Kibermakondagi diniy


Download 4.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/54
Sana17.10.2023
Hajmi4.04 Mb.
#1706025
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   54
Bog'liq
Kibermakondagi diniy jarayonlar

Mavzu yuzasidan savollar 
1. “BBS” tarmog’I haqida nimalarni bilasiz? 
2. Kibermakondagi dastlabki jamoalarning chaqiriqlari va shiorlari 
qanday bo’lgan? 
3. Dastlabki diniy jamoalar haqida ma’lumot bering. 
4. O‘zbekiston kibermakonidaga dastlabki sahifalar nimalardan 
iborat bo’lgan? 
 
 
 
 
 
 


21 
Adabiyotlar 
1. Campbell H. Religion and the Internet: A microcosm for studying 
Internet trends and implications. New media & society. 15(5), 
2012. 
2. Dunyo 
dinlari 
tarixi 

tuzuvchilar: 
S.Agzamxodjaev, 
D.Rahimjonov, N.Muhamedov va b. – Toshkent: ToshDShI, 2011. 
– 262 b. 
3. Abdullaeva M.Z. «Kibermakonda din» tarixi // dinshunoslikning 
dolzarb muammolari. X to‘plam. Respublika ilmiy-amaliy 
konferentsiya materiallari. – Toshkent: TIU, 2018. – B. 35-36.
4. Echchaibi N. Alt-Muslim: Muslims and modernity’s discontents. – 
p. 190-198. Chapter of book. Digital Religion: Understanding 
Religious Practice in New Media Worlds. Ed. by Heidi A. 
Campbell. Routledge Taylor & Francis Books, 2013.  


22 
3-mavzu. Diniy jarayonlarning 
kibermakondagi konvergensiyasi 
Reja: 
1. 
Din va virtual olam.
2. 
Diniy jarayonlarning integratsiyasi. 
3. 
Kiberpsixologiya va din. 
Tayanch so‘zlar: 
World wide web, din va internet, texnoateistlar, raqamli din
kiberpsixologiya, online din. 
 
1. Din va virtual olam. Dunyoda 1990 yillarda kompyuterlar soni, 
xususan, internetga ulanganlari sonini keskin ortishi kuzatildi. Bir 
vaqtning o‘zida foydalanuvchilar tizimga ulansalarda, ammo undagi 
ma'lumotlarni qidirib topish nisbatan qiyin edi. 1993 yilda «World Wide 
Web» (Butundunyo o‘rgimchak to‘ri)ning barcha uchun bepul joriy 
etilishi mazkur masalaga echim bo‘ldi. Insonlarga kibermakon orqali 
izlayotgan ma'lumotlarni oson topish imkoniyati yaratildi.
Kibermakondagi diniy jarayonlar shiddati ortgan sari olimlar va 
tadqiqotchilar nigohi ularni tadqiq etishga qaratildi. Olim Heydi Kempbell 
fikricha, Internet foydalanuvchilari tarmoqda targ‘ib etayotgan diniy 
amallar va dunyoqarashdagi o‘zgarishlar keng jamoatchilik e'tiboriga 
1995-1996 yillarda e'lon qilingan «Texnoateistlar: kibermakonda mistika 
qayta jonlanadimi» («Technopagans: May the Astral Plane Be Reborn in 
Cyberspace») va «tarmoqda Ilohni topish» («Finding God on the Web») 


23 
nomli maqolalar orqali ilk bor etkazilgan. Amerikalik dinshunos Rozalind 
A.J.Heket «din va Internet» maqolasida diniy jamoalar uchun yangi 
media-vositaning ahamiyatini birinchilardan bo‘lib Stefan o‘Liri 1996 
yilda tahlil qilganligini qayd etgan. 
Tahlillarimiz «Internet va din» mavzui doirasida keng ko‘lamli 
tadqiqotlar olib borilganini ko‘rsatdi. Bu borada Heydi Kempbellning 
quyidagi maqolalari kibermakonda diniy omil faollashuvidagi 
tendentsiyalar xronologik tahlil etilgan: «Internetni ilohiylashtirish», «din 
va Internet», «din va Internet: Internet tendentsiyalari va oqibatlari 
o‘rganilishining qisqa ko‘rinishi», «raqamli o‘yinlarda dinni o‘rganish», 
««raqamli din» tadqiqotlarida diniy jamoalarning o‘rganishdagi 
o‘zgarishlarni baholash». Shu bilan bir qatorda, mazkur muammoni Lorn 
L. Dauson, dinshunos Rozalind A.J.Heket, Rozemari Avans, Shu-Chen 
Tsai, A.P.Zabiyako, E.A.Voronkova, T.P.Minchenko, A.A.Armanova 
kabi olim va tadqiqotchilar o‘rganganlar. Ularning asosiy tadqiqot ob'ekti 
bevosita kibermakonda din borasida olib borilayotgan turli mazmundagi 
xatti-harakatlar, ularning natijalari, ilmiy tadqiqotlar dinamikasi, 
muammoni yoritilganlik darajalarining tahlillariga qaratilgan.
Diniy mazmundagi veb-saytlar sonining ortishi, ularning faoliyati 
tahliliga oid izlanishlar tadqiqotchilar e'tiborini tortdi. Masalan, «Yahoo» 
tarmoq ko‘rsatkichi ma'lumotlariga ko‘ra, 2002 yilning 8 avgust kuni 
xristianlikka oid din va ma'naviyat bo‘limida ro‘yxatga olingan veb saytlar 
soni 30 130 ta bo‘lgan. 24 soat ichida mazkur ko‘rsatkich 234 taga ortib, 
9 avgustda 30 364 tani tashkil etgan. Shu muddat ichida yahudiylikka oid 
54 ta, 38 ta Islomga va 32 ta buddaviylik diniga oid yangi veb saytlar 
ro‘yxatdan o‘tgan. Bu borada Toronto universiteti Dinshunoslik markazi 


24 
falsafa fanlari doktori Kristofer Helland 2001-2003 yillarda faoliyat 
yuritgan diniy veb saytlarni tahlil qilgan. Shuningdek, u o‘z ishida 
bugungi kun madaniyatida Internet jamoalarining diniy amaliyotga ta'siri, 
internetda dinning tarixiy rivojlanishi, onlayn din va sekulyarizasiya
«simlar dunyosi»da din, onlayn din va virtual jamoalar, axborot zonalari, 
o‘zaro aloqa zonalari, «onlayn jamoa: virtual haqiqat» kabi masalalar o‘z 
echimini topgan. Helland tadqiqotida xristianlar, buddaviylar va 
vikkanlarning virtual jamoalarini pedagogik texnologiyalar (keys-stadi) 
asosida tahlil qilgan. 

Download 4.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling