Kibermakondagi diniy
Internetda terrorchilik ruhdagi saytlarning yuritilishidagi
Download 4.04 Mb. Pdf ko'rish
|
Kibermakondagi diniy jarayonlar
3. Internetda terrorchilik ruhdagi saytlarning yuritilishidagi
o‘ziga xosliklar. 2003-2004 yillardagi Internet veb saytlari tahlil qilinganda, terrorchilarga xizmat qiluvchi yoki uni qo‘llab-quvvatlovchi yuzlab saytlar aniqlangan. Ineternetda terrorchilarning veb saytlari tezlik bilan paydo bo‘ladi, o‘zining formatini o‘zgartiradi va bir zumda g‘oyib bo‘ladi. Aksariyat hollarda g‘oyib bo‘lganda o‘zining onlayn manzilini o‘zgartiradi, ammo ma'lumotlar joylashtirilgan kontent o‘shaligicha qolaveradi. Xayfa universiteti professori Gabriel Veynman tahliliga ko‘ra, terrorchilik ruhidagi veb saytlar uch turdagi auditoriyani o‘ziga nishon qilib oladi: Joriy va potentsial qo‘llab-quvvatlovchilar. Terrorchilik ruhidagi veb saytlar shiorlardan foydalanishga katta kuch sarf qiladilar va o‘zlarining tarafdorlariga sotish uchun turli buyumlar, masalan: futbolka, emblema, znachok (nishon), bayroq, video va audiolar shular jumlasidan. 134 Odatda, bunday tashkilotlar mahalliy tarafdorlarni o‘sha tildagi veb saytlar orqali «qarmoqga iltintirish»ga harakat qiladi. Shuningdek, saytlarida o‘z faoliyatlari to‘g‘risida, tashkilotning ichki siyosati, uning tarafdorlari va dushmanlari to‘g‘risida batafsil ma'lumotlar joylab boradilar. Xalqaro jamoatchilik fikri. Xalqaro jamoatchilik bu – mazkur mojarolarga bevosita aloqasi bo‘lmagan, ammo saytning mahalliy tildan boshqa tildagi versiyasi bilan hamda ularning amaliyotiga qiziquvchilardir. Ko‘plab kontent tahlillaridan ma'lum bo‘ladiki, xorijlik jurnalistlar ham ularning nishoni. Ko‘pincha xorijlik muxbirlarga bo‘lib o‘tgan voqeaning batafsil ma'lumoti juda muhim. Birgina Hizbullohning sayti jurnalistlarga o‘zlarining matbuot uyi bilan elektron pochta orqali hamkorlik qilishni taklif qiladi. Muxolif jamoatchilik. Aksariyat saytlarning kontentidan qarshi turuvchi jamoatchilikka intilish ochiq-oydin namoyon bo‘lmaydi. Biroq ba'zi saytlar qarshi hujum va aybdorlik hissini uyg‘otish orqali dushmanni demorilizoat qilishga harakat qiladi. Bunday jarayonda ular o‘zlariga qarshi bo‘lganlarning bayonotlariga qarshi jamoatchilik fikrini o‘zgartirish va uni «ko‘tarish»ga harakat qiladilar. Shuningdek, olim terrorchilarning internetdan foydalanishining sakkiz yo‘li mavjudligini qayd etib o‘tgan. Bularga: psixologik urush, ommaviylik va tashviqot, ma'lumot to‘plash, pul yig‘ish, verbovka (da'vat) va mobilizasiya, ma'lumot almashish, rejalashtirish, kelishish kabi yo‘llarni kiritgan. Terrorizm, odatda, psixologik urush sifatida tushunib kelingan, o‘z navbatida, terrorchilar Internet orqali shunday kurash olib borishni rejalashtirganlar. Terrorchilarning bunday urush olib borishining bir necha 135 yo‘llari bor. Masalan, ular internetni yolg‘on ma'lumot tarqatish, insonlardagi qo‘rquv va himoyasiz ekanligiga qaratilgan hujum uyushtirish, o‘zlarining oxirgi amaliyotlaridan olingan vahshiylarcha o‘ldirilgan jasadlar rasmini tarqatish uchun foydalanadilar. Shuningdek, terrorchilar psixologik hujumni, kiber qo‘rquv orqali ham amalga oshiradilar. Bunga misol qilib, havo transport tizimida nazoratni ishdan chiqarish orqali halokat sodir etish yoki milliy iqtisodiyot tizimini tartibga solib turuvchi kompyuterlarga hujum qilish orqali jamoatchilikda terrorchilar shunday xavflarni keltirib chiqarishi mumkinligiga ishonchni shakllantiradilar. Internet imkoniyatlari ortgani sari terrorchilarning ommaviylik imkoniyatlari ham kengaydi. Avvallari bosma matbuot, radio va televidenie orqali o‘z faoliyatlariga ommani jalb etishga intilganlar. Ammo bu an'anaviy medianing ko‘pbosqichli tahrirlaridan o‘zlarining maqsadlariga eta olmaganlar. Bugungi kunda har bir terrorchi tashkilot o‘zi tasarruf etadigan veb saytlarga ega bo‘lib ulgurgan. Professor G.Veynman fikriga ko‘ra, bunday saytlar, odatda, o‘z zo‘ravonliklarini oqlashda uch turdagi ritorik tuzilmadan foydalanadilar. Birinchidan, terrorchilar zo‘ravonlikka murojaat qilishdan boshqa choralari yo‘qligini e'lon qildilar. Terrorchi tashkilotlar, odatda, doimiy ta'qibda, etakchilariga suiqasd va ularni qo‘llab-quvvatlovchilar shafqatsizlarcha o‘ldirilgani, so‘z erkinligi cheklangani va tarafdorlari qamoqqa olingani kabi holatlarni tasvirlaydilar. Mazkur usul orqali ular kichkina, ojiz va jabrlangan tashkilot bo‘lib, o‘zlarini kuchli Davlat yoki tashkilot tomonidan jablangandek ko‘rsatadilar. 136 Ikkinchi ritorik tuzilma – bu zo‘ravonlikdan foydalanishni qonuniylashtirish va shu orqali raqibni ayblash. Bunda harakat yoki tashkilot a'zolari o‘zlarini erkinlik kurashchilari sifatida ko‘rsatadilar. Uchinchi ritorik tuzilmada zo‘ravonlik usullaridan foydalanishni rad etishda tildan keng miqyosda foydalanish. Shuningdek, mazkur terrorchi tashkilotlar o‘z veb saytlarida tinch yo‘l bilan echimga kelish hamda ularning maqsadlari muzokaralar orqali diplomatik kelushuvga erishishini e'lon qiladilar. Internetdan tashviqot doirasida g‘oyaviy va amaliy tavsiyalarni o‘zida mujassam etgan hamda terrorchilik faoliyatini reklama qiluvchi, oqlovchi va sharhlovchi multimedia texnologiyalaridan foydalanadilar. Bunga virtual matnlar, taqdimotlar, jurnallar, nazariy ma'lumotlar, audio – video fayllar, shuningdek, terrorchi tashkilotlar va ularni qo‘llab quvvatlovchilar tomonidan yaratilgan elektron o‘yinlar misol bo‘la oladi. Internetni keng raqamli kutubxona sifatida ham ko‘rish mumkin. «Butunjahon o‘rgimchak to‘ri»ning o‘zi bugungi kunda milliardlab ma'lumotlar sahifalarini taqdim etadi. Bu ma'lumotlarning aksariyati bepul. Bunday ochiq ma'lumotlar terrorchilarga ma'lumot to‘plashni engillashtiradi. Terrorchilar Internet orqali tashviqot va hujum yo‘riqnomalarini tarqatish bo‘yicha mutaxassisga aylanib ulgurganlar. Ammo Download 4.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling