Kibermakondagi diniy


Download 4.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/54
Sana17.10.2023
Hajmi4.04 Mb.
#1706025
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   54
Bog'liq
Kibermakondagi diniy jarayonlar

Mavzu yuzasidan savollar: 
1. Dastlabki kibercherkov haqida ma'lumot bering. 
2. Onlayn cherkovlarni diniy amaliyotlar olib borishiga nisbatan 
qanday tasniflash mumkin? 
3. Raqamli makonda xristian dini jamoalarining o‘ziga xos 
xususiyatlari nimalarda namoyon bo‘ladi? 


127 
4. Virtual diniy jamoalar va ularning bugungi kundagi faoliyati 
haqida so‘zlab bering. 
Tavsiya etiladigan adabiyotlar: 
1. Gonzalez V. Born-Again Digital: Exploring Evangelical Video 
Game Worlds. Chapel Hill, 2014. 
2. Hasanboev O‘. O‘zbekistonda davlat va din munosabatlari: diniy 
tashkilotlar, oqimlar, mafkuraviy kurashning dolzarb yo‘nalishlari. 
–Toshkent: «Toshkent Islom universiteti» nashriyot-matbaa 
birlashmasi, 2014. 
3. Федоркевич Е.В., Ветошев В.О. Отбор критериев оценки 
качества сайтов образовательных организаций // Интернет-
журнал «Мир науки» 2017, Том 5, №2http://mir-
nauki.com/PDF/43PDMN217.pdf (доступ свободный). 
4. Campbell H., Altenhofen B., Bellar W., Kyong James Cho.
There’s a religious app for that!: A framework for studying 
religious mobile applications. 2014. 


128 
11-Mavzu. “Web” texnologiyasiga «kiberjihod» 
va kiberterrorizmning transformasiyasi 
Reja: 
1. Kibermakondan g‘arazli maqsadlarda foydalanish yo‘llari – 
kiberjihod misolida. 
2. Kiberterrorizm – psixologik-texni urushning yangi turi. 
3. Internetda terrorchilik ruhdagi saytlarning yuritilishidagi o‘ziga 
xosliklar. 
 
1. Kibermakondan g‘arazli maqsadlarda foydalanish yo‘llari – 
kiberjihod misolida. 1970 yillarda kompyuterlarni o‘zaro bog‘lab 
akademik maqsadlarda foydalanilgan tarmoq, 20 yil o‘tib o‘zining 
xarakterini o‘zgartirdi va keng miqyosda tarqaldi. 1990 yillarning 
o‘rtalarida 18,000 dan ziyod shaxsiy, jamoat va milliy tarmoqlar bir-biriga 
ulagan. Ularga 3.2 million bosh kompyuter hamda rivojlangan 
davlatlardan qariyb 60 million foydalanuvchi bog‘langan. XXI asrning 
boshidagi taxminiy hisob-kitoblarga ko‘ra, ularning soni milliarddan 
oshib ketgan. 
Internet ommalashgani sari madaniyatlar integratori, biznes, 
iste'molchi va hukumatni bir-biri bilan bog‘lovchi vositaga aylandi. Biroq 
tarmoqdan foydalanuvchilar soni va hajmi ortgani sari uning dastlabki 
maqsadlaridan o‘zga maqsadlar, ya'ni pornografiya, zo‘ravonlikni targ‘ib 
qiluvchi kontentlar hamda turli ekstremistik tashkilotlar tomonidan yovuz 
maqsadlarda internetdan foydalanishlar ham orta boshladi. Turli siyosiy 


129 
maqsadlarni ko‘zlagan guruhlar tarmoqdan o‘z tashviqotlarini olib borish, 
tarafdorlari bilan bog‘lanish, olib borayotgan ishlariga nisbatan 
jamoatchilik xabardorligini kuchaytirish va xatto o‘z operasiyalarini 
amalga oshirish uchun foydalana boshladilar. 
Internet o‘zining oson aloqa bog‘lash, qoidalarning yo‘qligi, katta 
auditoriyani qamrashi, ma'lumot oqimining tezligi kabi imkoniyatlari 
bilan jamiyatga xavf soluvchi terrorchilik harakatlarini amalga 
oshiruvchilarning o‘z maqsadiga erishishining engil yo‘liga aylanib 
ulgurdi. 
Bu afzalliklar siyosiy maqsadidan qat'i nazar terrorchi 
tashkilotlarning e'tiboridan chetda qolmadi. Dunyoning turli nuqtalarida 
faoliyat yurituvchi terrorchi tashkilotlar yagona global tarmoqda birlashdi. 
«Kiberjihod» jarayonini kengroq anglash maqsadida Islom dinida 
jihodning talqinini to‘g‘ri tushunish lozim. «Jihod» – (Arab. «g‘ayrat 
qilish», «kuchni ishga solish») so‘zi «jiddu-jahd», ya'ni inson o‘z 
maqsadiga erishish yo‘lida bor imkoniyatlarini ishga solib, harakat 
qilishini anglatadi. Istilohda esa, ushbu so‘z bir qancha ma'nolarda 
ishlatiladi. Jumladan, «jihod»ning – Allohning yo‘liga da'vat qilish, 
yaxshilikka chaqirish va yomonlikdan qaytarish, Alloh yo‘lida insonning 
o‘z havoi nafsiga qarshi kurashi, ota-onaga xizmat qilishi va yovga qarshi 
kurashishdek turlari mavjud. 
Bunga dalil sifatida Imom Termiziydan rivoyat qilingan quyidagi 
hadisi sharifda: «Jihodning afzali Alloh taoloning roziligini deb inson o‘z 
havoi nafsiga qarshi jihod qilishidir», deyilgan. Shuningdek, Imom 
Buxoriy va Imom Muslim rivoyat qilgan: «bir kishi Rasululloh (a.s.)ga: 
«men jihodda qatnashmoqchiman», dedi. U zot: «ota-onang bormi?»deb 


130 
so‘radilar. «Ha», deb javob qildi u kishi. Shunda Payg‘ambar (a.s.): 
«Ularning huzuriga borib, yordam ber, xizmatini qil! Shu sening 
jihodingdir», dedilar». Shundan kelib chiqqan holda musulmon ulamolar 
farzandning ota-onaga qilgan xizmati ham jihod bo‘lishini ta'kidlaganlar. 
Jihod so‘zi Arab tili lug‘atida «urush» ma'nosini bermaydi, Arab 
tilida «urush» ma'nosi «qitol» so‘zi orqali ifoda etiladi. Islomda jihod, 
avvalo, urush ma'nosida emas, Allohning diniga so‘z bilan da'vat qilish 
ma'nosida yuzaga kelgan. Insonning havoyi nafs ko‘yiga kirmasligi, uni 
engib, shariatga muvofiq yashash uchun jon-jahdi bilan qilgan harakati, 
haq so‘zning joyini topib aytishi ham jahodga kiradi
4
.
«Kiberjihod» esa kibermakonda eng so‘nggi raqamli texnologiyalar 
orqali urush olib borishni anglatadi. «Kiberjihod» fenomenining o‘ziga 
xosligi uning kompleks xarakteri bilan ifodalanadi. U o‘z ichiga 
texnologik, texnik va g‘oyaviy jihatlarni qamrab oladi. Inson ongiga 
axborot-psixologik ta'sir usulini texnologik jihat qamrab olsa, texnogen 
xarakterdagi jiddiy talafotlarni keltirib chiqaruvchi infrastukturalarga 
zarar etkazish orqali texnik jihatni qamrab oladi. Texnik jihat esa 
kiberterrorizmni amalga oshirishga imkon yaratadi.
So‘nggi yillarda G‘arb media makonida terrorizm mavzusi 
zo‘ravonlik ekstremizmi va «muqaddas urush» bilan bog‘liq holda 
yoritilmoqda. Kiberterrorizm xavfi ommaviy axborot vositalari, xavfsizlik 
uyushmalari va axborot-kommunikasiya texnologiyalarini qamrab oladi. 
Kiberterrorizm atamasi 1980 yillarning o‘rtalarida AQShlik ilmiy xodim 
– Berri Kolin tomonidan ilmiy muomalaga kiritilgan. Ushbu atama 
4
Ислом энциклопедия. Ж. 2. 2017. – Б. 164. 


131 
internetdan 
foydalanish 
sur'atlari 
ortib, 
vujudga 
kelayotgan 
axborotlashgan jamiyatda yuqori texnologiyalarning potentsial xavfiga 
oid tadqiqotlar doirasida qo‘llana boshlagan. 90-yillar boshlarida 
AQShning Milliy fanlar akademiyasi kompyuter xavfsizligiga oid 
hisobotlarida: «ertangi terrorchi kompyuter klaviaturalari orqali 
bombadan ko‘ra kuchli talafot etkazishi mumkin», deb qayd etilgan. 

Download 4.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling