Kibermakondagi diniy
©«UMID DESIGN» nashriyoti, 2022 3 KIRISH
Download 4.04 Mb. Pdf ko'rish
|
Kibermakondagi diniy jarayonlar
©«UMID DESIGN» nashriyoti, 2022
3 KIRISH Dunyoda XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab kompyuterlar va Internet aloqasining ommalashuvi inson amaliy faoliyatining har bir jabhasiga, xususan, diniy jarayonlarga ta'siri barobarida, XXI asr ibtidosida qator ijtimoiy va iqtisodiy muammolarni ham keltirib chiqardi. Insoniyat tarixida ma'lumot uzatilishining tezligi va muhimlik darajasi bugungi kundagidek jadal sur'atlarda ommalashishiga kibermakon asosiy vositalardan biri bo‘lib xizmat qilmoqda. Shu boisdan ham kibermakon va Islom bilan bog‘liq diniy-ma'naviy jarayonlarni ilmiy kontseptual o‘rganish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Jahon miqyosida axborot-kommunikasiya texnologiyalariga intilish globallashuv sharoitida o‘zining mustaqil fikriga ega, texnika imkoniyatlaridan unumli va rasional foydalanuvchilar uchun ulkan imkoniyatlar eshigini ochdi. Internet tarmog‘ining dastlabki vazifalari avvalida texnologik uzilishlarni bartaraf etishga alohida e'tibor qaratilgan edi. Vaqt o‘tishi bilan «Butundunyo o‘rgimchak to‘ri» inson ehtiyojlari va qiziqishlaridan kelib chiqqan holda turli mazmundagi axborotlar, ko‘ngilochar dasturlarni o‘zida mujassam etgan misli ko‘rilmagan qulayliklarni yaratdi. Bu esa, o‘z navbatida, internetning keng ommalashuviga olib keldi. Shu bilan bir qatorda, inson ongiga salbiy ta'sir o‘tkazishga qaratilgan tajovuzlar, mamlakatning axborot boshqaruv tizimini izdan chiqarishga urinishlar ham ortdi. Kibermakon esa ijobiy va salbiy jarayonlarni amalga oshirishda qulay muhit maqomini kasb etdi. Telefon suhbatlari, «chatlar», turli onlayn bahslar, kompyuter aloqasi umumiy ko‘rinishda kibermakonda rivojlandi. Raqamli texnologiyalar kibermakondan erkin foydalanish imkonini yaratish bilan bir vaqtda, undagi xavf-xatarlarning ko‘z ilg‘amas darajada yuqorilayotganini ham anglatadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 4 Sh.M.Mirziyoev yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha ilGari surgan beshta muhim tashabbusdan uchinchisi «aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan” 1 i ham aynan shu bilan izohlanadi. Statistik ma'lumotlarga ko‘ra, hozirgi kunda er yuzi aholisining 4 536 millioni internetdan foydalanmoqda (2019 yil noyabr ma’lumotiga ko‘ra). Ularning 830 millionini yoshlar tashkil etadi. Ular o‘rtacha 15-24 yoshli fuqarolardir. Demak, yoshlarning axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan foydalanish texnik va mafkuraviy madaniyatini yuksaltirish orqali ularda turli g‘oyaviy tahdidlarga, xususan, diniy ekstremizm, terrorizm, «ommaviy madaniyat» va boshqa yot g‘oyalarga qarshi mustahkam immunitetni shakllantirish alohida ahamiyat kasb etmoqda. Shu sababli, kibermakonda turli dinlarga oid jarayonlarning namoyon bo‘lish shakllarini va hozirgi kundagi rivojlanishini o‘rganish, ilmiy asoslangan holda tahlil qilish davrning dolzarb vazifasiga aylandi. Bakalavr talabalari uchun tayyorlangan mazkur o‘quv qo‘llanmada bugungi kunda kibermakonga integratsia qilingan diniy amaliyotlar ularning tarixiy rivojlanishi va doirasining kengayishidan to bugungi kuniga qadar ma’lumot berildi. Ma’lumotlarda kibermakonga kirib brogan dinlarning tarixiy xronologiyasi asosida yondashildi hamda ularning munosabatlariga alohida to‘xtalib o‘tildi. Har bir mavzu yakunida tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxati keltirildi. Mazkur o‘quv adabiyoti Dinshunoslik yo‘nalishi talabalari uchun foydali qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi degan umiddamiz. 1 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning davlat rahbarlari boshchiligida o'tkazilgan videoselektorda ilgari surgan tashabbuslari. https://kun.uz/news/2019/03/20/prezident-beshta-muhim-tashabbusni- ilgari-surdi-ular-nima |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling