Kibermakondagi diniy


 Diniy jarayonlarning kibermakonda gavdalanishiga turli din


Download 4.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/54
Sana17.10.2023
Hajmi4.04 Mb.
#1706025
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   54
Bog'liq
Kibermakondagi diniy jarayonlar

3. Diniy jarayonlarning kibermakonda gavdalanishiga turli din 
vakillarining munosabati. Din va Internet bir qarashda o‘zaro 
nomtumanosib hodisa bo‘lib ko‘rinadi. Aslida esa, Internet diniy targ‘ibot 
samaradorligini oshirish, dindorlar va diniy uyushmalar o‘rtasida 
muloqotni yanada mustahkamlashga imkon beradigan Real hayotdagi 
diniy faoliyatning o‘ziga xos to‘ldiruvchisi sifatida qaraladi. Mazkur 
masala yuzasidan turli din vakillari va mutaxassislarning fikrini 
jamlashaga harakat qilgan Moskva shahrida 2008 yilda o‘tkazilgan davra 
suhbati xulosalarini quyida keltiramiz. 
Internetning jamiyat va xususan, diniy hayotda tutgan o‘rni borasida 
Moskva patriarxligi cherkovining tashqi aloqalari bo‘limi raisi 
o‘rinbosari Vsevolod Chaplin «butundunyo o‘rgimchak to‘ri»ning 
paradoksal xususiyatiga e'tiborini qaratib, internetning g‘ayritabiiy 
erkinlik manbai ekanini, biroq u foydalanuvchini muayyan hammaslaklar 
doirasida «o‘ralashib» qolishiga sabab bo‘lishi mumkinligini ta'kidlagan. 
Uning fikricha, rus pravoslav cherkovi uchun bunday yangi axborot 
kanalining paydo bo‘lishi quvonarli hodisadir. 
Chaplin Internet diniy g‘oyalarni targ‘ib qilishda axborot inqilobini 
ro‘yobga chiqarganini qat'iy ishonch bilan ta'kidlagan holda: «Avvallari 
ijtimoiy fikrni bir necha telekanallar va Markaziy gazetalar shakllantirar 
edi. Bir necha jurnalistlar o‘zaro kelishib olsa, istalgan yo‘nalishdagi 
g‘oyani ommaga singdira olardilar. Endi esa vaziyat o‘zgardi – ma'lumot 
beruvchi manbalar sonining shiddat bilan o‘sishi axborot monopoliyasiga 
chek qo‘ydi». 
Moskva patriarxatligi matbuot xizmati raisi Vladimir Vigilyanskiy 
«mingga yaqin pravoslav yo‘nalishidagi saytlar mavjud. Biz Internet 


37 
yordamida 2000 yilgacha cherkov tushib qolgan informasion to‘siqni 
engib o‘ta oldik. Internetning paydo bo‘lishi bilan axborot yo‘lini 
to‘sishning iloji bo‘lmay qoldi», - deb ta'kidlagan. 

Download 4.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling