Kibermakondagi diniy


 Fanning predmeti, masadi va vazifalari


Download 4.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/54
Sana17.10.2023
Hajmi4.04 Mb.
#1706025
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
Bog'liq
Kibermakondagi diniy jarayonlar

2. Fanning predmeti, masadi va vazifalari. Dunyoda XX asrning 
ikkinchi yarmidan boshlab kompyuterlar va Internet aloqasining 
ommalashuvi inson amaliy faoliyatining har bir jabhasiga, xususan, diniy 
jarayonlarga ta'siri barobarida, XXI asr ibtidosida qator ijtimoiy va 
iqtisodiy muammolarni ham keltirib chiqardi. Insoniyat tarixida ma'lumot 
uzatilishining tezligi va muhimlik darajasi bugungi kundagidek jadal 
sur'atlarda ommalashishiga kibermakon asosiy vositalardan biri bo‘lib 
xizmat qilmoqda. Shu boisdan ham kibermakon va Islom bilan bog‘liq 
diniy-ma'naviy jarayonlarni ilmiy kontseptual o‘rganish dolzarb ahamiyat 
kasb etmoqda. 
Jahon miqyosida axborot-kommunikasiya texnologiyalariga intilish 
globallashuv sharoitida o‘zining mustaqil fikriga ega, texnika 
imkoniyatlaridan unumli va rasional foydalanuvchilar uchun ulkan 
imkoniyatlar eshigini ochdi. Internet tarmog‘ining dastlabki vazifalaridan 
avvalida texnologik uzilishlarni bartaraf etishga alohida e'tibor qaratilgan 
edi. Vaqt o‘tishi bilan «Butundunyo o‘rgimchak to‘ri» inson ehtiyojlari va 
qiziqishlaridan kelib chiqqan holda turli mazmundagi axborotlar
ko‘ngilochar dasturlarni o‘zida mujassam etgan misli ko‘rilmagan 
qulayliklarni yaratdi. Bu esa, o‘z navbatida, internetning keng 



ommalashuviga olib keldi. Shu bilan bir qatorda, inson ongiga salbiy ta'sir 
o‘tkazishga qaratilgan tajovuzlar, mamlakatning axborot boshqaruv 
tizimini izdan chiqarishga urinishlar ham ortdi. Kibermakon esa ijobiy va 
salbiy jarayonlarni amalga oshirishda qulay muhit maqomini kasb etdi. 
Telefon suhbatlari, «chatlar», turli onlayn bahslar, kompyuter aloqasi 
umumiy ko‘rinishda kibermakonda amalga oshiriladi.
Raqamli texnologiyalar kibermakondan erkin foydalanish imkonini 
yaratish bilan bir vaqtda, undagi xavf-xatarlarning ko‘z ilg‘amas darajada 
yuqorilayotganini ham anglatadi. O‘zbekiston Respublikasining 
Prezidenti Sh.M.Mirziyoev yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish va ularning 
bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha ilgari surgan beshta muhim 
tamoyillardan uchinchisi «aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter 
texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga 
qaratilgan» i ham aynan shu bilan izohlanadi. Statistik ma'lumotlarga 
ko‘ra, hozirgi kunda er yuzi aholisining 4 536 millioni internetdan 
foydalanmoqda. Ularning 830 millionini yoshlar tashkil etadi. Ular 
o‘rtacha 15-24 yoshli fuqarolardir. Demak, yoshlarning axborot-
kommunikasiya texnologiyalaridan foydalanishning texnik va mafkuraviy 
madaniyatini yuksaltirish orqali ularda turli g‘oyaviy tahdidlarga, 
xususan, diniy ekstremizm, terrorizm, «ommaviy madaniyat» va boshqa 
yot g‘oyalarga qarshi mustahkam immunitetni shakllantirish alohida 
ahamiyat kasb etmoqda. Shu sababli, kibermakonda diniy-ma'naviy 
jarayonlarning namoyon bo‘lish shakllarini ilmiy asoslangan holda tahlil 
qilish davrning dolzarb vazifasiga aylandi.
XXI asr axborot asri deb e'tirof etilayotgani bejiz emas. Insoniyat 
tarixida ma'lumotning muhimlik darajasi bu kabi yuqori cho‘qqilarni zabt 


10 
etmagan edi. Insonlarning yangi bilimlarni egallashga qiziqishi tobora 
ortib borayotgan globallashuv jarayonida ijtimoiy ongni zaharlashga 
qaratilgan tajovuzlar, mamlakatning axborot boshqaruvini izdan 
chiqarishga urinishlar tobora ortib bormoqda. Bunda yoshlarning axborot-
kommunikasiya texnologiyalaridan foydalanish madaniyatini yuksaltirish 
orqali ularda turli mafkuraviy tahdidlarga, xususan, ekstremizm, terrorizm 
va boshqa yot g‘oyalarga qarshi mustahkam g‘oyaviy immunitetni 
shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday jarayonlarni amalga 
oshirishda esa kibermakon qulay muhit manbaiga aylanib ulgurgan. 
Fannining predmeti – talabalarga kibermakondagi diniy jarayonlar 
dinamikasi bo‘yicha bilimlarning nazariy asoslarini, raqamli vositalardagi 
din bilan bog‘liq asosiy tushunchalar va kategoriyalarini, global makonda 
amal qilivchi diniy amaliyotlarning tarixi va konvergensiyasini o‘rgatish 
hamda ularni amaliyotga tatbiq etish ko‘nikmasini hosil qilishdan iborat.
Fanning vazifasi nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, 
kibermakondagi diniy jarayonlarga uslubiy yondashuv hamda ilmiy 
dunyoqarashini shakllantirish, diniy amaliyotlarning global tarmoqdagi 
tarixi va konvergensiyasining mazmun-mohiyatini bilish, ularga nisbatan 
shaxsiy munosabatni shakllantirish orqali dinlarning raqamli 
texnologiyalardagi ijobiy va salbiy jitshatlarini ochib berish. 
Jahon miqyosida axborot-kommunikasiya texnologiyalariga intilish 
globallashuv sharoitida o'zining mustaqil fikriga ega, texnika 
imkoniyatlaridan unumli va rasional foydalanuvchilar uchun ulkan 
imkoniyatlar eshigini ochdi. Internet tarmog'ining dastlabki vazifalari 
avvalida texnologik uzilishlarni bartaraf etishga alohida e'tibor qaratilgan 
edi. Vaqt o'tishi bilan «Butundunyo o'rgimchak to'ri» inson ehtiyojlari va 


11 
qiziqishlaridan kelib chiqqan holda turli mazmundagi axborotlar, 
ko'ngilochar dasturlarni o'zida mujassam etgan misli ko'rilmagan 
qulayliklarni yaratdi. Bu esa, o'z navbatida, internetning keng 
ommalashuviga olib keldi. Shu bilan bir qatorda, inson ongiga salbiy ta'sir 
o'tkazishga qaratilgan tajovuzlar, mamlakatning axborot boshqaruv 
tizimini izdan chiqarishga urinishlar ham ortdi. Kibermakon esa ijobiy va 
salbiy jarayonlarni amalga oshirishda qulay muhit maqomini kasb etdi. 
Telefon suhbatlari, «chatlar», turli onlayn bahslar, kompyuter aloqasi 
umumiy ko'rinishda kibermakonda rivojlandi. 
Raqamli texnologiyalar kibermakondan erkin foydalanish imkonini 
yaratish bilan bir vaqtda, undagi xavf-xatarlarning ko'z ilg'amas darajada 
yuqorilayotganini ham anglatadi. Shu sababli, kibermakonda diniy-
ma'naviy jarayonlarning namoyon bo'lish shakllarini ilmiy asoslangan 
holda tahlil qilish davrning dolzarb vazifasiga aylandi. 

Download 4.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling