulk, Internetdagi firibgarlikning barcha turlari, viruslar yoki xavfli ma'lumotlarni o'z ichiga olgan veb-saytlar va jamoalar (yolg'on, zo'ravonlik targ'iboti, pornografiya va boshqalar), bezorilik va nafrat, o'z xizmatlarini sotadigan ko'plab soxta "professionallar".

Download 3.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling