Kibermakondagi diniy


Download 4.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/54
Sana17.10.2023
Hajmi4.04 Mb.
#1706025
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   54
Bog'liq
Kibermakondagi diniy jarayonlar

«Deep net” – ko‘rinmas Internet – bu qidiruv tizimlari orqali 
murojaat qilinganda ham namoyon bo‘lmaydigan Internet. Ular qatoriga 
saytlar, portallar va boshqalar kirishi mumkin, ulardagi ma'lumotlar bilan 
tanishish huquqi to‘lov orqali yoki serverlardan maxsus rozilik 
berilgandagina amalga oshiriladi. Ma'lumotlarga ko‘ra, ko‘rinmas 
internetdan ilmiy-texnik, texnologik, moliyaviy-iqtisodiy va hukumat 
ochiq kontentining 90 % i joy olgan. Ko‘rinmas vebning hajmi
«web 1» va «web 2» ga nisbatan katta tezlikda ortib boradi. 


32 
«Dark net” – qora veb – mazkur veb segmentidan, asosan, 
noqonuniy faoliyat turlari, kiberjinoyatchilik, giyohvand moddalar, qurol-
yarog‘savdosi va boshqalar uchun foydalaniladi. 
2. Raqamli makonda diniy jarayonlar konvergentsiyasi. Raqamli 
makon murakkab kartografiyaga ega bo‘lib, ularning ba'zilari umumiy 
qonunchilikdan xoli, mustaqil rivojlanayotgan segmentlardir. 
Shunday segmentlarda diniy jarayon ko‘rinishlari quyidagi 
shakllarda namoyon bo‘ladi: muloqot, ma'lumot, ta'lim, tajriba, amaliyot, 
missionerlik, marketing, tabobat va boshqalar. 
Internet imkoniyatlari insonlarning muloqotga kirishish va muayyan 
maqsaddagi fikrlar almashinuvidagi ijtimoiy tarmoqlarga bog‘lana olish 
imkonini beradi. Dastlab tashkil etilgan jamoalar orasida Vikkanlar va 
neomajusiylar kabi noan'anaviy Internet guruhlar bo‘lgan. Heydi 
Kempbell tomonidan xristian jamoalari o‘rtasida o‘tkazilgan tadqiqotlar 
natijasiga ko‘ra, insonlar onlayn jamoalarga muloqotga kirishish 
maqsadida a'zo bo‘ladilar. Bir qator olimlar virtual muloqotning 
xarakteriga bog‘liq muhim masalalarni ko‘targanlar. Uni shunchaki 
«ijtimoiy hayotning illyuziyasi» yoki «Offline» dunyoda jamoalarning 
yaxshilanishiga olib keluvchi vosita sifatida e'tirof etganlar. 
Etakchi diniy tashkilotlar ham hozirgi kunda a'zolar va a'zo 
bo‘lmaganlar orasida kompyuterlashtirilgan ma'lumot olishga 
ehtiyojning ortganini ta'kidlamoqda. Diniy ma'lumotlarni tarqatishda 
elektron diniy ma'lumot tarqatuvchi «bloggerlar» yoki «bloglar» 
kompyuterlashtirilgan muloqotning muhim jihati hisoblanadi. Jadal 
sur'atlarda «podkastlar», veb-saytdan mr3 pleer, «i-Pod», mobil 


33 
telefonlarga yuklanayotgan audiodasturlar, xususan, ma'ruzalar 
ommalashmoqda. 
Avvallari tanqis, keng tarqalmagan muqaddas matnlar va undan 
keyingi o‘rinlarda turuvchi ma'lumotlarni, endilikda, istalgan kishi veb 
saytlardan yuklab, ta'lim olish imkoniyati mavjud. Shu maqsadda diniy 
ma'lumotlarga chanqoqlar uchun maxsus veb saytlar dalillar, havolalar va 
resurslar bilan boyitilgan. Masalan, internetdan foydalanuvchi shaxs 
istalgan hajmdagi marosimlar shablonlarini yuklab olib, Yorubada bo‘lib 
o‘tayotgan santeria yoki Kandombl diniy marosimlarida ishtirok etish 
mumkin. Ko‘pchilik bunday jarayonlarni ajdodlardan avlodlarga o‘tib 
kelayotgan 
an'analarning 
dezagrigasiyasi 
yoki 
bilimlarning 
demokratlashtirilishi deb qabul qiladilar. Boshqalar esa diniy faoliyatdagi 
uzilish va an'analarning yo‘qotilishi deb biladilar. 
Internetning «liminal
2
makon»i ma'naviy yoki diniy tajribaga 
(absorbtsiya, asketlik, eskapizm, yagonalik, muloqot) yangi imkoniyatlar 
ochib bermoqda. Hozirgi kunda ofisda faoliyat yurituvchilar hayot tarziga 
monand 10 daqiqali ma'naviy mashqlar tajriba orttirishga imkon beradi. 
Zamonaviy sufiylar Internet orqali bunday aloqalar vositasida murshid va 
murid o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar yaxshilanayotganini e'tirof etadilar. 
Internet-radio kabi yangi texnologik imkoniyatlar yordamida 
tinglovchilarni «psixonavigasion sayohatga» chorlaydilar. 
Kompyuter-media vositalari diniy amaliyotga chuqur singib ketishi 
natijasida kibermakon muhim marosimlar maydoniga hamda muayyan 
dinga targ‘ib qilish manbai va vositasiga aylangan. Bundan tashqari, 
2
“Лиминал” лотинча “limen” сўзидан олинган бўлиб, ихтиёрий нуқтанинг кириш ёки чиқиш нуқтаси. Лиминал 
макон бу ўтиш, кутиш манзили. Яна қаранг: https://inaliminalspace.org/about-us/what-is-a-liminal-space/ 


34 
jamiyatdan uzoqlashgan ma'lum bir yoshlar va ayollarni «kiber-
ma'naviyat» rasmiy ibodatxonalardan ko‘ra ko‘proq o‘ziga jalb etadi. 
Amaliy so‘rovlar esa mazkur jarayonlar kelajakda yoshlarni qamrab 
olishini ko‘rsatgan. Ammo ba'zilar Internet jonli, ta'sirchan ma'ruza bilan 
bellasha olmasligini ta'kidlaydi. Shuningdek, onlayn-jamoalar tez sur'atlar 
bilan o‘zgarayotgan dunyoda «to‘g‘ri yo‘l»da bo‘lishning amaliyoti 
qanday bo‘lishiga oid savol va mulohazalarni muhokama qiluvchi muhim 
«maydon»ga aylandi. 
Umumiy olganda, kibermakon vaqt va makon chegarasini bosib 
o‘tish imkoniyatini kengaytiradi. Bu esa, o‘z navbatida, moliyaviy 
qiyinchiligi yoki jismoniy kamchiligi mavjud bo‘lgan ma'lum diniy 
amallarni amalga oshirish imkoniyatini oshiradi. Masalan, Santyago-de-
Kompomtelaga kiber-ziyoratga borish yoki Hindistondagi muqaddas 
joylarda «pudju»ni amalga oshirishlari mumkin. Sikxlar esa har kuni 
Amritsardagi Oltin xaramdan o‘qilayotgan Guru Grantxa Saxibning 
muqaddas kitobini eshitishlari mumkin. 
Muloqotga kirishishning yana bir ko‘rinishi bo‘lgan missionerlik
ma'lum diniy ta'limning o‘sishi va ta'siri doirasining kengligi bois alohida 
ko‘rib o‘tilishi zarur. Bugungi kunda din va e'tiqod erkinligi huquqi eng 
bahsli masaladir. Masalaning muammoli jihati shundaki, yangi murojaat 
qilganlarning dinga targ‘ib qilinishi agressiv ruhda amalga 
oshirilayotganidadir.
Tenesse universitetida “Din, Media va Madaniyat” yo‘nalishi 
bo‘yicha tahsil olayotgan talabalar bergan ma'lumotiga ko‘ra, o‘zlarini 
«kiber-evangelistlar» deb atovchi ba'zi xristianlar, musulmonlar bilan 
onlayn muloqotga kirishib ularning aqidalari va amaliyotlari haqida 


35 
bahslashadilar. Ular «bot»ning yangi fenomeni, ya'ni chatlarga Bibliya 
matnlarini etkazish uchun suzib chiquvchi dasturlar orqali matnli 
ma'lumotni (huddi paydo bo‘luvchi oyna kabi) bir lahzada yuborish 
imkoniyatidan foydalanadilar.
Muqaddas matnlarning marketingi Internet orqali katta biznesga 
aylandi. Diniy va ma'naviy ehtiyojga mos keladigan barcha narsani sotib 
olish mumkin. Diniy tanishuv saytlarida esa qalban mos insonni topish 
oddiy bosqichlarda amalga oshiriladi. 
Kompyuter media vositalari orqali kasalliklarga davo va 
muammolarga echim topish keng rivojlanmoqda. Guru, evangelistlar va 
maslahatchi ekstrasenslarga duoli so‘rov yuborish yoki diniy va amaliy 
muammolarga javob topish mumkin. Ko‘pchilikning bunDay yo‘l 
tutishiga murojaatning anonimligi va kuchli diniy etakchining ishtiroki 
jalb etadi. Ba'zi amaliyotchilar Internet orqali samarali davolashlarini 
ta'kidlaydilar. Misol tariqasida gollandiyalik antropolog, maxsus 
sertifikatga ega an'anaviy davolovchi Vim van Binsbergen veb sayti va 
uning 2003 yilda chop etilgan «Madanyatlararo to‘qnashuvi» kitobini 
keltirish mumkin.
Tadqiqot jarayonidagi tahlillarimizga ko‘ra «UZ» domenidagi diniy 
jarayonlar, asosan, ma'lumot olish va ta'lim berish shaklida namoyon 
bo‘lmoqda. Jumladan, bugungi kunga qadar rasman ro‘yxatdan o‘tgan 
Islom diniga oid ma'lumotlarni joylashtiruvchi 70 ga yaqin veb saytlarning 
qariyb to‘qson to‘qqiz foizi tashrifchilarga ma'lumot berishga 
yo‘naltirilgan. Ta'lim berish jarayonlari, asosan, «muslim.uz» hamda 
«islom.uz» saytlaridagi darslar bo‘limi orqali amalga oshiriladi. 


36 

Download 4.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling